Yoshlar.edu.uz
Kanalga Telegram’da o‘tish
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi 🔸Instagram: instagram.com/yoshlar.edu.uz 🔸YouTube: youtube.com/@yoshlareduuz 👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot
Ko'proq ko'rsatish2025 yil raqamlarda

122 741
Obunachilar
-1 14024 soatlar
-4 6657 kunlar
+31 31830 kunlar
Postlar arxiv
Photo unavailableShow in Telegram
“Tarix davomida qanday og‘ir sinovlarga duch kelmaylik, biz avvalo birdamlikdan kuch oldik. Mashaqqatli kunlarda odamlarimiz, mahalla ahli yelkadosh bo‘lib qiyinchiliklarni yenggan. Oila – oilaga, qo‘shni – qo‘shniga ko‘mak berib yashagan. Biz mana shunday o‘ta noyob qadriyatimizga doimo sodiq qolishimiz, yosh avlodimizni ayni shu ruhda tarbiyalashimiz kerak. Bugungi kunda jamiyatimizda turli xil fikr va qarashlar bo‘lishi tabiiy. Bu – demokratiyaning birlamchi talabi. Ammo millati, tili va dinidan qat’i nazar, 38 millionli el-yurtimizni birlashtiradigan ulug‘ bir g‘oya bor. U ham bo‘lsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir. Mana shunday buyuk maqsadga erishishda mahalla tizimining o‘rni va ta’siri beqiyos. Chunki mahalla tinch va ahil bo‘lsa, jamiyatimiz tinch va hamjihat bo‘ladi. Mahalla rivojlansa, butun mamlakatimiz yuksaladi”,– dedi Prezidentimiz. Shularni inobatga olgan holda, Prezidentimiz 2026-yilni yurtimizda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”, deb e’lon qilishni taklif qildi.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
❤ 2
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
“Biz 2030-yilga borib, IT xizmatlar eksportini 5 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha katta marra olganmiz”,– dedi Prezidentimiz. Kelgusi yilda Toshkent shahri, Buxoro, Farg‘ona va Toshkent viloyatida 4 ta data-markaz, 2 ta super kompyuter va 15 ta oliygohda sun’iy intellekt laboratoriyasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu tibbiyot, transport, qishloq xo‘jaligi, geologiya, bank-moliya, jamoat xavfsizligi kabi muhim sohalarda 100 dan ortiq sun’iy intellekt loyihalarini amalga oshirishga xizmat qiladi. Bugun minglab iqtidorli yoshlarimiz IT va sun’iy intellekt bo‘yicha izlanish olib bormoqda. Ularning kvant, dron, robototexnika kabi yo‘nalishlardagi konstruktorlik loyihalarini amaliyotga tatbiq qilish uchun “Raqamli texnologiyalar markazi” tashkil etiladi.
“Bugun sizlarga yana bir muhim yangilikni aytmoqchiman. Mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor kosmik sohada sun’iy yo‘ldosh va mamlakatimiz fuqarosi bo‘lgan birinchi o‘zbek kosmonavtini fazoga uchirish bo‘yicha ishlarni boshladik. Bu Yangi O‘zbekistonning ilmiy va texnologik rivojlanishiga, umuman, milliy taraqqiyotimizni yangi bosqichga olib chiqishga katta turtki beradi deb ishonaman”,– dedi Prezidentimiz.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
Keyingi yildan “Raqamli startaplar” dasturi kengaytirilib, startap g‘oyasidan to eksportgacha ko‘maklashadigan yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi.
Bu jarayonda xususiy startap markazlarini tashkil etish uchun Yoshlar jamg‘armasidan besh yil muddatga 5 milliard so‘mgacha foizsiz ssuda beriladi.
Bundan tashqari, Markaziy bankda Fintex ofisi va Innovatsion xab tashkil etilib, unga Singapurdan mutaxassislar jalb qilinadi. Natijada yiliga 15-20 ta fintex startapni tashqi bozorga olib chiqish, ularga jami 1 milliard dollar investitsiya jalb qilish imkoniyati yaratiladi.
Umuman, venchur fondlar, startaplar, fintex kabi yangi moliyaviy instrumentlar bozorini rivojlantirish, mazkur sohadagi barcha ishtirokchilar huquqlarini qonun bilan kafolatlab qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.
Prezidentimiz parlamentni Hukumat bilan birgalikda “Muqobil investitsiya jamg‘armalari to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqishga chaqirdi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
“Tarix davomida qanday og‘ir sinovlarga duch kelmaylik, biz avvalo birdamlikdan kuch oldik. Mashaqqatli kunlarda odamlarimiz, mahalla ahli yelkadosh bo‘lib qiyinchiliklarni yenggan. Oila – oilaga, qo‘shni – qo‘shniga ko‘mak berib yashagan. Biz mana shunday o‘ta noyob qadriyatimizga doimo sodiq qolishimiz, yosh avlodimizni ayni shu ruhda tarbiyalashimiz kerak. Bugungi kunda jamiyatimizda turli xil fikr va qarashlar bo‘lishi tabiiy. Bu – demokratiyaning birlamchi talabi. Ammo millati, tili va dinidan qat’i nazar, 38 millionli el-yurtimizni birlashtiradigan ulug‘ bir g‘oya bor. U ham bo‘lsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir. Mana shunday buyuk maqsadga erishishda mahalla tizimining o‘rni va ta’siri beqiyos. Chunki mahalla tinch va ahil bo‘lsa, jamiyatimiz tinch va hamjihat bo‘ladi. Mahalla rivojlansa, butun mamlakatimiz yuksaladi”,– dedi Prezidentimiz. Shularning barchasini hisobga olib, Prezidentimiz 2026-yilni yurtimizda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”, deb e’lon qilishni taklif qildi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Photo unavailableShow in Telegram
🗣 Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasida iste’dodli o‘g‘il-qizlarimiz ta’lim, ilm-fan, madaniyat, san’at, sport va boshqa sohalarda erishayotgan yuksak natijalari bilan Yangi O‘zbekistonimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shayotgani alohida ta’kidlandi.
⏺Joriy yilda o‘quvchi va talabalarimiz xalqaro fan olimpiadalarida ishtirok etib, 51 ta oltin, 101 ta kumush hamda 126 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Ushbu yutuqlar yoshlarimizning bilim, salohiyat va intellektual imkoniyatlarini butun dunyoga namoyon etdi.
✅ Ma’lumki, O‘zbekiston kelgusi yilda 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga, 2027-yilda 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatiga, 2029-yilda esa Yoshlar Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi.
Shu bilan birga, 2026-yilda mamlakatimizda ilk bor:
➡️maktab o‘quvchilari o‘rtasida nufuzli xalqaro kimyo va informatika olimpiadalari,
➡️Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar talabalari o‘rtasida muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro olimpiada,
➡️Turkiy davlatlar texnikum o‘quvchilari o‘rtasida kasb yo‘nalishlarida xalqaro olimpiada o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
✅ Bunday nufuzli xalqaro tadbirlar Vatanimizni ilm-fan va sport sohasida yetakchi davlatlardan biriga aylantirish, shuningdek, uning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
❤ 5🔥 4
00:36
Video unavailableShow in Telegram
⭕️Kiber jinoyatchilikka qarshi ogohlik – bugunning muhim talabi!
🔺Raqamli makonda hushyorlik, mas’uliyat va axborot xavfsizligiga rioya qilish har bir foydalanuvchining burchidir. Mazkur rolik orqali yoshlar va keng jamoatchilikka internet tarmog‘ida uchrashi mumkin bo‘lgan firibgarliklar, shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi hamda onlayn tahdidlardan himoyalanish yo‘llari haqida muhim tushunchalar beriladi.
➡️Targ‘ibot roligi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Media guruhi tomonidan tayyorlandi.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
IMG_3174.MOV43.09 MB
❤ 11👍 1
Repost from Edu.uz
01:48
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿 Yangi O‘zbekistonning ertasi qanday bo‘ladi? Prezident Murojaatnomasini o‘tkazib yubormang!
🔝 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi joriy yil 26 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
🎙Soat 11:00dan boshlab MTRK telekanallari muxbirlari voqea joyidan jonli reportajlarni efirga uzatishni boshlaydi.
Bu voqea nafaqat davlat boshqaruvi tizimidagi, balki har bir fuqaro hayotidagi muhim palla hisoblanadi. Murojaatnomada mamlakatimiz taraqqiyotining yaqin istiqboldagi strategik yo‘nalishlari belgilab beriladi hamda Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi tub islohotlar yangi bosqichga ko‘tariladi.✈️Yilning eng muhim siyosiy voqeasini o‘zingizga qulay tilda tomosha qiling: ✈️Surdotarjima bilan (o‘zbek tilida): «O‘zbekiston» telekanalida; ✈️Rus tilida tarjima bilan: «Dunyo bo‘ylab» va «Toshkent» telekanallarida; ✈️Ingliz tilida tarjima bilan: «Yoshlar» telekanalida. 〰️〰️〰️〰️ 🔘 Onlayn: Prezidentning rasmiy veb-sayti (president.uz), Facebook, Instagram, YouTube va Twitter (X) sahifalari orqali.
📌
Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichiga oid strategik rejalarni birinchilardan bo‘lib kuzating!
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
MUROJAATNOMA.mp44.79 MB
❤ 6😁 1🤩 1
⏳⏳⏳⏳
Bugun 26-dekabr, haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🇧🇬Bolgariya – Otalar kuni.
🇳🇦Namibiya – Oila kuni.
🇸🇧Solomon orollari – Minnatdorchilik kuni.
#muhim_voqealar
🔹1530 – Zahiriddin Muhammad Bobur vafot etdi.
🔹1792 – Ingliz kashfiyotchisi Charlz Babbage hisoblash mashinasini ixtiro qildi.
🔹1989 – Olot tumani tashkil etilgan.
🔹1991 – O‘zbekiston va Avstraliya davlatlari o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi.
🔹2013 – O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi tasdiqlandi.
#tavalludlar
🔹1716 – Tomas Grey – ingliz shoiri.
🔹1893 – Mao Szedun – Xitoy sotsialistik inqilobi dohiysi.
🔹1928 – Abdulahad Muhammadjonov – sharqshunos va arxeolog olim, O‘zFA akademigi, tarix fanlari doktori, professor.
🔹1963 – Baxtiyor To‘rayev – teatr rassomi, O‘zbekiston Respublikasi sanʼat arbobi.
🔹1986 – Ugo Loris – fransuz futbolchisi, darvozabon, jahon chempioni.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
❤ 7🔥 4👍 3
#yil_talabasi2025
🗣“Yilning eng faol talabasi – 2025” respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi davom etmoqda
🏛 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida “Yilning eng faol talabasi – 2025” respublika ko‘rik-tanlovining navbatdagi nominatsiyalari bo‘yicha yakuniy bosqich davom etdi.
💬“Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi” nominatsiyasi
🥇1-o‘rin: Muradulloeva Sevinch Samarqand davlat chet tillari universiteti talabasi;
🥈2-o‘rin: Usmonov Jamshidbek Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti talabasi;
🥉3-o‘rin: Arolova Zarina Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi;
💬“Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyasi
🥇1-o‘rin: Murodxonov Muhammadnur Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi;
🥈2-o‘rin: Israilov Baxodir Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi;
🥉3-o‘rin: Qurbonov Abdulaziz Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali talabasi;
💬“Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi
🥇1-o‘rin: G‘oyibnazarov Sardorxon Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi;
🥈2-o‘rin: Bekmurodova Laylo Buxoro davlat pedagogika instituti talabasi;
🥉3-o‘rin: Babaeva Sabinabonu Toshkent davlat transport universiteti talabasi;
💬“Yilning eng faol iqtidorli talabasi” nominatsiyasi
🥇1-o‘rin: Eshimova Shaxzoda Qarshi davlat universiteti talabasi;
🥈2-o‘rin: Yunusova Samia O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti talabasi;
🥉3-o‘rin: Botirova Farangiz Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi;
💬“Yilning eng faol sportchi talabasi” nominatsiyasi
🥇1-o‘rin: Madaminov Abdulloh Farg‘ona davlat universiteti talabasi;
🥈2-o‘rin: Tursunpulatova Malika Namangan davlat universiteti talabasi;
🥉3-o‘rin: Usmonova Dilshoda Andijon davlat pedagogika universiteti talabasi;
➡️Qolgan nominatsiyalar bo‘yicha nomzodlarning taqdimotlari ertaga baholanishi rejalashtirilgan.
☑️G‘oliblar tantanali taqdirlash marosimida maxsus statuetka, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli darajadagi diplomlari va mos ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 15, 10 va 8 barobari miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
🌟 “Yilning eng faol talabasi – 2025” tanlovi – bu bilim, tashabbus, ijtimoiy mas’uliyat va vatanparvarlikni o‘zida mujassam etgan yoshlarni e’tirof etish maydonidir.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
❤ 28👏 9🔥 5👍 3
#yil_talabasi2025
🗣 “Yilning eng faol talabasi – 2025” respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazilmoqda
🏛 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida tashkil etilayotgan mazkur nufuzli respublika tanlovining final bosqichi katta qiziqish va yuqori ruhda davom etmoqda. Ushbu bosqichda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan, har bir nominatsiya bo‘yicha saralash jarayonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan eng faol, tashabbuskor va iqtidorli talabalar ishtirok etmoqda.
✨Final bosqichini ochib berish uchun Markaz direktori Abdumalik Akramov so‘zga chiqib, bugungi kunda talaba-yoshlarning salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni yangi g‘oya va tashabbuslarga ruhlantirish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirish muhim ekanligini ta’kidlab, tanlov ishtirokchilariga omad tiladi.
🎤 Tanlovda nomzodlar o‘z taqdimotlari orqali ilmiy, ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy faoliyatdagi yutuqlari, amalga oshirgan loyihalari hamda jamiyat hayotidagi faol ishtirokini namoyon etmoqda. Tanlov jarayonida hakamlar hay’ati tomonidan nomzodlarga savol-javoblar o‘tkazilib, ularning mustaqil fikrlashi, muammolarga yondashuvi, liderlik qobiliyati hamda tashabbuskorligi baholanmoqda.
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
IMG_3972.MOV79.76 MB
❤ 29👍 7🔥 3
#yil_talabasi2025 #yil_o‘quvchisi2025
🗣“Eng faol yil talabasi” hamda “Yilning eng faol o‘quvchisi” tanlovlarining 2025-yilgi mavsum yakuniy bosqichi ishtirokchilari aniqlandi.
🏛 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan an’anaviy o‘tkazib kelinadigan mazkur tanlovning respublika bosqichiga tavsiya etilgan ishtirokchilarning hujjatlari ekspertlar guruhi tomonidan baholandi. Yakuniy xulosaga ko‘ra, har bir nominatsiya bo‘yicha 5 nafardan nomzod tanlovning yakuniy bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
❗️“Eng faol yil talabasi” tanlovining yakuniy bosqichi joriy yilning 24-25-dekabr kunlari Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida o‘tkaziladi. “Yilning eng faol o‘quvchisi” tanlovining yakuniy bosqichi esa 2026-yilning yanvar oyida o‘tkazilishi rejalashtirildi (qo‘shimcha ma’lumot beriladi).
☑️Eslatib o‘tamiz, tanlab olingan nomzodlar sohaga doir savollar asosida suhbatdan o‘tkaziladi hamda Hakamlar hay’ati tomonidan 1-, 2-, 3-o‘rinlarga munosib nomzodlar aniqlanadi. G‘oliblar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom, statuetka va nizom asosida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
IMG_3972.MOV79.76 MB
#ijodkor_talaba
☑️Turg‘unboyeva Shoxida, Namangan davlat universiteti talabasi
Siz ham ijod namunalaringizni @talabamediabot orqali yuborishingiz mumkin.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
1.mp31.69 MB
❤ 17👏 2👍 1🎉 1🤩 1
✅ Viktorina
❓Fuqarolik jamiyatining asosiy belgisi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?Anonymous voting
- Davlatning to‘liq nazorati
- Shaxs manfaatlarining ustuvorligi
- Harbiy boshqaruv
- Markazlashgan iqtisodiyot
😎 46❤ 21🏆 13🤩 9🎉 8
01:12
Video unavailableShow in Telegram
#giyohvandlik
🚫 Giyohvandlik – bu nafaqat sog‘liq, balki or-nomus, kelajak va oilaviy baxtni ham yemiruvchi xavf.
U insonni sekin-asta o‘zligidan uzoqlashtiradi. Orzular so‘nadi, irodani ojizlantiradi, yaqinlar ko‘zidagi ishonchni yemiradi. Bir lahzalik “qiziqish” yoki “sinab ko‘rish” butun umrga tatigulik afsusga aylanishi mumkin.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
IMG_3918.MOV56.09 MB
❤ 9⚡ 3🔥 3
Repost from Edu.uz
01:11
Video unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi!
Mamlakatimiz taraqqiyotining yaqin istiqboldagi strategik yo‘nalishlarini belgilab beruvchi, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi tub islohotlarni yangi bosqichga ko‘taradigan yilning eng muhim siyosiy voqeasini o‘tkazib yubormang!📺 Murojaatnomani quyidagi telekanallar orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin: MTRK tizimida: “O‘zbekiston 24”, “O‘zbekiston”, “Yoshlar”, “Mahalla”, “Madaniyat va ma’rifat”, “Toshkent”, “Dunyo bo‘ylab”, “O‘zbekiston tarixi” hamda 12 ta hududiy telekanallar. Nodavlat telekanallarda: “MY5”, “Sevimli”, “Uzreport TV”, “Milliiy TV”, “Zor TV”. 🇺🇿Shuningdek, onlayn translyasiya Prezidentning rasmiy sahifalarida: 🌍 Veb-sayt: www.president.uz 📱 Facebook: fb.com/Mirziyoyev 📱 Instagram: instagram.com/mirziyoyev_sh 📺 YouTube: youtube.com/PrezidentMatbuotxizmati
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
MUROJAATNOMA__2025__UZB__NEW_tg.mp42.83 MB
❤ 12
⏳⏳⏳⏳
Bugun 25-dekabr, haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🌏Sovg‘alar ulashish kuni.
🇲🇿Mozambik – Oila kuni.
🇮🇳Hindiston – Yaxshi boshqaruv kuni.
#muhim_voqealar
🔹1759 – Sank-Peterburgda Yozef Braun qattiq simobni olishga muvaffaq bo‘ldi.
🔹1968 – Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus tumani va Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumani tashkil etildi.
🔹1993 – Rossiyaning amaldagi konstitutsiyasi kuchga kirdi.
#tavalludlar
🔹1909 – Komil Yashin – atoqli adib va dramaturg, jamoat arbobi.
🔹1916 – Ibrohim Hamroyev – kompozitor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sanʼat arbobi, O‘zbekiston xalq artisti.
🔹1923 – Zohidjon Obidov – o‘zbek shoiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi.
🔹1954 – Enni Lennoks – shotlandiyalik qo‘shiqchi, “Eurythmics” dueti aʼzosi, “Oskar”, “Oltin globus” va to‘rtta “Gremmy” sovrindori.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
❤ 17🔥 6
Repost from Edu.uz
#Eʼtirof
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasini e’tirof etish maqsadida ta’sis etilgan “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan bir guruh faol yoshlar, jamoatchilik vakillari taqdirlandilar.
Ular orasida Oliy ta’lim muassasasalari vakilllari ham bor.
🎖Bo‘ronov Suhrob Muxammadi o‘g‘li – Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi mudiri, dotsent
🎖Varisova Begoyim Rivojidin qizi – Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti yoshlar yetakchisi
🎖Xo‘jamurodov Surxonbek Husan o‘g‘li – Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti yoshlar yetakchisi
🎖Kobulov Ilxomjon Turgunboyevich – Andijon davlat texnika instituti yoshlar yetakchisi
🎖Tolipov Izatullabek Abdulhoy o‘g‘li – Termiz davlat universiteti yoshlar yetakchisi
🎖Abduraxmanov Abdulaziz Xujamurot o‘g‘li – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti yoshlar yetakchisi
🎖Suyarov Shaxzod Salim o‘g‘li – Toshkent davlat texnika universiteti yoshlar yetakchisi
🎖Abadanov Dauranbek Japbarbergenovich – Qoraqalpoq davlat universiteti yoshlar yetakchisi
🎖Kamilov Jasurbek Dilshodovich – Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi, Butunjahon yoshlar ofisi rahbari
Ularning yoshlar bilan ishlashdagi tashabbuskorligi, ijtimoiy-tarbiyaviy loyihalardagi faol ishtiroki, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi samarali faoliyati hamda jamoat ishlaridagi mas’uliyati ushbu yuksak e’tirofga munosib deb topildi.
Yuksak mukofot sohiblarini samimiy qutlaymiz, kelgusidagi faoliyatida mustahkam sog‘liq, yangi yutuqlar va Vatan ravnaqi yo‘lida yanada katta muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 17👍 8🔥 4🥰 3👏 1
