Yoshlar.edu.uz
Kanalga Telegram’da o‘tish
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi 🔸Instagram: instagram.com/yoshlar.edu.uz 🔸YouTube: youtube.com/@yoshlareduuz 👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot
Ko'proq ko'rsatish2025 yil raqamlarda

121 681
Obunachilar
-1 23824 soatlar
-6 4437 kunlar
+26 98930 kunlar
Postlar arxiv
✅ Viktorina
❓Korrupsiyaga qarshi kurashda “shaffoflik indeksi” qanday maqsadga xizmat qiladi?Anonymous voting
- Mahsulot narxlarini o‘lchash
- Aholining korrupsiya haqidagi fikrlarini rasmiylashtirish
- Davlat organlarining ochiqlik darajasini baholash
- Xususiy bizneslarni tekshirish
❤ 20🔥 9😎 6🎉 5
🇺🇿 O‘zbekistonda taqiqlangan manbalar ro‘yxati yangilandi
➡️Oliy sud tomonidan ekstremizm va terrorizm g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi deb topilgan manba va kontentlarning yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi.
📌 Mazkur ro‘yxat mamlakat xavfsizligi, barqarorlik va yoshlarni zararli oqimlardan himoya qilish maqsadida muntazam ravishda ko‘rib chiqiladi. Unda jamiyatga tahdid soluvchi, radikal g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi internet sahifalari, videomateriallar va boshqa turdagi kontentlar qayd etilgan.
⚠️ Eslatma: Taqiqlangan materiallarni tarqatish, saqlash yoki ulardan foydalanish qonuniy javobgarlikka olib kelishi mumkin. Internetdan foydalanishda ishonchli, rasmiy va tekshirilgan manbalarga tayanish tavsiya etiladi.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
❤ 23👍 3
⏳⏳⏳⏳
Bugun 5-dekabr, haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🇺🇳BMT – iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish uchun xalqaro ko‘ngillilar kuni.
🇺🇳Butunjahon tuproq kuni.
🌏Butunjahon trick shot kuni.
🇸🇷Surinam – Bolalar kuni.
🇨🇺Kuba – Quruvchilar kuni.
#muhim_voqealar
🔹1830 – Gektor Berliozning “Fantastik simfoniyasi” birinchi marotaba ijro etildi.
🔹1894 – Reyxstag binosi qurib bitkazildi.
🔹1957 – Leningradda dunyoda birinchi “Lenin” atom muzyorari suvga tushirildi.
🔹2020 – Yaponiyaning “Hayabusa-2” zondi Ryugu asteroididan tuproq namunalarini Yerga yetkazdi.
#tavalludlar
🔹1901 – Uolt Disney – amerikalik animatsion film rejissyori, prodyuser, rassom.
🔹1910 – Soyib Xo‘jayev – teatr va kino aktyori, O‘zbekiston xalq artisti.
🔹1916 – Bashorat Mirboboyeva – birinchi o‘zbek ayol parashyutchisi va birinchi o‘zbek ayol parovoz mashinisti.
🔹1962 – Nig‘matilla Yo‘ldoshev – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori
🔹1979 – Rustam Qosimjonov – shaxmatchi, xalqaro grossmeyster.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
❤ 28👍 3🔥 2
🗣“Huquq bilimdonlari” respublika tanlovining saralash bosqichi testlarini ishlash jarayonlari yakunlandi.
Endi ishtirokchilarning natijalari tekshirilib, hududiy bosqichga o‘tganlarga @talabatanlovbot orqali tez orada xabar yuboriladi.
✔️Test bo‘yicha kamida 40 ball jamg‘arganlarga 8-dekabr kuni elektron sertifikat beriladi. Sertifikatni qanday qilib yuklab o‘sha kuni tushuntiriladi!
Sizning balingiz 40 dan yuqori bo‘lsa 🔥 bosib qoʻying.☑️Toshkent shahrida oliy ta'lim tashkilotlari va talabalar soni ko‘p bo‘lganligi sababli, Tashkiliy qo‘mita qaroriga ko‘ra hududiy bosqichga 20 nafar ishtirokchi o‘tadi, qolgan barcha hududlar bo‘yicha 10 nafardan ishtirokchi hududiy bosqich yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.
🔥 155❤ 18👏 2🎉 2
00:21
Video unavailableShow in Telegram
Hammasini ko'rsatish...
Turmushga chiqishmp4.mp450.24 MB
😁 15❤ 14🤔 2🥰 1
✨✨✨✨
🏢 Oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan tanlovlar
🗣Oliy ta’lim muassasalarida yoshlarning ijodkorligini qo‘llab-quvvatlash, ma’naviy-ma’rifiy savodxonligini oshirish hamda ijtimoiy faolligini kuchaytirishga qaratilgan turli tanlovlar muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
🔸 Jizzax davlat pedagogika universitetida Konstitutsiyaning 33 yilligi munosabati bilan insholar tanlovi o‘tkazildi. 🔸 O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida "Eng yaxshi yosh olim" ilmiy innovatsiyalar tanlovi o‘tkazildi. 🔸 Andijon davlat universitetida “Giyohvandlik umr zavoli” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi. 🔸 O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida “Korrupsiyani emas, bilimni tanla!” shiori ostida rasmlar tanlovi tashkil etildi. 🔸 Andijon davlat chet tillari institutida “Dual ta’limda chet tili” mavzusida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi. 🔸 O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida “Zo‘ravonlik va tazyiqqa qarshimiz” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi. 🔸 Urganch davlat universitetida “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi. 🔸 Turon universitetida “Tabiat uchun birlashaylik” ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi. 🔸 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida “Jadidlar, milliy oʻzlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” insholar tanlovi o‘tkazildi. 🔸 Shahrisabz davlat pedagogika institutida “Eng bilimdon huquqshunos” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. 🔸 O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Yangi O‘zbekiston – korrupsiyasiz kelajak!” devoriy gazeta tanlovi o‘tkazildi. 🔸 O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Ekologik yo‘nalishdagi tanlovning universitet bosqichi o‘tkazildi. 🔸 Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. 🔸 Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida surat va videoroliklar tanlovi o‘tkazildi. 🔸 Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida “Top 10 innovator” tanlovi o‘tkazildi. 🔸 Axborot texnologiyalari va menejment universitetida 9-dekabr munosabati bilan video roliklar tanlovi o‘tkazildi. 🔸 Guliston davlat universitetida “Milliy qadriyatlar va ularning jamiyatdagi ahamiyati” insholar tanlovi o‘tkazildi. 🔸 Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida Konstitutsiya kuni munosabati bilan ijodiy tanlovlar o‘tkazildi. 🔸 Namangan davlat pedagogika institutida “Konstitutsiya bilimdoni” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.✅ Oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan ushbu tashabbuslar nafaqat iste’dodli yoshlarni yuzaga chiqaradi, balki ularning jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qiladi.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Umumiy elon rolik.MOV6.11 MB
❤ 19👍 4
🗣 Gender tenglik bo‘yicha Respublika Ishchi guruhi tomonidan audit o‘tkazildi.
✅ Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalariga bag‘ishlangan Respublika komissiyasining 14-sonli bayonnomasi hamda Vazirlikning 2025-yil 28-oktabrdagi 01/15-4562-sonli xatiga muvofiq, joriy yilning 3-4-dekabr kunlari Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida Respublika Ishchi guruhi tomonidan genderga oid audit o‘tkazildi.
🔸O‘rganish davomida Ishchi guruh tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash, zaruriy mehnat sharoitlarini yaratish, ularni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlaridagi faoliyat holati o‘rganildi.
🔸Mazkur audit jarayoni gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlar faolligini yanada oshirish hamda tashkilotlarda qulay va inklyuziv mehnat muhitini yaratishga xizmat qiladi.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
❤ 11🔥 2
#ijodkor_talaba
☑️Qo'qon davlat universiteti talabasi Baxromova Dilsoʻz
Siz ham ijod namunalaringizni @talabamediabot orqali yuborishingiz mumkin.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Chayhana.mp38.29 MB
🔥 17❤ 9☃ 5
01:53
Video unavailableShow in Telegram
👩 “Milliy libos – milliy g‘urur”
🏢 Termiz davlat universiteti talabalari "Milliy liboslar kuni" munosabati bilan tayyorlangan video rolikni e’tiboringizga havola etadi!
🎥 Ushbu videoda talabalarning milliy qadriyat va an’analarga bo‘lgan hurmati, milliy liboslarning o‘ziga xos go‘zalligi, ijodiy yondashuv va bayramona kayfiyat o‘z aksini topgan.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
41.21 MB
👍 2
✅ Viktorina
❓Talabalarda ijtimoiy faollikni oshirishda “liderlik treninglari”ning samaradorlik mezoni qaysi?Anonymous voting
- Trening davomiyligi
- Ishtirokchilar soni
- Auditoriya kattaligi
- Talabaning tashabbus bilan chiqish ko‘nikmasi ortishi
❤ 34😎 21🎉 18🥰 6🔥 4
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
💨 Aholi tashabbuslarini ilgari surish uchun maxsus forum o‘tkaziladi
“Kelajak uchun” forumi istiqbolli tashabbuslar yo‘llanadigan ochiq muloqot maydoni. Undan asosiy maqsad soha va hududlarni rivojlantirishga jamoatchilikni jalb etish, aholi takliflarini yuzaga chiqarish, islohotlarning xalqchilligini ta’minlashdir.
Forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil14 iyuldagi “Islohotlarni amalga oshirishda istiqbolli tashabbuslarni yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq o‘tkaziladi. Buning uchun mas’ul tashkilotlar hamkorligida tizim yo‘lga qo‘yildi, kelajakuchun.gov.uz kraud-platformasi ishga tushirildi.
Muhokamalarda eng dolzarb deb topilgan tashabbuslar “Top-50” va “Top-10” tarzida saralanadi.
G‘olib deb topilgan 10 ta eng ilg‘or tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimot qilinadi. Yakunda ma’qullangan tashabbuslar hayotga tatbiq etiladi. Ularning mualliflari moddiy rag‘batlantirilib, loyihalari davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
Forumda qatnashib, mamlakatimiz taraqqiyoti uchun o‘z taklifingizni yo‘llang! Aynan Sizning tashabbusingiz g‘olib deb topilishi mumkin.
“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumida ishtirok etish uchun kelajakuchun.gov.uz kraud-platformasi yoki QR-kod orqali havolaga o‘ting.
📞Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 71-203-03-08 (ichki raqam 197, 109)
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 13
00:24
Video unavailableShow in Telegram
💫 Korrupsiya eng katta illatdir!
💵 Korrupsiya nafaqat iqtisodiy zarar keltiradi, balki ta’lim, tibbiyot, xavfsizlik kabi hayotiy sohaga ham chuqur ta’sir qiladi. Birgina pora tufayli kimningdir haq-huquqi poymol bo‘ladi, kelajak imkoniyatlari cheklanadi.
🎬 Mazkur rolik Qo‘qon davlat universiteti talabalari tomonidan tayyorlandi.
🤝 Korrupsiyani yengish yurtimizning ertangi kunini yorqin qilish demakdir.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
IMG_5627.MOV16.98 MB
❤ 20👍 6🔥 3😁 2🎉 1
Photo unavailableShow in Telegram
“Huquq bilimdonlari” tanlovi 2-kun testlarini ishlashga start berildi!
↪️@talabatanlovbot ga kirib, “Testlarni ishlash” tugmachasini bosib, testlarni ishlashingiz mumkin. Sizda bugun 20:00 ga qadar vaqt bor. Bugun qo‘shimcha vaqt berilmaydi, soat 20:00 da testlar to‘xtatiladi va har bir hudud bo‘yicha TOP-10 o‘rindagilar hududiy bosqichga o‘tadi.
100 ta testdan kamida 40 ball yig‘gan barchaga QR kodli elektron sertifikat beriladi. Sertifikatni 8-dekabr kuni @talabatanlovbot orqali yuklab olasiz (qanday olishni o‘sha kuni tushuntiraman).
➡️ Test savollarini ishlash
➡️ Test savollarini ishlash
❤ 6
⏳⏳⏳⏳
Bugun 4-dekabr, haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🇺🇳Xalqaro banklar kuni.
🌏Xalqaro gepardlar kuni.
🌏Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish kuni
🌏Mehr bilan ko‘rishish kuni.
#muhim_voqealar
🔹1946 – Moskvada birinchi “Moskvich-400” avtomobili yig‘ildi.
🔹1954 – BMT Atom energiyasi bo‘yicha Xalqaro agentlikni (MAGATE) tuzish haqida qaror qabul qildi.
🔹1996 – “Nuroniy” jamg‘armasi tashkil topdi.
🔹2002 – Germaniyaning Bonn shahrida “Alpomish” dostonining nashr etilishiga bag‘ishlangan tantanalar o‘tkazildi.
#tavalludlar
🔹1795 – Tomas Karleyl – ingliz yozuvchisi, publitsist, tarixchi va faylasuf.
🔹1890 – Mehmet Fuod Ko‘pruluzoda – turk adabiyotshunos olimi, tarixchi va davlat arbobi.
🔹1924 – Muhammad Rafi – hind xonandasi.
🔹1982 – Nik Vuychich – avstraliyalik motivatsion ma’ruzachi, voiz, filantrop va yozuvchi.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
❤ 20🔥 8👍 3💯 1
Repost from Edu.uz
01:53
Video unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Jizzaxga tashrifi: hududlarning “o‘sish nuqtalari”ni aniqlab, har bir imkoniyatni samarali loyihaga aylantirish, barcha sohalarda odamlarning roziligiga erishish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar izchil davom ettiriladi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
37.74 MB
❤ 13👍 3👏 1
✨✨✨✨
🌍 Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin!
🧠 Bugun “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan OTMlarda inklyuzivlik va mehr-oqibatni targ‘ib etuvchi tadbirlar o‘tkazilib, hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasligi maqsad qilindi.
• O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti • Urganch davlat pedagogika instituti • Ipak yo‘li innovatsiyalar universiteti • Buxoro davlat pedagogika instituti • Qarshi davlat texnika universiteti • Buxoro davlat universiteti • Urganch davlat tibbiyot instituti • Namangan davlat pedagogika instituti • Xalqaro innovatsion universiteti • Toshkent gumanitar fanlar universiteti • O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi • Jizzax davlat pedagogika universiteti • O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti • Urganch davlat universiteti • Fan va texnologiyalar universiteti • Namangan davlat texnika universiteti • Buxoro davlat pedagogika instituti • Termiz davlat universiteti • Ipak yo‘li innovatsiyalar universiteti • Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti • Qo‘qon davlat universiteti • Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti✅ “Xalqaro nogironlar kuni” doirasida yurtimiz OTMlarida o‘tkazilgan tadbirlar yoshlarni mehr-muruvvat ruhida tarbiyalash, jamiyatga inklyuzivlik tamoyillarini chuqur singdirish, imkoniyati cheklangan insonlarga bo‘lgan e’tibor va hurmatni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Etibor3dekabr.mp454.26 MB
IMG_4431.MP462.79 MB
5.mp420.38 MB
IMG_7981.MP47.53 MB
IMG_3514.MOV47.96 MB
IMG_3697.MOV111.95 MB
mU.mp4113.90 MB
28-11-2025 - 3-DEKABR UCHUN ROLIK_2.mp461.50 MB
USAT universitetida xayriya aksiyasi o‘tkazildi.mp415.27 MB
video_2025-12-03_15-22-07.mp416.35 MB
❤ 12
00:53
Video unavailableShow in Telegram
#ijodkor_talaba
☑️Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali talabasi Sultonmuratov Davlatbek
Siz ham ijod namunalaringizni @talabamediabot orqali yuborishingiz mumkin.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Davlatbek.MOV42.12 MB
🔥 16❤ 11👍 6🤩 3👏 2
