Kun.uz | Rasmiy kanal
Ir al canal en Telegram
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz! ‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi Reklama: +998781137733 Sayt: http://kun.uz/uz facebook.com/kunuznews twitter.com/KunUzNews instagram.com/kun.uz @kunuzmurojaat
Mostrar más2025 año en números

80 264
Suscriptores
-3424 horas
-1107 días
-1 23930 días
Archivo de publicaciones
Photo unavailableShow in Telegram
Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi
Shavkat Mirziyoyev: dunyodagi o‘zgarishlar fonida 2025 yil murakkab kechdi
O‘zbekistonda 1,5 mln ehtiyojmand aholi kambag‘allikdan chiqdi
Prezident: YaIM ilk bor 145 mlrd dollardan oshdi
“Sharq va G‘arb o‘rtasida hamkorlik ko‘priklarini quryapmiz”
Mahallalar infratuzilmasini yaxshilash uchun 8,5 trln so‘m ajratiladi
2026 yildan QQS tushumining bir qismi hududlarda qoldiriladi
Kun.uz rasmiy kanali
👍 134❤ 56🔥 30😁 7
Photo unavailableShow in Telegram
2026 yil - “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilindi
O‘zbekistonda 2026 yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilindi. Bu tashabbus mahallaning jamiyat hayotidagi o‘rnini yanada mustahkamlash, aholi muammolarini quyi bo‘g‘inda hal etish samaradorligini oshirish hamda ijtimoiy barqarorlikni kuchaytirishga qaratilgan.
👉 https://kun.uz/16965565
Kun.uz rasmiy kanali
👍 563❤ 27😁 19🔥 12🤯 2
Photo unavailableShow in Telegram
“Islohotlarni amaliy natijaga aylantirishni o‘rgandik” - Prezident
Bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqqa murojaatnomani taqdim etmoqda. Davlat rahbari chiqishining avvalida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar natijalari jamiyat hayotida tobora yaqqol sezilayotganini ta’kidladi.
👉 https://kun.uz/13259059
Kun.uz rasmiy kanali
👍 138🔥 22❤ 13👏 10😁 9
Photo unavailableShow in Telegram
Zelenskiy Putinga o‘lim tilayotganiga ishora qildi va Rossiyani «xudosizlik»da aybladi
Volodimir Zelenskiy ukrainaliklarga Rojdestvo murojaatida Vladimir Putinga o‘lim tilayotganiga ishora qildi va Rossiya armiyasini Rojdestvoda Ukraina hududlariga berilgan zarbalar tufayli «xudosizlik»da aybladi. Bu so‘zlar Kremlning g‘azabini qo‘zg‘atdi.
👉 https://kun.uz/56973897
Kun.uz rasmiy kanali
👏 44😁 10❤ 7👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
Toshkentda pulli to‘xtab turish joylarida rezidentlar uchun ruxsatnomalar joriy etilmoqda
2026 yil 1 fevraldan Toshkent shahrida pulli yo‘lbo‘yi avtoturargohlariga yaqin hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun rezident avtoturargoh ruxsatnomalari amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Yangicha tartibga ko‘ra, rezidentlar tungi vaqtda bepul to‘xtab turish imkoniyatiga ega bo‘ladi, kunduzi esa imtiyozli shartlarda foydalanadi.
👉 https://kun.uz/51309167
Kun.uz rasmiy kanali
😁 16❤ 9👏 1🤯 1
Photo unavailableShow in Telegram
Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va xalqqa murojaatnomani taqdim etadi
Bugun, 26 dekabr, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomani taqdim etadi. Murojaatnomaning to‘g‘ridan to‘g‘ri translatsiyasi soat 11:00 dan boshlanadi.
👉 https://kun.uz/60801768
Kun.uz rasmiy kanali
👍 105❤ 21🔥 21👏 13😐 7🤯 4😁 3
Photo unavailableShow in Telegram
Dekabr oyi boshidan beri propan 10 foizga qimmatlashdi
Metan-shoxobchalardagi cheklovlar va benzin narxining oshishi fonida birjada propan bahosi ham sezilarli darajada ko‘tarildi.
👉 https://kun.uz/32210822
Kun.uz rasmiy kanali
🤯 28👏 10😁 6❤ 3😐 2😭 2🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
1 yanvardan tasdiqlangan qurilish obektlariga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritish taqiqlanadi
2026 yil 1 yanvardan qurilishi boshlangan ko‘p qavatli uy-joylarga qo‘shimcha qavat qo‘shish yoki balandligini oshirish uchun loyihani qayta ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish taqiqlanadi.
👉 https://kun.uz/86898937
Kun.uz rasmiy kanali
👍 22❤ 10
Photo unavailableShow in Telegram
Belgiya Isroilga qarshi genotsid ishi bo‘yicha xalqaro sudda ochilgan da’voga qo‘shildi
Janubiy Afrika Respublikasi 2023 yil BMT Oliy sudida Isroilga qarshi ish ochib, uni G‘azodagi urush harakatlari bilan «Genotsid konvensiyasi»ni buzganlikda ayblagandi. Ushbu da’voga Belgiyadan oldin Braziliya, Kolumbiya, Irlandiya, Meksika, Ispaniya va Turkiya ham qo‘shilgan.
👉 https://kun.uz/00240373
Kun.uz rasmiy kanali
👏 91👍 29❤ 11😁 4🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Toshkent shahri uchun dizayn-kod ishlab chiqildi
Citymakers International va Toshkent Invest kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan dizayn-kod yaxlit, qulay va xavfsiz shahar muhitini shakllantirishga qaratilgani ta’kidlanmoqda va tez orada jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi.
👉 https://kun.uz/51117227
Kun.uz rasmiy kanali
😁 21❤ 13👍 13🤯 4😐 3😭 1
Photo unavailableShow in Telegram
AQSh ma’muriyatida bo‘linish: Stiv Uitkoff Marko Rubioga qarshi
Sabab – Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush qanday yakunlanishi bo‘yicha qarashlar turlichaligi. Va Trampning maxsus vakili xavfsizlik masalalariga beparvolik bilan qarayotgani.
👉 https://kun.uz/61572273
Kun.uz rasmiy kanali
👏 9❤ 5
05:27
Video unavailableShow in Telegram
Qashqadaryoda tog‘ portlatildi - arz qilganlar qo‘rqitilib, holatga "ko‘nikish" tavsiya qilindi
Kitob tumani, Makrid mahallasi yaqinida tog‘ portlatildi. Mahalla yaqinida "paydo bo‘lgan" noma’lum korxonaning faoliyati ortidan uylar darz ketishi, odamlar va ekologiyaga zarar yetishi mumkinligi mahalliy aholini tashvishga solmoqda. Holatni mahalla telegram guruhiga joylaganlarning ovozi o‘chirilib, "ko‘nikish" tavsiya qilinayotgani aytilmoqda.
👉 https://kun.uz/72226143
Kun.uz rasmiy kanali
Мои видео.mp452.32 MB
🤯 47👏 18❤ 16😁 9👍 1😐 1
00:46
Video unavailableShow in Telegram
Falastinni parchalash: G‘arbiy sohil xaritasi qanday o‘zgaryapti?
Isroil hukumati Falastin yerlarini bosqichma-bosqich egallash siyosatini davom ettiryapti. 21 dekabr kuni G‘arbiy sohilda yana 19 ta yahudiy mavzelari qurilishi e’lon qilindi. Bu posyolkalar bosqin ostidagi mamlakatni yanada parchalaydi va Oslo kelishuvlarini inkor qiladi. Voqelikni Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida professor Farhod Karimov xaritalar uzra sharhlab berdi.
📹 TO'LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Мои видео.mp47.41 MB
😭 21🤯 13❤ 9🔥 1
03:37
Video unavailableShow in Telegram
Deputatlar yashirincha tasdiqlagan 41 trln so‘m va YHXX raddiyasi – mahalliy dayjest
Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz.
👉 https://kun.uz/39853978
Kun.uz rasmiy kanali
Мои видео.mp435.53 MB
❤ 9
Photo unavailableShow in Telegram
Amerikaliklar Lukashenkoning samolyotini tuzatib berishgan va ozish uchun dori tavsiya qilishgan
The Wall Street Journal AQSh u bilan munosabatlarni qanday yo‘lga qo‘ygani va siyosiy mahbuslar ozod etilishiga erishgani haqida yozdi.
👉 https://kun.uz/73703331
Kun.uz rasmiy kanali
😁 40❤ 8👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
“Foizsiz” illyuziyasi yoxud iste’molchi oldidagi mas’uliyat
Nasiya savdo amaliyoti hayotimizga dadil kirib keldi – bunday to‘lov modellari savdo va moliya bozorida ommalashdi. Tovar va xizmatlar xaridi qulaylashdi. Biroq nasiyaga savdo qiluvchi sub’yektlar o‘z ishiga mas’uliyatli yondashmasa, bu qulaylik zararga aylanadi. Kun.uz kolumnisti Iskandar Tursunov o‘z maqolasida BNPL – mug‘ombirlik instrumentiga aylanmasligi kerakligi haqida so‘z yuritadi.
👉 https://kun.uz/27092229
Kun.uz rasmiy kanali
❤ 19🔥 3
Photo unavailableShow in Telegram
Rossiyalik aktrisa Vera Alentova vafot etdi
U «Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi» filmidagi ijrosi orqali tanilgandi.
👉 https://kun.uz/95811957
Kun.uz rasmiy kanali
😭 35❤ 10👍 3😁 2
Photo unavailableShow in Telegram
“Tashabbusli budjet”da yangiliklar. Sherikchilik tartibi belgilandi
Endi mahalla ahli biror bir loyiha uchun zarur mablag‘ning yarmini to‘play qolsa, qolgan yarmini davlat to‘laydi. Bunday tartib budjet tashkilotlariga oid loyihalarga taalluqli emas.
Shuningdek, aholi endi deputatlarga ham yuzlanishi mumkin: ularga loyihalarni qo‘shimcha ravishda g‘olib deb topish vakolati berildi.
👉 https://kun.uz/52904456
Kun.uz rasmiy kanali
😭 26❤ 10🔥 6😁 5😐 2
Photo unavailableShow in Telegram
Akmal Shukurovni ozodlikka chiqarib yuborgan sudyalar ishdan olindi
Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyalari Odilbek Ilhomjonov, Mirziyod Abidov va Muhtarama Turg‘unova, shuningdek, Toshkent shahar sudi raisin o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Murodjon Mirzajonov odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzgani uchun lavozimidan ozod qilindi. Ularning sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.
👉 https://kun.uz/09245587
Kun.uz rasmiy kanali
👍 157👏 32❤ 22😁 18🔥 6
Photo unavailableShow in Telegram
Afg‘on chegarasidagi otishmada tojikistonlik harbiylar halok bo‘ldi
24 dekabr kuni Afg‘oniston tomonidan chegarani noqonuniy kesib o‘tgan terrorchilar bilan tojik chegarachilari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi.
👉 https://kun.uz/18031679
Kun.uz rasmiy kanali
😭 30❤ 12🤯 9😐 4
