ar
Feedback
Kun.uz | Rasmiy kanal

Kun.uz | Rasmiy kanal

الذهاب إلى القناة على Telegram

🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz! ‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi Reklama: +998781137733 Sayt: http://kun.uz/uz facebook.com/kunuznews twitter.com/KunUzNews instagram.com/kun.uz @kunuzmurojaat

إظهار المزيد
2025 عام في الأرقامsnowflakes fon
card fon
80 261
المشتركون
-3424 ساعات
-1107 أيام
-1 23930 أيام
أرشيف المشاركات
Photo unavailableShow in Telegram
Toshkent shahri uchun dizayn-kod ishlab chiqildi Citymakers International va Toshkent Invest kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan dizayn-kod yaxlit, qulay va xavfsiz shahar muhitini shakllantirishga qaratilgani ta’kidlanmoqda va tez orada jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi. 👉 https://kun.uz/51117227 Kun.uz rasmiy kanali
إظهار الكل...
😁 21 13👍 12🤯 4😐 3😭 1
Photo unavailableShow in Telegram
AQSh ma’muriyatida bo‘linish: Stiv Uitkoff Marko Rubioga qarshi Sabab – Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush qanday yakunlanishi bo‘yicha qarashlar turlichaligi. Va Trampning maxsus vakili xavfsizlik masalalariga beparvolik bilan qarayotgani. 👉 https://kun.uz/61572273 Kun.uz rasmiy kanali
إظهار الكل...
👏 8 5
05:27
Video unavailableShow in Telegram
Qashqadaryoda tog‘ portlatildi - arz qilganlar qo‘rqitilib, holatga "ko‘nikish" tavsiya qilindi Kitob tumani, Makrid mahallasi yaqinida tog‘ portlatildi. Mahalla yaqinida "paydo bo‘lgan" noma’lum korxonaning faoliyati ortidan uylar darz ketishi, odamlar va ekologiyaga zarar yetishi mumkinligi mahalliy aholini tashvishga solmoqda. Holatni mahalla telegram guruhiga joylaganlarning ovozi o‘chirilib, "ko‘nikish" tavsiya qilinayotgani aytilmoqda. 👉 https://kun.uz/72226143 Kun.uz rasmiy kanali
إظهار الكل...
Мои видео.mp452.32 MB
🤯 46👏 18 16😁 9👍 1😐 1
00:46
Video unavailableShow in Telegram
Falastinni parchalash: G‘arbiy sohil xaritasi qanday o‘zgaryapti? Isroil hukumati Falastin yerlarini bosqichma-bosqich egallash siyosatini davom ettiryapti. 21 dekabr kuni G‘arbiy sohilda yana 19 ta yahudiy mavzelari qurilishi e’lon qilindi. Bu posyolkalar bosqin ostidagi mamlakatni yanada parchalaydi va Oslo kelishuvlarini inkor qiladi. Voqelikni Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida professor Farhod Karimov xaritalar uzra sharhlab berdi. 📹 TO'LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
إظهار الكل...
Мои видео.mp47.41 MB
😭 20🤯 12 9
03:37
Video unavailableShow in Telegram
Deputatlar yashirincha tasdiqlagan 41 trln so‘m va YHXX raddiyasi – mahalliy dayjest Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz. 👉 https://kun.uz/39853978 Kun.uz rasmiy kanali
إظهار الكل...
Мои видео.mp435.53 MB
9
Photo unavailableShow in Telegram
Amerikaliklar Lukashenkoning samolyotini tuzatib berishgan va ozish uchun dori tavsiya qilishgan The Wall Street Journal AQSh u bilan munosabatlarni qanday yo‘lga qo‘ygani va siyosiy mahbuslar ozod etilishiga erishgani haqida yozdi. 👉 https://kun.uz/73703331 Kun.uz rasmiy kanali
إظهار الكل...
😁 39 8👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
“Foizsiz” illyuziyasi yoxud iste’molchi oldidagi mas’uliyat Nasiya savdo amaliyoti hayotimizga dadil kirib keldi – bunday to‘lov modellari savdo va moliya bozorida ommalashdi. Tovar va xizmatlar xaridi qulaylashdi. Biroq nasiyaga savdo qiluvchi sub’yektlar o‘z ishiga mas’uliyatli yondashmasa, bu qulaylik zararga aylanadi. Kun.uz kolumnisti Iskandar Tursunov o‘z maqolasida BNPL – mug‘ombirlik instrumentiga aylanmasligi kerakligi haqida so‘z yuritadi. 👉 https://kun.uz/27092229 Kun.uz rasmiy kanali
إظهار الكل...
19🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
Rossiyalik aktrisa Vera Alentova vafot etdi U «Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi» filmidagi ijrosi orqali tanilgandi. 👉 https://kun.uz/95811957 Kun.uz rasmiy kanali
إظهار الكل...
😭 35 10👍 3😁 2
Photo unavailableShow in Telegram
“Tashabbusli budjet”da yangiliklar. Sherikchilik tartibi belgilandi Endi mahalla ahli biror bir loyiha uchun zarur mablag‘ning yarmini to‘play qolsa, qolgan yarmini davlat to‘laydi. Bunday tartib budjet tashkilotlariga oid loyihalarga taalluqli emas. Shuningdek, aholi endi deputatlarga ham yuzlanishi mumkin: ularga loyihalarni qo‘shimcha ravishda g‘olib deb topish vakolati berildi. 👉 https://kun.uz/52904456 Kun.uz rasmiy kanali
إظهار الكل...
😭 26 9🔥 6😁 5😐 2
Photo unavailableShow in Telegram
Akmal Shukurovni ozodlikka chiqarib yuborgan sudyalar ishdan olindi Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyalari Odilbek Ilhomjonov, Mirziyod Abidov va Muhtarama Turg‘unova, shuningdek, Toshkent shahar sudi raisin o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Murodjon Mirzajonov odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzgani uchun lavozimidan ozod qilindi. Ularning sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi. 👉 https://kun.uz/09245587 Kun.uz rasmiy kanali
إظهار الكل...
👍 154👏 30 22😁 18🔥 5
Photo unavailableShow in Telegram
Afg‘on chegarasidagi otishmada tojikistonlik harbiylar halok bo‘ldi 24 dekabr kuni Afg‘oniston tomonidan chegarani noqonuniy kesib o‘tgan terrorchilar bilan tojik chegarachilari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi. 👉 https://kun.uz/18031679 Kun.uz rasmiy kanali
إظهار الكل...
😭 30 12🤯 8😐 4
04:58
Video unavailableShow in Telegram
“Credit House” ishida sud boshlandi: birinchi kun qanday o‘tdi? Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudi “Credit House” va “In Fin Story” MChJ mansabdorlari hamda boshqalarga nisbatan juda ko‘p miqdordagi firibgarlik ishini ko‘rib chiqishni boshladi. Kun.uz muxbiri Dilshoda Shomirzayeva sud binosida bo‘lib, jarayonni jonli efirda yoritdi. 👉 https://kun.uz/35795324 Kun.uz rasmiy kanali
إظهار الكل...
Мои видео.mp447.12 MB
8😐 3😭 1
Photo unavailableShow in Telegram
1-yanvardan Andijon shahridagi avtobuslarda naqd pul qabul qilinmaydi Yo‘lovchilar bank kartasi, ATTO kartasi yoki mobil ilovalar orqali to‘lov qilishi mumkin, bunda yo‘lkira 2100 so‘mni tashkil etadi. Infokioskdan olinadigan bir martalik QR-chipta esa 3000 so‘m turadi. 👉 https://kun.uz/25458592 Kun.uz rasmiy kanali
إظهار الكل...
👍 27😐 9 5😭 3🔥 2😁 2
00:37
Video unavailableShow in Telegram
6000 funt oylik, qalbaki taklifnoma va g‘oyib bo‘lgan «menejer». Soxta ish e’lonlari ortidagi firibgarlik sxemasi Nisbatan erkin ish jadvali, baland maosh, qat’iy talablarning yo‘qligi va kamiga Angliya, AQSh yoki Germaniyadagi nufuzli kompaniyada ishlash. Bu kabi ish e’lonlari aksariyat o‘zbekistonliklarning e’tiborini tortishi tabiiy. Ammo, hammasi ko‘ringanidek bo‘lmasligi, hushyor bo‘lmasangiz, yaxshigina mablag‘ yo‘qotilishi ham mumkin. 📹 TO'LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
إظهار الكل...
Мои видео.mp49.56 MB
19
Photo unavailableShow in Telegram
“O‘zavtoyo‘l” binosi 242 mlrd so‘mga sotildi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining Toshkent markazidagi binosi auksionda 242 mlrd so‘mga ketdi. Xaridor – boshlang‘ich narxdan 5 foizga yuqori narx taklif qilgan Norbekov Qobiljon Mamadiyorovich. Auksionda undan boshqa talabgor narx taklifini bildirmadi. Bundan 2 kun oldin Transport va Qurilish vazirliklari binolari ham sotilgan edi. 👉 https://kun.uz/86849867 Kun.uz rasmiy kanali
إظهار الكل...
12👏 11😭 8👍 1😐 1
Photo unavailableShow in Telegram
O‘z pozitsiyasi uchun «otuvga tayyorligi»ni aytgan. NYT Kremlning urushga qarshi bo‘lgan mulozimi haqida G‘arb matbuotida bir necha yildan buyon Dmitriy Kozak – Putinning atrofidagi asosiy «liberal» ekani va u Kremlda urushga qarshi yagona mulozim ekani haqida maqolalar e’lon qilinmoqda. U haqda senzura ostidagi RBK ham yozib chiqdi – u prezident administratsiyasidan ketishdan oldin mamlakatda liberal islohotlar o‘tkazishni taklif qilgan. 👉 https://kun.uz/36110906 Kun.uz rasmiy kanali
إظهار الكل...
15👍 15
Photo unavailableShow in Telegram
YHXX yo‘llardagi kameralardan shaxsiy ma’lumotlar sizib chiqqanini rad etdi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga ko‘ra, O‘zbekiston yo‘llardagi harakatni jonli kuzatish alohida yopiq serverlarda amalga oshiriladi va u tizimga hech kim kirmagan. TechCrunch aniqlagan holat esa, sinov jarayonidagi qurilmalar qayd etgan qoidabuzarliklar yozilgan ochiq server, dedi YHXX bo‘lim boshlig‘i Suxrob Tursunov. 👉 https://kun.uz/40431400 Kun.uz rasmiy kanali
إظهار الكل...
😁 32 8👍 5🤯 1
07:00
Video unavailableShow in Telegram
Isroilga qarshi da’voga qo‘shilgan Belgiya, Kimning atom suvosti kemasi va Moskva osmonidagi dronlar – kun dayjesti O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz. 👉 https://kun.uz/84147305 Kun.uz rasmiy kanali
إظهار الكل...
ДАЙЖЕСТ 25-12.mp454.28 MB
15
Photo unavailableShow in Telegram
Deputatlar qonundan tashqari ishlatilgan 41 trln so‘m xarajatni “yashirincha” tasdiqlab bergan Davlat organlari va tashkilotlarining 2025 yilgi xarajatlari qonunda ko‘rsatilganidan qariyb 41 trln so‘mga yoki 14,5 foizga oshib ketgan. Bu xarajatlarni postfaktum qonunga kiritib qo‘yish yuzasidan Qonunchilik palatasining yig‘ilishi jonli efirsiz o‘tib ketgani ma’lum bo‘ldi. 👉 https://kun.uz/10623169 Kun.uz rasmiy kanali
إظهار الكل...
🤯 97😁 33😭 15 14😐 8👏 3👍 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Jonli efir: “Credit House” ishi bo‘yicha sud boshlanmoqda Ayni paytda Kun.uz kameralari jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumani sudi binosiga qaratilgan. Yaqin daqiqalardan so‘ng 2025 yilning eng yirik firibgarlik ishi bo‘yicha sud jarayoni boshlanadi. Ish doirasida ayblanuvchilar 9 kishini, jabrlanuvchilar esa 1 766 nafarni tashkil etmoqda. Hozircha jami zarar miqdori ma’lum emas. Sayt muxbiri voqealar rivojini yoritmoqda. Reportajni jonli efirda tomosha qiling. 📱 Telegram'da ko‘rish 📱 YouTube'da ko‘rish 📱 VKontakte'da ko‘rish
إظهار الكل...
3