uz
Feedback
POSTDA|Rasmiy kanal

POSTDA|Rasmiy kanal

Kanalga Telegram’da o‘tish

Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги Бирлашган таҳририяти хабарлари 🌐 Веб-сайт : www.postda.uz 📨 E:mail: info@postda.uz

Ko'proq ko'rsatish
2025 yil raqamlardasnowflakes fon
card fon
24 771
Obunachilar
-124 soatlar
+17 kunlar
-7030 kunlar
Postlar arxiv
Photo unavailableShow in Telegram
Konstitutsiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigiПраздничное поздравление народу Узбекистана по случаю Дня Конституции Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Hammasini ko'rsatish...
Плеханов университетида учрашув ўтказилди Пойтахтимизнинг Мирзо Улуғбек туманида жойлашган Плеханов номидаги Россия Иқтисодиёт Университетида туман ИИОФМБ пробация бўлими рўйхатида турувчи, оғир турдаги наркотик моддалар билан боғлиқ жиноятларни содир этган назорат остидаги шахслар билан навбатдаги профилактик учрашув ўтказилди. Учрашув давомида 25 нафар назорат остидаги шахсларнинг мавжуд муаммо ва таклифлари атрофлича ўрганилди. Ушбу мурожаатлар юзасидан тегишли чора-тадбирлар белгилаб олинди ҳамда маҳаллий органлар билан ўзаро ҳамкорлик механизмлари муҳокама қилинди.
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Ажабо! «БАРИБИР ҲЕЧ КИМ ТУШУНМАЙДИ…» 1989 йилда Nike компанияси самбуру халқига мансуб кенияликлар иштирокида ўз кроссовкалари рекламасини суратга олган. Реклама ролигида қабилаларнинг ёрқин либослардаги анъанавий рақслари акс этган бўлиб, охирида бир йигит ўз миллий тилида бир иборани айтади ва экранда «Just Do It» анъанавий шиори пайдо бўлади. Ўша рекламани кўриб қолган америкалик антрополог оммавий ахборот воситаларига африкалик аслида мана бундай сўзларни айтганини исботлаб берган: «Мен бу кроссовкаларни кийишни хоҳламайман. Менга каттароқ пойабзал беринглар.» Шунда Nike суратга олиш гуруҳи шиорни ўша қабила тилига тўғри таржима қилишолмаганини тан олган ва бу сўзларни барибир ҳеч ким тушунмайди, деб ўйлаб, тузатиш киритмаган. 👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 33 yilligi oldidan
KONSTITUSIYАMIZNI O‘RGANAMIZ 33-modda. Har kim fikrlash, so‘z va e'tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim istalgan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega. Davlat Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanishni ta'minlash uchun shart-sharoitlar yaratadi. Axborotni izlash, olish va tarqatishga bo‘lgan huquqni cheklashga faqat qonunga muvofiq hamda faqat konstitusiyaviy tuzumni, aholining sog‘lig‘ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta'minlash, shuningdek davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir oshkor etilishining oldini olish maqsadida zarur bo‘lgan doirada yo‘l qo‘yiladi. @Postdarasmiy
Hammasini ko'rsatish...
“Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” doirasida Toshkent shahrida “Ayollar va qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik!” mavzusida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada mas’ul idoralar rahbarlari va mutaxassislari tomonidan ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish borasidagi davlat siyosati, zo‘ravonlik xavfi mavjud ayollar bilan ishlashda ichki ishlar organlarining amaldagi tizimi, zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollarning reabilitatsiyasi va ijtimoiy moslashuvi jarayonlari, yoshlar tarbiyasida zo‘ravonlikning oldini olishda ota-onalar mas’uliyati, bo‘lajak ayol diplomatlarni tayyorlashda “Lider qizlar klubi”ning o‘rni quyidagi yo‘nalishlarda ma’ruzalar taqdim etildi. Konferensiya raqamli zo‘ravonlikning oldini olish, xavfsiz axborot makoni yaratish hamda ayollar va qizlarning huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan muhim muloqot maydoniga aylandi. @Postdarasmiy
Hammasini ko'rsatish...
Ichki ishlar vazirligi rahbariyati, faxriylar va taʼlim mutaxassislar ishtirokida ichki ishlar organlari xizmatini takomillashtirish, muammolarni tanqidiy muhokama qilish va yosh kadrlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan Maslahatlashuv kengashi faoliyati yoʻlga qoʻyildi ▶️ Batafsil ——— Ички ишлар вазирлиги раҳбарияти, фахрийлар ва таълим мутахассислар иштирокида ички ишлар органлари хизматини такомиллаштириш, муаммоларни танқидий муҳокама қилиш ва ёш кадрларни қўллаб-қувватлашга қаратилган Маслаҳатлашув кенгаши фаолияти йўлга қўйилди ▶️ Батафсил ——— Налажена деятельность Консультативного совета с участием руководства Министерства внутренних дел, ветеранов и специалистов в области образования, направленная на совершенствование службы органов внутренних дел, критическое обсуждение проблем и поддержку молодых кадров ▶️ Подробно Телеграм канал
Hammasini ko'rsatish...
ZUKKOLAR BAHSI O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33-yilligi munosabati bilan IIV Namangan akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Mazkur intellektual bellashuvda 11 ta jamoa tarkibida jami 66 nafar o‘quvchi faol ishtirok etdi. Tadbir avvalida mas’ul rahbarlar ishtirokchilarni o‘yin tartib-qoidalari bilan tanishtirib, ularga omad tilashdi. Intellektual bellashuv ko‘tarinki kayfiyat qizg‘in va murosasiz ruhda bo'lib, har bir jamoa g‘oliblik uchun bor bilim va tajribasini ishga soldi. Yakuniy natijalarga ko'ra g‘olib bo'lgan jamoa tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. O‘z muxbirimiz, Namangan viloyati. 👉@postdarasmiy
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
SO‘FI OLLOYOR ZIYORATGOHI Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanidagi Vaxshivor tog‘ tizmalari orasida joylashgan So‘fi Olloyor ziyoratgohi tasavvuf ilmining bilimdoni, mutasavvuf shoir So‘fi Olloyor nomi bilan bog‘liq. So‘fi Olloyor 1644-yilda Kattaqo‘rg‘onning Minglar qishlog‘ida tug‘ilib, 1724-yilda Oltinsoy tumanidagi Vaxshivor qishlog‘ida vafot etgan. Buxorodagi jo‘ybor shayxlari dargohida ta’lim olgan, arab va fors tillarini o‘rgangan. Buxoro xoni Abdulazizxon tomonidan boj mahkamasiga to‘ra etib tayinlangan. Батафсил ўқинг👉 👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Қўшалоқ байрам шукуҳи Бош Қомусимиз қабул қилинганининг 33 йиллиги байрами арафасида Қашқадарё вилояти ИИБ раҳбарияти ҳамда туман-шаҳар ИИБ МваФРГ масъул ходимлари бир гуруҳ ёшларга ID карталар топширди. Батафсил ўқинг👉 👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Биласизми? Цитрус меваларининг иси ширинлик ейишдан сақлаб туради. Бундан ташқари, улар одамга куч-қувват беради. 👉 @postdarasmiy
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Иккилансанг, қалбингдан сўра – Бобожон, нималар деб пичирлаяпсиз? – сўради набира ҳайрон бўлиб. – Кўнглимга савол беряпман, болажоним, – жавоб қилди қария. – Бу нима дегани? – кўзларини катта-катта очди болакай. Бобо нима табассум қилиб, шундай деди: – Масалан, бугун менга панд берган қўшним билан уришиш ниятим йўқ, лекин нима қилишни билмаяпман. Худди шу фикрни қалбимга жойлаб, уйқуга кетаман. Тонг отганида эса кўнглим менга қандай йўл тутишни кўрсатади. – У буни қаёқдан билади? – Инсон қалби ҳамма нарсани билади. Мен бир умр ундан нимадир ўрганиб яшадим. Сенга ҳам шуни маслаҳат бераман: қийин саволга жавоб излаганда, бирон масалада иккиланиб турганингда – қалбингдан сўра, у сенга тўғри жавобни айтади. Фақат бунга чин кўнгилдан ишонишинг керак. Гулчеҳра АЗИМОВА таржимаси. @Postdarasmiy
Hammasini ko'rsatish...
“Xavfsiz va sog‘lom yurt” Uchtepa tuman IIO FMB Probatsiya bo‘limi tomonidan nazoratdagi og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan shaxslar bilan navbatdagi sayyor uchrashuv tashkil etildi. "Ko‘hna Cho‘ponota" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘tkazilgan tadbirda tegishli tashkilot va idora vakillari hamda probatsiya nazoratida turgan 50 nafar muqaddam sudlangan shaxs ishtirok etdi. Tadbir davomida ishtirokchilarga qayta jinoyat sodir etishning huquqiy va ijtimoiy oqibatlari batafsil tushuntirildi, profilaktik ogohlantirishlar berildi. Shuningdek, ularning turmush sharoitini yaxshilash, jamiyatga moslashuvini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qator ijtimoiy-huquqiy masalalar joyida hal etildi. @Postdarasmiy
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#JUMBOQ Abu Ali ibn Sinodan nasihat: U bir qasrki kunda dushman hujumiga duch kelgay. Qasrni qo‘riqlovchi navkarlar qancha  harakat qilmasin, yengilishadi. Dushman shunchalar dahshatliki, u qasrni xam, qasrning shoxini ham maxv etadi. Savol: Ibn Sino tasvirlagan jarayonni emas, jarayonda qatnashgan dushman nomini topib bering. Ushbu savolga Isroil Ergashev, Sultonbek kabi o'quvchilarimiz qisman to‘g‘ri javob yoʻllashdi. Bilimdonlarga keyingi jumboq savollarda omad tilab qolamiz. Javob: Qasr - inson, navkarlar - tishlar, qasr shoxi- yurak, dushman - yeydigan taomlarimiz.
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Kasb fidoyisi OLIB QOCHILGAN MOTOTSIKL Jizzax viloyati IIB YHXB bataloni 3-safarbarlik guruhi inspektori, kichik serjant Urol Mirzayev ichki ishlar organlarida 22 yildan beri sidqidildan xizmat qilib kelmoqda. Joriy yil boshidan buyon u 3200 dan ortiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, xizmat intizomi va mas’uliyati bilan alohida namuna ko‘rsatdi. Yaqinda esa hamkasbi bilan birga Toshkent shahridan mototsiklni olib qochgan Sh.I.ni “To‘sib ushlash” tadbiri orqali qo‘lga olishda hissa qo‘shdi. Jinoyatni "issiq izida" ochgani uchun kichik serjant IIB rahbariyati tomonidan munosib rag‘batlantirildi. U oilali, 3 farzandning mehribon otasi hamdir. Sarvar SOBIROV, o‘z muxbirimiz. Jizzax viloyati. @Postdarasmiy
Hammasini ko'rsatish...
ИИББ БОШЛИҒИ КУБОГИ УЧУН Мактаб ўқувчилари ўртасида Тошкент вилояти “Ички ишлар бош бошқармаси бошлиғи кубоги” мусобақаси ўтказилди. Вилоятдаги 877 та мактаб ўқувчилари иштирок этган саралаш босқичи юқори савияда ташкил этилиб, туман ва шаҳар босқичлари якунига етказилди. 22 та ҳудуддан сараланган жамоалар ўртасидаги вилоят босқичи беллашувлари янада шиддатли тус олди. Мусобақанинг якуний натижаларига кўра: Қизлар ўртасида – 1-ўрин Қуйи Чирчиқ тумани, 2-ўрин Янгийўл тумани, 3-ўрин Чирчиқ шаҳри; Ўғил болалар ўртасида – 1-ўрин Олмалиқ шаҳри, 2-ўрин Пискент тумани, 3-ўрин Зангиота тумани жамоаларига насиб этди. Ғолиб жамоаларга эсдалик совғалари, диплом ва кубоклар ИИББ бошлиғи томонидан топширилди. @Postdarasmiy
Hammasini ko'rsatish...
“XAVFSIZ OILA” TADBIRLARI Gʻijduvon tumani IIB rahbariyati va mahalla faollari hamkorligida “Xavfsiz oila” keng qamrovli tadbirlari oʻtkazilmoqda. Tadbirlarda nizoli hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardagi nizolarning kelib chiqish sabablari oʻrganilib, yarashtirish choralari koʻrilmoqda. O‘z muxbirimiz. Buxoro viloyati. 👉@postdarasmiy
Hammasini ko'rsatish...
Yoʻl harakati intizomi bolalikdan boshlanadi "Xavfsiz va sog'lom yurt" keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlari doirasida Namangan viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan bolalar bilan bogʻliq koʻngilsiz hodisalarni oldini olish, ularning ongiga qoidalarni singdirish maqsadida shahardagi 6-sonli umumta’lim maktabida oʻquvchilar bilan targʻibot uchrashuvi oʻtkazildi. Unda bolalarga yoʻllarda harakatlanishda piyoda va haydovchilarning huquq hamda majburiyatlari toʻgʻrisida batafsil ma’lumotlar berilib, ularning bu boradagi bilimlari sinovdan oʻtkazildi. O‘z muxbirimiz, Namangan viloyati. 👉@postdarasmiy
Hammasini ko'rsatish...
ИИББ БОШЛИҒИ КУБОГИ УЧУН Мактаб ўқувчилари ўртасида Тошкент вилояти “Ички ишлар бош бошқармаси бошлиғи кубоги” мусобақаси ўтказилди. Вилоятдаги 877 та мактаб ўқувчилари иштирок этган саралаш босқичи юқори савияда ташкил этилиб, туман ва шаҳар босқичлари якунига етказилди. 22 та ҳудуддан сараланган жамоалар ўртасидаги вилоят босқичи беллашувлари янада шиддатли тус олди. Мусобақанинг якуний натижаларига кўра: Қизлар ўртасида – 1-ўрин Қуйи Чирчиқ тумани, 2-ўрин Янгийўл тумани, 3-ўрин Чирчиқ шаҳри; Ўғил болалар ўртасида – 1-ўрин Олмалиқ шаҳри, 2-ўрин Пискент тумани, 3-ўрин Зангиота тумани жамоаларига насиб этди. Ғолиб жамоаларга эсдалик совғалари, диплом ва кубоклар ИИББ бошлиғи томонидан топширилди. @Postdarasmiy
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
MOZIYDAN SABOQ Tarix – ulug‘ murabbiy! Ne-ne buyuk zotlar, avliyo-yu anbiyolar, olim-u ulamolar ilm-u urfonni undan o‘rgangan. Insoniyatga murabbiylik qilgan tarix silsilasida qanchadan-qancha saltanatlar bo‘lmagan deysiz. O‘tmishda o‘z yurtida o‘ziga xos mavqega, nufuzga ega bo‘lgan shaxslar yashab o‘tgan. Ular tomonidan amalga oshirilgan ulug‘vor ishlar hali-hanuz avlodlar tomonidan o‘rganilib kelinadi. Батафсил ўқинг👉 👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#JUMBOQ Abu Ali ibn Sinodan nasihat: U bir qasrki kunda dushman hujumiga duch kelgay. Qasrni qo‘riqlovchi navkarlar qancha  harakat qilmasin, yengilishadi. Dushman shunchalar dahshatliki, u qasrni xam, qasrning shoxini ham maxv etadi. Savol: Ibn Sino tasvirlagan jarayonni emas, jarayonda qatnashgan dushman nomini topib bering. Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: https://t.me/postda_muloqot
Hammasini ko'rsatish...