Surxondaryo viloyati hokimligi
الذهاب إلى القناة على Telegram
Surxondaryo viloyati hokimligi Web site: https://gov.uz/oz/surxondaryo Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088 Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy. @qosimovgamurojaat
إظهار المزيد2025 عام في الأرقام

23 688
المشتركون
-624 ساعات
+307 أيام
+31930 أيام
أرشيف المشاركات
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Tokio shahriga keldi. “Xaneda” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Yaponiya ichki ishlar va kommunikatsiyalar vaziri Yoshimasa Xayashi va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
〰️〰️〰️
Rasmiy tashrif bilan Tokio shahriga kelgan Prezident Shavkat Mirziyoyevni Yaponiyada mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlarimiz qizgʻin kutib oldi. Davlatimiz rahbari ular bilan samimiy suhbatlashdi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
video_2025-12-18_19-30-02.mp479.58 MB
video_2025-12-18_19-30-06.mp425.48 MB
👍 6❤ 2⚡ 1🔥 1👏 1
Farmatsevtika sohasidagi investitsion loyiha faoliyati bilan tanishildi
Boshqa tarmoqlar qatorida aholi salomatligini asrashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan farmatsevtika sohasida ham xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy natijalarga erishilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston–Hindiston qo‘shma korxonasi hisoblangan "NOVA PHARM" tomonidan dori vositalari, turli preparatlar, inyeksiya vositalari hamda tibbiy buyumlar ishlab chiqarilmoqda. Ayni paytda korxonada dorivor o‘simliklar asosida malham ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur loyihani amalga oshirilishi bilan tanishdi. Loyihaning umumiy qiymati 10 million AQSH dollarini tashkil etib, yiliga 2,5 million qadoq mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. Loyiha doirasida 30 ta doimiy ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.
Viloyat rahbari tashabbuskorlar bilan uchrashib, uni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi hamda mavjud muammolarni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatdi.
Shuningdek, 2025-yilda xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish yakunlari hamda 2026-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar yuzasidan Termiz shahar hokimining taqdimoti ko‘rib chiqildi. Loyihalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, kelgusi rejalarning manzilli, istiqbolli va maqsadli bo‘lishiga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 8❤ 4🔥 1🙏 1
Viloyatning Yangi yil bayrami bo'lib o'tadigan manzilga qo‘shimcha jamoat transporti qatnovlari yo‘lga qo‘yildi
Surxondaryo viloyati aholisi uchun Yangi yil bayramini xavfsiz, qulay va ko‘tarinki kayfiyatda nishonlash maqsadida asosiy bayram archasi o‘rnatilgan Termiz tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massiviga qo‘shimcha jamoat transporti qatnovlari yo‘lga qo‘yildi.
Yangi yil bayrami kunlari “Yangi O‘zbekiston” massiviga quyidagi yangi yo‘nalishlar orqali qatnovlar amalga oshiriladi:
➖ShAY 246-yo‘nalishi (Yashil Dunyo bozori — “Yangi O‘zbekiston” massivi) bo‘ylab 8 ta avtobus;
➖Termiz tumani markazidan M–39 xalqaro avtomobil yo‘li orqali 6 ta “Damas” avtomobili;
➖Angor va Sherobod tumanlari markazlaridan M–39 xalqaro avtomobil yo‘li orqali avtobuslar hamda yo‘nalishli taksilar.
Mazkur qo‘shimcha qatnovlar aholining bayram tadbirlariga xavfsiz va qulay yetib borishini ta’minlashga xizmat qiladi. Barchani Yangi yil bayram tadbirlariga taklif etamiz.
Yangi yil bayramingiz muborak bo‘lsin!
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
❤ 8👍 7🙏 3🔥 1👏 1
Xalqaro hamkorlik, davlat aktivlarini optimallashtirish va investitsiya loyihalari muhokama qilindi
Prezidentimiz tomonidan belgilangan ochiq tashqi siyosat va hududlarni barqaror rivojlantirishga qaratilgan strategik vazifalar doirasida Surxondaryo viloyatining xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish maqsadida viloyat delegatsiyasining Amerika Qo‘shma Shtatlariga amaliy tashrifi rejalashtirilmoqda.
Shu masala yuzasidan viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda AQSHga tashrif doirasida ko‘zda tutilgan ustuvor yo‘nalishlar, istiqbolli iqtisodiy kelishuvlar hamda investitsiyaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Termiz tumanidagi "Texnopark" loyihasiga innovatsion yechimlarni joriy etish bo‘yicha Xitoyga amalga oshirilgan xizmat safari natijalari ko‘rib chiqildi.
Shundan so‘ng, viloyat hokimining ish rejasiga asosan, davlat mulki obyektlarini optimallashtirish orqali bo‘shagan binolarni ochiq auksion savdolariga chiqarish, viloyat Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasini joylashtirish bo‘yicha takliflar hamda Surxondaryo viloyatining investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga qaratilgan raqamli va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish loyihalari taqdim etildi.
Bundan tashqari, Termiz shahrida xorijiy investitsiyalar hisobidan 2026-yilga mo‘ljallangan turar joy qurilishi loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Viloyat rahbari taqdim etilgan takliflar yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab, investitsiya jarayonlarini jadallashtirish va qabul qilinayotgan qarorlarning ijrosini qat’iy ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
❤ 7👍 5🔥 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Maxsus Shtab xabari: Ta’mirlash ishlari sababli Termiz shahridagi ayrim mahallalarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi
Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari talabnomasiga asosan Termiz shahrida joylashgan “Oktava” 110/10 kV podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan bugun, 18-dekabr kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha quyidagi mahallalarda elektr energiyasi vaqtincha o‘chirildi:
▪️Saxovat
▪️Turon
▪️Baynalminal
Elektr tarmoqlari korxonasi yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi hamda ta’mirlash ishlariga zarur kuch va vositalar safarbar qilinganligini ma’lum qiladi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
❤ 5👍 3👎 3🙏 2
Photo unavailableShow in Telegram
Maxsus Shtab xabari: Ta’mirlash ishlari sababli Sariosiyo tumanidagi ayrim mahallalarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
🌧 Ob-havo noqulayligi sababli Sariosiyo tumani Konchilar mahallasida joylashgan “Toqchiyon” 35/10 kV nimstansiyasidan chiquvchi F-3 va F-5 10 kV kabel tarmoqlarida nosozliklar yuzaga keldi.
Shu bois tumanning quyidagi mahallalarida vaqtinchalik elektr energiyasi uzilishlari kuzatilmoqda:
▪️ Bog‘ishirin
▪️ Bog‘iston
▪️ Chilonzor
▪️ Konchilar
▪️ Mehr-shafqat
▪️ Shahriobod
▪️ Terakzor
▪️ Xalqobod
▪️ Yoqutli bog‘
Elektr tarmoqlari korxonasi yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi hamda ta’mirlash ishlariga zarur kuch va vositalar safarbar qilinganligini ma’lum qiladi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
❤ 4👍 4🔥 2🙏 2🫡 1
02:06
Video unavailableShow in Telegram
Surxondaryo viloyati hokimining bir kunlik ish faoliyati
17.12.2025-yil:
➖Termizda o‘quv-simulyatsiya markazi hamda sakkizta tumanda tez tibbiy yordam bo‘limlarining yangi binolari foydalanishga topshirildi;
➖Angorda kanal va ariqlarni betonlashtirish hamda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish ishlari o‘rganildi;
➖Termiz tumani Qahramon va Termiz shahri Bog‘zor mahallalarida infratuzilma ishlari o‘rganildi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Sequence 01_1.mp4321.41 MB
❤ 10👍 7👏 5🙏 1🕊 1
Surxondaryoda qishda topib olingan qo‘ng‘ir ayiq bolasining kelgusi taqdirini bilasizmi?
2023-yil 24-yanvar kuni Surxondaryo viloyatidagi “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘i hududida onasidan ajralib qolgan 6–7 oylik noyob qo‘ng‘ir ayiq bolasi topib olingan edi. Qishning izg‘irinli kunlarida ozuqa topishda qiynalishi va halok bo‘lishi ehtimoli inobatga olinib, u mutaxassislar qaroviga olindi.
Ayiq bolasi maxsus transportda Toshkent hayvonot bog‘iga yetkazilib, unga Zinka deb nom berildi. Reabilitatsiya markazi veterinarlari uni parvarishlab, zarur profilaktika tadbirlarini o‘tkazdi.
Ayni paytda Zinka sog‘lom va quvnoq, hayvonot bog‘iga keluvchilar, ayniqsa bolajonlar uchun eng qiziqarli jonivorlardan biriga aylangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u Yangi yilda 3 yoshga to‘lib, balog‘at yoshiga yetib bormoqda.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, qo‘ng‘ir ayiqlar qishki uyquga ketuvchi noyob jonivor bo‘lib, ular O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan va ovlash qat’iyan taqiqlangan.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
❤ 22👍 17⚡ 1🔥 1👏 1🕊 1
Termiz tumani Qahramon va Termiz shahri Bo‘ston mahallalarida infratuzilma ishlari o‘rganildi
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlardagi o‘rganishlari davomida mahallalardagi infratuzilma holati va uni yaxshilash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi bilan yaqindan tanishmoqda.
Bugun viloyat rahbari Termiz tumani Qahramon mahallasida "Taraqqiyot va yetakchilik maskani" dasturi doirasida kechagi o‘rganishlar davomida berilgan infratuzilmani yaxshilash va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha vazifalar ijrosini ko‘zdan kechirdi. Xususan, ichki yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlash, elektr energiyasi tarmoqlarini yangilash, shuningdek, tadbirkorlik uchun ajratilgan maydonda savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarini barpo etish ishlari o‘rganildi.
Shundan so‘ng o‘rganish ishlari Termiz shahri Bo‘ston mahallasida davom ettirilib, obodonlashtirish, sanitariya xizmatlari ko‘rsatilishi hamda aholi uchun zarur bo‘lgan infratuzilmani yaxshilash ishlari ijrosi bilan tanishildi.
Ikki mahallada ham mas’ullarga infratuzilma va kommunal xizmatlar sifatini oshirish, aholi muammolarini manzilli hal etish hamda obodonlashtirish ishlarini tizimli olib borish vazifalari yuklatildi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 11❤ 7🔥 1👏 1
Angorda kanal va ariqlarni betonlashtirish hamda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish ishlari o‘rganildi
Qish faslidagi tinim davridan unumli foydalangan holda qishloq xo‘jaligi yer maydonlariga boruvchi ichki ariqlar, shuningdek, mahalliy va magistral kanallarni ta’mirlash va betonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanida ushbu vazifalar ijrosi bilan tanishdi. Mas’ullar tumanda mavjud magistral, mahalliy va kichik kanallar hamda ichki ariqlar xatlovi, ularda amalga oshirilayotgan ta’mirlash va betonlashtirish ishlari yuzasidan axborot berdi.
Shuningdek, tumanda 4 450 gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalar, xususan, tomchilatib sug‘orish asosida paxta yetishtirish rejalari taqdimot qilindi. Mutasaddilarga rejalashtirilgan 197 kilometr ichki ariqlarni mavsum yakuniga qadar to‘liq va sifatli betonlashtirish vazifalari yuklatildi.
Viloyat rahbari shu yerning o‘zida xitoylik investorlar bilan ishchi uchrashuv o‘tkazib, Muzrabot tumanida ajratilgan yer maydonlarida suv tejovchi texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar asosida mahsulot yetishtirish bo‘yicha loyihalar hamda takliflarni muhokama qildi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 11❤ 7👏 1🙏 1
Termizda o‘quv-simulyatsiya markazi hamda sakkizta tumanda tez tibbiy yordam bo‘limlarining yangi binolari foydalanishga topshirildi
Prezidentimizning sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish, aholiga sifatli va kafolatlangan tibbiy xizmatlar ko‘rsatishga qaratilgan qarorlari ijrosi doirasida sohada qator muhim loyihalar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, bugun O‘zbekiston Respublikasi Tez tibbiy yordam markazi hamda Koreya xalqaro sog‘liqni saqlash jamg‘armasi (KOFIH) hamkorligida amalga oshirilayotgan "O‘zbekistonda shifoxonagacha tez tibbiy yordam xizmati salohiyatini oshirish" dasturi doirasidagi grant loyihasi asosida Respublika tez tibbiy yordam markazining Surxondaryo viloyati filialida tez tibbiy yordam xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlashga mo‘ljallangan o‘quv-simulyatsiya markazi foydalanishga topshirildi.
Tantanali tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, Respublika tez tibbiy yordam markazi direktorining o‘rinbosari Nozimjon Daliboyev, sog‘liqni saqlash sohasi mutasaddilari va mas’ul xodimlar ishtirok etdi. Shuningdek, videokonferensaloqa orqali sakkizta tumanda yangidan barpo etilgan tez tibbiy yordam bo‘limlari binolari hamda viloyat filiali uchun "Ford" rusumidagi to‘rtta zamonaviy tez tibbiy yordam avtomashinalari foydalanishga topshirildi.
Viloyat rahbari o‘quv-simulyatsiya markazida yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar va o‘quv jihozlari bilan tanishib, soha mutaxassislarining kasbiy salohiyatini oshirishda markazning ahamiyati muhimligini ta’kidladi.
Hozirda viloyatda tez tibbiy yordam tizimida 228 ta brigadada 5 172 nafar xodim faoliyat yuritmoqda. Endilikda ular ushbu markazda doimiy ravishda malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
O‘quv-simulyatsiya markazida mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun filialdan to‘rt nafar instruktor Koreya Respublikasida maxsus qayta tayyorlov kurslaridan o‘tkazildi. Tadbir davomida tez tibbiy yordam tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, istiqboldagi rejalar hamda filial faoliyatini raqamlashtirishga oid taqdimotlar namoyish etildi.
Shu bilan birga, hududlarda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonlarini yanada raqamlashtirish maqsadida 831 dona kompyuter jamlanmalari topshirildi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
❤ 14👍 8🔥 1
Surxondaryolik teatr ijodkorlari Tojikistonda spektakl namoyish qildi
Abulqosim Loxutiy nomidagi Tojikiston Akademik drama teatrida Surxondaryo viloyati akademik drama teatri ijodkorlari tomonidan buyuk nemis dramaturgi Fridrix Shiller qalamiga mansub “Makr va muhabbat” asari asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyish etildi.
Mazkur ijodiy tashrif ikki qardosh xalq o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash, teatr san’ati orqali do‘stlik va hamkorlik rishtalarini yanada rivojlantirishga xizmat qildi. Spektaklda insoniy tuyg‘ular, muhabbat va vijdon, adolat hamda jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar chuqur badiiy ifoda etildi.
Tomosha davomida sahna madaniyati, aktyorlar ijrosi va rejissyorlik yechimlari tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Tojikistonlik san’at ixlosmandlari spektaklni iliq qarshi olib, ijodiy jamoaga yuksak baho berishdi.
Tadbir yakunida teatr rahbariyati va ijodkorlar o‘rtasida fikr almashilib, kelgusida o‘zaro ijodiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur spektakl namoyishi Surxondaryo viloyati akademik drama teatri ijodiy jamoasining xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirish, milliy teatr san’atimizni keng targ‘ib etishda muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
❤ 10👍 6👏 1🎉 1
Photo unavailableShow in Telegram
Maxsus Shtab xabari: Ta’mirlash ishlari sababli Jarqo‘rg‘on tumanidagi ayrim mahallalarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
Bugun 110/35/10 kV kuchlanishli “Jarqo‘rg‘on” podstansiyasining T-1 hamda SSh-10-1 tarmoqlarida yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish maqsadida ta’mirlash va sozlash ishlari amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan bugun, 17 dekabr soat 11:00 dan 14:00 gacha Jarqo‘rg‘on tumanining quyidagi mahallalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi:
Do‘stlik, Navro‘z, Nurli diyor, Yangiobod, Ulug‘bek, Dam, Qo‘ldovli, Loyqand, Toqchi, A.Navoiy, O‘zbekiston, Yangiobod, Minor, Paxtazavod, Namuna, Qorabura, Zartepa, Gulhovuz, Guliston, Surxon Sohili, Istiqlol, Mehnat rohat va Qoraqursoq mahallalari.
Shuningdek, ta’mirlash ishlari vaqtida iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida muqobil liniyalar orqali kuchlanish berish choralari ko‘riladi.
“Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi hamda ta’mirlash ishlariga zarur kuch va vositalar safarbar qilinganligini ma’lum qiladi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 7❤ 4👎 1👏 1🙏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Rasmiy bayonot: Surxondaryo viloyatida elektr energiyasi uchun cheklovlar kiritilmagan
Shu kunlarda hududlarda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilayotganligi, bu holatni iste’molchilar bevosita cheklovlar kiritilganligi bilan bog‘lashmoqda.
Iste’molchilarga shuni ma’lum qilamizki, Surxondaryo viloyatida elektr energiyasi uchun cheklovlar kiritilmagan bo‘lib, bu boradagi aholi e’tirozlarini o‘rganish va uzilishlarni tezkor tiklash choralarini ko‘rish bo‘yicha viloyat hokimi tomonidan mas’ul tashkilot va idoralarga tegishli ko‘rsatmalar berilgan.
Hurmatli vohadoshlar!
Elektr energiyasi uzilishlari bilan bog‘liq holatlar yuzasidan Surxondaryo viloyati hokimligining maxsus Shtabiga 1055 qisqa raqami orqali yoki yashash hududingizdagi shahar va tumanlar maxsus Shtablariga murojaat qilishlaringiz so‘raladi.
Har bir murojaat viloyat maxsus Shtabi tomonidan nazoratga olinadi va ijrosi ta’minlanadi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
❤ 10👍 4🔥 2👎 1🕊 1
00:05
Video unavailableShow in Telegram
📢 Diqqat e’lon: Termiz shahridagi bir mahallada ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
🚰 Termiz shahri Bog‘ishamol mahallasini ichimlik suvi bilan ta’minlovchi tarmoqda nosozlik yuzaga keldi. Ayni vaqtda ushbu nosozlikni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar boshlangan bo‘lib, shu munosabat bilan bugun, 17-dekabr kuni soat 11:00 dan 19:00 gacha suv ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.
🚰 Suv ta’minoti uzilgan vaqtda zaruratga ko‘ra mahalla aholisiga zaruratga ko‘ra ichimlik suvi maxsus texnikalar yordamida yetkazib beriladi.
"Surxondaryo suv ta’minoti" AJ yuzaga kelgan noqulaylik uchun uchun iste’molchilardan uzr so‘raydi hamda ta’mirlash ishlari uchun zarur kuch va vositalar safarbar qilinganini ma’lum qiladi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
IMG_7572.MP47.95 KB
👍 5👎 3🙏 2😢 1😐 1
02:08
Video unavailableShow in Telegram
Surxondaryo viloyati hokimining bir kunlik ish faoliyati
16.12.2025-yil:
➖Termiz shahrida obodonlashtirish vazifalari belgilanib, loyihalar taqdimoti ko‘rib chiqildi;
➖Termiz tumanida mahalla infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganildi;
➖Sherobodda tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi;
➖"Kapa yurt" — investitsiya, ish o‘rinlari, eksport va tabiiy shifo imkoniyatlarini mujassam etgan loyiha.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Sequence 01.mp4324.24 MB
👍 4⚡ 2❤ 1👏 1
Sun’iy yo‘ldosh tasvirlari Termizda yashil hududlar kengayganini ko‘rsatmoqda
Sun’iy yo‘ldosh monitoringlari hamda ochiq manbalar tahlili Surxondaryo viloyati markazi — Termiz shahrida so‘nggi 5–10 yil davomida ijobiy ekologik o‘zgarishlar kuzatilganini tasdiqlamoqda. Xususan, yashil hududlar kengayib, daraxtzor maydonlar sezilarli darajada oshgan. Shaharning markaziy ko‘chalari, aholi yashash massivlari va yo‘lbo‘yi hududlarida amalga oshirilgan ko‘kalamzorlashtirish ishlari sun’iy yo‘ldosh tasvirlarida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan davlat dasturlari, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ommaviy daraxt ekish aksiyalari, shuningdek yangi istirohat maskanlari va ekologik hududlarni barpo etish ishlari Termiz shahrida ekologik barqarorlikni mustahkamlamoqda. Natijada havodagi chang miqdori kamayib, shahar muhiti yanada sog‘lom, qulay va iqlimga moslashuvchan bo‘lib bormoqda.
Shu bilan birga, irrigatsiya tarmoqlarini takomillashtirish, ichki kanal va ariqlarni muntazam tozalash, bog‘ va xiyobonlarni kengaytirishga qaratilgan ishlar yashil hududlarning uzoq muddat saqlanishini ta’minlamoqda.
Bundan tashqari, shahar atrofida "yashil belbog‘"larning yaratilishi natijasida xalq orasida "Afg‘on shamoli" deb ataluvchi changli bo‘ronlar miqdori ham sezilarli darajada qisqargan. Jumladan, Surxondaryo viloyatida 2010-yilda shamol tezligi 15 metr/sekund va undan yuqori bo‘lgan kunlar 42 kunni, 2020-yilda esa 45 kunni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yilning o‘tgan davrida mazkur ko‘rsatkich 28 kungacha kamaygan.
Xulosa qilib aytganda, mavjud ekologik xavotirlar fonida Termiz shahrida kuzatilayotgan ijobiy dinamika, xususan yashil hududlarning kengayishi, viloyatda atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini yaqqol namoyon etmoqda.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍 20❤ 10🙏 3🔥 2👎 1🕊 1
