uz
Feedback
Kun.uz | Rasmiy kanal

Kun.uz | Rasmiy kanal

Kanalga Telegram’da o‘tish

🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz! ‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi Reklama: +998781137733 Sayt: http://kun.uz/uz facebook.com/kunuznews twitter.com/KunUzNews instagram.com/kun.uz @kunuzmurojaat

Ko'proq ko'rsatish
2025 yil raqamlardasnowflakes fon
card fon
80 261
Obunachilar
-3424 soatlar
-1107 kunlar
-1 23930 kunlar
Postlar arxiv
Photo unavailableShow in Telegram
Toshkentda pulli to‘xtab turish joylarida rezidentlar uchun ruxsatnomalar joriy etilmoqda 2026 yil 1 fevraldan Toshkent shahrida pulli yo‘lbo‘yi avtoturargohlariga yaqin hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun rezident avtoturargoh ruxsatnomalari amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Yangicha tartibga ko‘ra, rezidentlar tungi vaqtda bepul to‘xtab turish imkoniyatiga ega bo‘ladi, kunduzi esa imtiyozli shartlarda foydalanadi. 👉 https://kun.uz/51309167 Kun.uz rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
😁 16 9👏 1🤯 1
Photo unavailableShow in Telegram
Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va xalqqa murojaatnomani taqdim etadi Bugun, 26 dekabr, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomani taqdim etadi. Murojaatnomaning to‘g‘ridan to‘g‘ri translatsiyasi soat 11:00 dan boshlanadi. 👉 https://kun.uz/60801768 Kun.uz rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
👍 104 21🔥 21👏 13😐 7🤯 4😁 3
Photo unavailableShow in Telegram
Dekabr oyi boshidan beri propan 10 foizga qimmatlashdi Metan-shoxobchalardagi cheklovlar va benzin narxining oshishi fonida birjada propan bahosi ham sezilarli darajada ko‘tarildi. 👉 https://kun.uz/32210822 Kun.uz rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
🤯 27👏 10😁 6 3😐 2😭 2
Photo unavailableShow in Telegram
1 yanvardan tasdiqlangan qurilish obektlariga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritish taqiqlanadi 2026 yil 1 yanvardan qurilishi boshlangan ko‘p qavatli uy-joylarga qo‘shimcha qavat qo‘shish yoki balandligini oshirish uchun loyihani qayta ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish taqiqlanadi. 👉 https://kun.uz/86898937 Kun.uz rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
👍 22 10
Photo unavailableShow in Telegram
Belgiya Isroilga qarshi genotsid ishi bo‘yicha xalqaro sudda ochilgan da’voga qo‘shildi Janubiy Afrika Respublikasi 2023 yil BMT Oliy sudida Isroilga qarshi ish ochib, uni G‘azodagi urush harakatlari bilan «Genotsid konvensiyasi»ni buzganlikda ayblagandi. Ushbu da’voga Belgiyadan oldin Braziliya, Kolumbiya, Irlandiya, Meksika, Ispaniya va Turkiya ham qo‘shilgan. 👉 https://kun.uz/00240373 Kun.uz rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
👏 89👍 28 11😁 4
Photo unavailableShow in Telegram
Toshkent shahri uchun dizayn-kod ishlab chiqildi Citymakers International va Toshkent Invest kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan dizayn-kod yaxlit, qulay va xavfsiz shahar muhitini shakllantirishga qaratilgani ta’kidlanmoqda va tez orada jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi. 👉 https://kun.uz/51117227 Kun.uz rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
😁 21 13👍 13🤯 4😐 3😭 1
Photo unavailableShow in Telegram
AQSh ma’muriyatida bo‘linish: Stiv Uitkoff Marko Rubioga qarshi Sabab – Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush qanday yakunlanishi bo‘yicha qarashlar turlichaligi. Va Trampning maxsus vakili xavfsizlik masalalariga beparvolik bilan qarayotgani. 👉 https://kun.uz/61572273 Kun.uz rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
👏 9 5
05:27
Video unavailableShow in Telegram
Qashqadaryoda tog‘ portlatildi - arz qilganlar qo‘rqitilib, holatga "ko‘nikish" tavsiya qilindi Kitob tumani, Makrid mahallasi yaqinida tog‘ portlatildi. Mahalla yaqinida "paydo bo‘lgan" noma’lum korxonaning faoliyati ortidan uylar darz ketishi, odamlar va ekologiyaga zarar yetishi mumkinligi mahalliy aholini tashvishga solmoqda. Holatni mahalla telegram guruhiga joylaganlarning ovozi o‘chirilib, "ko‘nikish" tavsiya qilinayotgani aytilmoqda. 👉 https://kun.uz/72226143 Kun.uz rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
Мои видео.mp452.32 MB
🤯 47👏 18 16😁 9👍 1😐 1
00:46
Video unavailableShow in Telegram
Falastinni parchalash: G‘arbiy sohil xaritasi qanday o‘zgaryapti? Isroil hukumati Falastin yerlarini bosqichma-bosqich egallash siyosatini davom ettiryapti. 21 dekabr kuni G‘arbiy sohilda yana 19 ta yahudiy mavzelari qurilishi e’lon qilindi. Bu posyolkalar bosqin ostidagi mamlakatni yanada parchalaydi va Oslo kelishuvlarini inkor qiladi. Voqelikni Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida professor Farhod Karimov xaritalar uzra sharhlab berdi. 📹 TO'LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Hammasini ko'rsatish...
Мои видео.mp47.41 MB
😭 21🤯 12 9
03:37
Video unavailableShow in Telegram
Deputatlar yashirincha tasdiqlagan 41 trln so‘m va YHXX raddiyasi – mahalliy dayjest Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz. 👉 https://kun.uz/39853978 Kun.uz rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
Мои видео.mp435.53 MB
9
Photo unavailableShow in Telegram
Amerikaliklar Lukashenkoning samolyotini tuzatib berishgan va ozish uchun dori tavsiya qilishgan The Wall Street Journal AQSh u bilan munosabatlarni qanday yo‘lga qo‘ygani va siyosiy mahbuslar ozod etilishiga erishgani haqida yozdi. 👉 https://kun.uz/73703331 Kun.uz rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
😁 40 8👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
“Foizsiz” illyuziyasi yoxud iste’molchi oldidagi mas’uliyat Nasiya savdo amaliyoti hayotimizga dadil kirib keldi – bunday to‘lov modellari savdo va moliya bozorida ommalashdi. Tovar va xizmatlar xaridi qulaylashdi. Biroq nasiyaga savdo qiluvchi sub’yektlar o‘z ishiga mas’uliyatli yondashmasa, bu qulaylik zararga aylanadi. Kun.uz kolumnisti Iskandar Tursunov o‘z maqolasida BNPL – mug‘ombirlik instrumentiga aylanmasligi kerakligi haqida so‘z yuritadi. 👉 https://kun.uz/27092229 Kun.uz rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
19🔥 3
Photo unavailableShow in Telegram
Rossiyalik aktrisa Vera Alentova vafot etdi U «Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi» filmidagi ijrosi orqali tanilgandi. 👉 https://kun.uz/95811957 Kun.uz rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
😭 35 10👍 3😁 2
Photo unavailableShow in Telegram
“Tashabbusli budjet”da yangiliklar. Sherikchilik tartibi belgilandi Endi mahalla ahli biror bir loyiha uchun zarur mablag‘ning yarmini to‘play qolsa, qolgan yarmini davlat to‘laydi. Bunday tartib budjet tashkilotlariga oid loyihalarga taalluqli emas. Shuningdek, aholi endi deputatlarga ham yuzlanishi mumkin: ularga loyihalarni qo‘shimcha ravishda g‘olib deb topish vakolati berildi. 👉 https://kun.uz/52904456 Kun.uz rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
😭 26 10🔥 6😁 5😐 2
Photo unavailableShow in Telegram
Akmal Shukurovni ozodlikka chiqarib yuborgan sudyalar ishdan olindi Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyalari Odilbek Ilhomjonov, Mirziyod Abidov va Muhtarama Turg‘unova, shuningdek, Toshkent shahar sudi raisin o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Murodjon Mirzajonov odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzgani uchun lavozimidan ozod qilindi. Ularning sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi. 👉 https://kun.uz/09245587 Kun.uz rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
👍 157👏 32 22😁 18🔥 6
Photo unavailableShow in Telegram
Afg‘on chegarasidagi otishmada tojikistonlik harbiylar halok bo‘ldi 24 dekabr kuni Afg‘oniston tomonidan chegarani noqonuniy kesib o‘tgan terrorchilar bilan tojik chegarachilari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi. 👉 https://kun.uz/18031679 Kun.uz rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
😭 30 12🤯 9😐 4
04:58
Video unavailableShow in Telegram
“Credit House” ishida sud boshlandi: birinchi kun qanday o‘tdi? Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudi “Credit House” va “In Fin Story” MChJ mansabdorlari hamda boshqalarga nisbatan juda ko‘p miqdordagi firibgarlik ishini ko‘rib chiqishni boshladi. Kun.uz muxbiri Dilshoda Shomirzayeva sud binosida bo‘lib, jarayonni jonli efirda yoritdi. 👉 https://kun.uz/35795324 Kun.uz rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
Мои видео.mp447.12 MB
9😐 3😭 1
Photo unavailableShow in Telegram
1-yanvardan Andijon shahridagi avtobuslarda naqd pul qabul qilinmaydi Yo‘lovchilar bank kartasi, ATTO kartasi yoki mobil ilovalar orqali to‘lov qilishi mumkin, bunda yo‘lkira 2100 so‘mni tashkil etadi. Infokioskdan olinadigan bir martalik QR-chipta esa 3000 so‘m turadi. 👉 https://kun.uz/25458592 Kun.uz rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
👍 27😐 10 5😭 3🔥 2😁 2
00:37
Video unavailableShow in Telegram
6000 funt oylik, qalbaki taklifnoma va g‘oyib bo‘lgan «menejer». Soxta ish e’lonlari ortidagi firibgarlik sxemasi Nisbatan erkin ish jadvali, baland maosh, qat’iy talablarning yo‘qligi va kamiga Angliya, AQSh yoki Germaniyadagi nufuzli kompaniyada ishlash. Bu kabi ish e’lonlari aksariyat o‘zbekistonliklarning e’tiborini tortishi tabiiy. Ammo, hammasi ko‘ringanidek bo‘lmasligi, hushyor bo‘lmasangiz, yaxshigina mablag‘ yo‘qotilishi ham mumkin. 📹 TO'LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Hammasini ko'rsatish...
Мои видео.mp49.56 MB
19
Photo unavailableShow in Telegram
“O‘zavtoyo‘l” binosi 242 mlrd so‘mga sotildi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining Toshkent markazidagi binosi auksionda 242 mlrd so‘mga ketdi. Xaridor – boshlang‘ich narxdan 5 foizga yuqori narx taklif qilgan Norbekov Qobiljon Mamadiyorovich. Auksionda undan boshqa talabgor narx taklifini bildirmadi. Bundan 2 kun oldin Transport va Qurilish vazirliklari binolari ham sotilgan edi. 👉 https://kun.uz/86849867 Kun.uz rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
12👏 11😭 8👍 1😐 1