uz
Feedback
Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi

Kanalga Telegram’da o‘tish

Surxondaryo viloyati hokimligi Web site: https://gov.uz/oz/surxondaryo Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088 Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy. @qosimovgamurojaat

Ko'proq ko'rsatish
2025 yil raqamlardasnowflakes fon
card fon
23 688
Obunachilar
-624 soatlar
+307 kunlar
+31930 kunlar
Postlar arxiv
Photo unavailableShow in Telegram
Maxsus Shtab xabari: Ta’mirlash ishlari sababli Termiz shahridagi ayrim mahallalarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari talabnomasiga asosan Termiz shahrida joylashgan “Oktava” 110/10 kV podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan bugun, 18-dekabr kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha quyidagi mahallalarda elektr energiyasi vaqtincha o‘chirildi: ▪️Saxovat ▪️Turon ▪️Baynalminal Elektr tarmoqlari korxonasi yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi hamda ta’mirlash ishlariga zarur kuch va vositalar safarbar qilinganligini ma’lum qiladi. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Hammasini ko'rsatish...
5👍 3👎 3🙏 2
08:06
Video unavailableShow in Telegram
O'zbekiston vaqti vilan | Surxon vohasining 4 ming yillik kulolchilik an'analari Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Hammasini ko'rsatish...
199.59 MB
👍 8🔥 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Maxsus Shtab xabari: Ta’mirlash ishlari sababli Sariosiyo tumanidagi ayrim mahallalarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi 🌧 Ob-havo noqulayligi sababli Sariosiyo tumani Konchilar mahallasida joylashgan “Toqchiyon” 35/10 kV nimstansiyasidan chiquvchi F-3 va F-5 10 kV kabel tarmoqlarida nosozliklar yuzaga keldi. Shu bois tumanning quyidagi mahallalarida vaqtinchalik elektr energiyasi uzilishlari kuzatilmoqda: ▪️ Bog‘ishirin ▪️ Bog‘iston ▪️ Chilonzor ▪️ Konchilar ▪️ Mehr-shafqat ▪️ Shahriobod ▪️ Terakzor ▪️ Xalqobod ▪️ Yoqutli bog‘ Elektr tarmoqlari korxonasi yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi hamda ta’mirlash ishlariga zarur kuch va vositalar safarbar qilinganligini ma’lum qiladi. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Hammasini ko'rsatish...
4👍 4🔥 2🙏 2🫡 1
02:06
Video unavailableShow in Telegram
Surxondaryo viloyati hokimining bir kunlik ish faoliyati 17.12.2025-yil: ➖Termizda o‘quv-simulyatsiya markazi hamda sakkizta tumanda tez tibbiy yordam bo‘limlarining yangi binolari foydalanishga topshirildi; ➖Angorda kanal va ariqlarni betonlashtirish hamda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish ishlari o‘rganildi; ➖Termiz tumani Qahramon va Termiz shahri Bog‘zor mahallalarida infratuzilma ishlari o‘rganildi. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Hammasini ko'rsatish...
Sequence 01_1.mp4321.41 MB
10👍 7👏 5🙏 1🕊 1
00:58
Video unavailableShow in Telegram
Termizda Yangi yil shukuhi Barcha vohadoshlarimizni viloyatning asosiy Yangi yil bayrami archasi o‘rnatilgan Termiz tumanidagi "Yangi O‘zbekiston" massivi amfiteatr maydonida tashkil etiladigan konsert dasturlariga taklif etamiz. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Hammasini ko'rsatish...
11.13 MB
👍 13 4🎉 3👏 1🙏 1
Surxondaryoda qishda topib olingan qo‘ng‘ir ayiq bolasining kelgusi taqdirini bilasizmi? 2023-yil 24-yanvar kuni Surxondaryo viloyatidagi “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘i hududida onasidan ajralib qolgan 6–7 oylik noyob qo‘ng‘ir ayiq bolasi topib olingan edi. Qishning izg‘irinli kunlarida ozuqa topishda qiynalishi va halok bo‘lishi ehtimoli inobatga olinib, u mutaxassislar qaroviga olindi. Ayiq bolasi maxsus transportda Toshkent hayvonot bog‘iga yetkazilib, unga Zinka deb nom berildi. Reabilitatsiya markazi veterinarlari uni parvarishlab, zarur profilaktika tadbirlarini o‘tkazdi. Ayni paytda Zinka sog‘lom va quvnoq, hayvonot bog‘iga keluvchilar, ayniqsa bolajonlar uchun eng qiziqarli jonivorlardan biriga aylangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u Yangi yilda 3 yoshga to‘lib, balog‘at yoshiga yetib bormoqda. Mutaxassislar ta’kidlashicha, qo‘ng‘ir ayiqlar qishki uyquga ketuvchi noyob jonivor bo‘lib, ular O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan va ovlash qat’iyan taqiqlangan. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Hammasini ko'rsatish...
22👍 17 1🔥 1👏 1🕊 1
Termiz tumani Qahramon va Termiz shahri Bo‘ston mahallalarida infratuzilma ishlari o‘rganildi Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlardagi o‘rganishlari davomida mahallalardagi infratuzilma holati va uni yaxshilash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi bilan yaqindan tanishmoqda. Bugun viloyat rahbari Termiz tumani Qahramon mahallasida "Taraqqiyot va yetakchilik maskani" dasturi doirasida kechagi o‘rganishlar davomida berilgan infratuzilmani yaxshilash va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha vazifalar ijrosini ko‘zdan kechirdi. Xususan, ichki yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlash, elektr energiyasi tarmoqlarini yangilash, shuningdek, tadbirkorlik uchun ajratilgan maydonda savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarini barpo etish ishlari o‘rganildi. Shundan so‘ng o‘rganish ishlari Termiz shahri Bo‘ston mahallasida davom ettirilib, obodonlashtirish, sanitariya xizmatlari ko‘rsatilishi hamda aholi uchun zarur bo‘lgan infratuzilmani yaxshilash ishlari ijrosi bilan tanishildi. Ikki mahallada ham mas’ullarga infratuzilma va kommunal xizmatlar sifatini oshirish, aholi muammolarini manzilli hal etish hamda obodonlashtirish ishlarini tizimli olib borish vazifalari yuklatildi. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Hammasini ko'rsatish...
👍 11 7🔥 1👏 1
Angorda kanal va ariqlarni betonlashtirish hamda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish ishlari o‘rganildi Qish faslidagi tinim davridan unumli foydalangan holda qishloq xo‘jaligi yer maydonlariga boruvchi ichki ariqlar, shuningdek, mahalliy va magistral kanallarni ta’mirlash va betonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanida ushbu vazifalar ijrosi bilan tanishdi. Mas’ullar tumanda mavjud magistral, mahalliy va kichik kanallar hamda ichki ariqlar xatlovi, ularda amalga oshirilayotgan ta’mirlash va betonlashtirish ishlari yuzasidan axborot berdi. Shuningdek, tumanda 4 450 gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalar, xususan, tomchilatib sug‘orish asosida paxta yetishtirish rejalari taqdimot qilindi. Mutasaddilarga rejalashtirilgan 197 kilometr ichki ariqlarni mavsum yakuniga qadar to‘liq va sifatli betonlashtirish vazifalari yuklatildi. Viloyat rahbari shu yerning o‘zida xitoylik investorlar bilan ishchi uchrashuv o‘tkazib, Muzrabot tumanida ajratilgan yer maydonlarida suv tejovchi texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar asosida mahsulot yetishtirish bo‘yicha loyihalar hamda takliflarni muhokama qildi. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Hammasini ko'rsatish...
👍 11 7👏 1🙏 1
Termizda o‘quv-simulyatsiya markazi hamda sakkizta tumanda tez tibbiy yordam bo‘limlarining yangi binolari foydalanishga topshirildi Prezidentimizning sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish, aholiga sifatli va kafolatlangan tibbiy xizmatlar ko‘rsatishga qaratilgan qarorlari ijrosi doirasida sohada qator muhim loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, bugun O‘zbekiston Respublikasi Tez tibbiy yordam markazi hamda Koreya xalqaro sog‘liqni saqlash jamg‘armasi (KOFIH) hamkorligida amalga oshirilayotgan "O‘zbekistonda shifoxonagacha tez tibbiy yordam xizmati salohiyatini oshirish" dasturi doirasidagi grant loyihasi asosida Respublika tez tibbiy yordam markazining Surxondaryo viloyati filialida tez tibbiy yordam xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlashga mo‘ljallangan o‘quv-simulyatsiya markazi foydalanishga topshirildi. Tantanali tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, Respublika tez tibbiy yordam markazi direktorining o‘rinbosari Nozimjon Daliboyev, sog‘liqni saqlash sohasi mutasaddilari va mas’ul xodimlar ishtirok etdi. Shuningdek, videokonferensaloqa orqali sakkizta tumanda yangidan barpo etilgan tez tibbiy yordam bo‘limlari binolari hamda viloyat filiali uchun "Ford" rusumidagi to‘rtta zamonaviy tez tibbiy yordam avtomashinalari foydalanishga topshirildi. Viloyat rahbari o‘quv-simulyatsiya markazida yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar va o‘quv jihozlari bilan tanishib, soha mutaxassislarining kasbiy salohiyatini oshirishda markazning ahamiyati muhimligini ta’kidladi. Hozirda viloyatda tez tibbiy yordam tizimida 228 ta brigadada 5 172 nafar xodim faoliyat yuritmoqda. Endilikda ular ushbu markazda doimiy ravishda malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. O‘quv-simulyatsiya markazida mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun filialdan to‘rt nafar instruktor Koreya Respublikasida maxsus qayta tayyorlov kurslaridan o‘tkazildi. Tadbir davomida tez tibbiy yordam tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, istiqboldagi rejalar hamda filial faoliyatini raqamlashtirishga oid taqdimotlar namoyish etildi. Shu bilan birga, hududlarda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonlarini yanada raqamlashtirish maqsadida 831 dona kompyuter jamlanmalari topshirildi. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Hammasini ko'rsatish...
14👍 8🔥 1
👏 6👍 5 2🙏 1
Surxondaryolik teatr ijodkorlari Tojikistonda spektakl namoyish qildi Abulqosim Loxutiy nomidagi Tojikiston Akademik drama teatrida Surxondaryo viloyati akademik drama teatri ijodkorlari tomonidan buyuk nemis dramaturgi Fridrix Shiller qalamiga mansub “Makr va muhabbat” asari asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyish etildi. Mazkur ijodiy tashrif ikki qardosh xalq o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash, teatr san’ati orqali do‘stlik va hamkorlik rishtalarini yanada rivojlantirishga xizmat qildi. Spektaklda insoniy tuyg‘ular, muhabbat va vijdon, adolat hamda jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar chuqur badiiy ifoda etildi. Tomosha davomida sahna madaniyati, aktyorlar ijrosi va rejissyorlik yechimlari tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Tojikistonlik san’at ixlosmandlari spektaklni iliq qarshi olib, ijodiy jamoaga yuksak baho berishdi. Tadbir yakunida teatr rahbariyati va ijodkorlar o‘rtasida fikr almashilib, kelgusida o‘zaro ijodiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Mazkur spektakl namoyishi Surxondaryo viloyati akademik drama teatri ijodiy jamoasining xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirish, milliy teatr san’atimizni keng targ‘ib etishda muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Hammasini ko'rsatish...
10👍 6👏 1🎉 1
Photo unavailableShow in Telegram
Maxsus Shtab xabari: Ta’mirlash ishlari sababli Jarqo‘rg‘on tumanidagi ayrim mahallalarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi Bugun 110/35/10 kV kuchlanishli “Jarqo‘rg‘on” podstansiyasining T-1 hamda SSh-10-1 tarmoqlarida yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish maqsadida ta’mirlash va sozlash ishlari amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan bugun, 17 dekabr soat 11:00 dan 14:00 gacha Jarqo‘rg‘on tumanining quyidagi mahallalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi: Do‘stlik, Navro‘z, Nurli diyor, Yangiobod, Ulug‘bek, Dam, Qo‘ldovli, Loyqand, Toqchi, A.Navoiy, O‘zbekiston, Yangiobod, Minor, Paxtazavod, Namuna, Qorabura, Zartepa, Gulhovuz, Guliston, Surxon Sohili, Istiqlol, Mehnat rohat va Qoraqursoq mahallalari. Shuningdek, ta’mirlash ishlari vaqtida iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida muqobil liniyalar orqali kuchlanish berish choralari ko‘riladi. “Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi hamda ta’mirlash ishlariga zarur kuch va vositalar safarbar qilinganligini ma’lum qiladi. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Hammasini ko'rsatish...
👍 7 4👎 1👏 1🙏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Rasmiy bayonot: Surxondaryo viloyatida elektr energiyasi uchun cheklovlar kiritilmagan Shu kunlarda hududlarda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilayotganligi, bu holatni iste’molchilar bevosita cheklovlar kiritilganligi bilan bog‘lashmoqda. Iste’molchilarga shuni ma’lum qilamizki, Surxondaryo viloyatida elektr energiyasi uchun cheklovlar kiritilmagan bo‘lib, bu boradagi aholi e’tirozlarini o‘rganish va uzilishlarni tezkor tiklash choralarini ko‘rish bo‘yicha viloyat hokimi tomonidan mas’ul tashkilot va idoralarga tegishli ko‘rsatmalar berilgan. Hurmatli vohadoshlar! Elektr energiyasi uzilishlari bilan bog‘liq holatlar yuzasidan Surxondaryo viloyati hokimligining maxsus Shtabiga 1055 qisqa raqami orqali yoki yashash hududingizdagi shahar va tumanlar maxsus Shtablariga murojaat qilishlaringiz so‘raladi. Har bir murojaat viloyat maxsus Shtabi tomonidan nazoratga olinadi va ijrosi ta’minlanadi. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Hammasini ko'rsatish...
10👍 4🔥 2👎 1🕊 1
00:05
Video unavailableShow in Telegram
📢 Diqqat e’lon: Termiz shahridagi bir mahallada ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi 🚰 Termiz shahri Bog‘ishamol mahallasini ichimlik suvi bilan ta’minlovchi tarmoqda nosozlik yuzaga keldi. Ayni vaqtda ushbu nosozlikni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar boshlangan bo‘lib, shu munosabat bilan bugun, 17-dekabr kuni soat 11:00 dan 19:00 gacha suv ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. 🚰 Suv ta’minoti uzilgan vaqtda zaruratga ko‘ra mahalla aholisiga zaruratga ko‘ra ichimlik suvi maxsus texnikalar yordamida yetkazib beriladi. "Surxondaryo suv ta’minoti" AJ yuzaga kelgan noqulaylik uchun uchun iste’molchilardan uzr so‘raydi hamda ta’mirlash ishlari uchun zarur kuch va vositalar safarbar qilinganini ma’lum qiladi. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Hammasini ko'rsatish...
IMG_7572.MP47.95 KB
👍 5👎 3🙏 2😢 1😐 1
02:08
Video unavailableShow in Telegram
Surxondaryo viloyati hokimining bir kunlik ish faoliyati 16.12.2025-yil: ➖Termiz shahrida obodonlashtirish vazifalari belgilanib, loyihalar taqdimoti ko‘rib chiqildi; ➖Termiz tumanida mahalla infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganildi; ➖Sherobodda tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi; ➖"Kapa yurt" — investitsiya, ish o‘rinlari, eksport va tabiiy shifo imkoniyatlarini mujassam etgan loyiha. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Hammasini ko'rsatish...
Sequence 01.mp4324.24 MB
👍 4 2 1👏 1
Sun’iy yo‘ldosh tasvirlari Termizda yashil hududlar kengayganini ko‘rsatmoqda Sun’iy yo‘ldosh monitoringlari hamda ochiq manbalar tahlili Surxondaryo viloyati markazi — Termiz shahrida so‘nggi 5–10 yil davomida ijobiy ekologik o‘zgarishlar kuzatilganini tasdiqlamoqda. Xususan, yashil hududlar kengayib, daraxtzor maydonlar sezilarli darajada oshgan. Shaharning markaziy ko‘chalari, aholi yashash massivlari va yo‘lbo‘yi hududlarida amalga oshirilgan ko‘kalamzorlashtirish ishlari sun’iy yo‘ldosh tasvirlarida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan davlat dasturlari, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ommaviy daraxt ekish aksiyalari, shuningdek yangi istirohat maskanlari va ekologik hududlarni barpo etish ishlari Termiz shahrida ekologik barqarorlikni mustahkamlamoqda. Natijada havodagi chang miqdori kamayib, shahar muhiti yanada sog‘lom, qulay va iqlimga moslashuvchan bo‘lib bormoqda. Shu bilan birga, irrigatsiya tarmoqlarini takomillashtirish, ichki kanal va ariqlarni muntazam tozalash, bog‘ va xiyobonlarni kengaytirishga qaratilgan ishlar yashil hududlarning uzoq muddat saqlanishini ta’minlamoqda. Bundan tashqari, shahar atrofida "yashil belbog‘"larning yaratilishi natijasida xalq orasida "Afg‘on shamoli" deb ataluvchi changli bo‘ronlar miqdori ham sezilarli darajada qisqargan. Jumladan, Surxondaryo viloyatida 2010-yilda shamol tezligi 15 metr/sekund va undan yuqori bo‘lgan kunlar 42 kunni, 2020-yilda esa 45 kunni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yilning o‘tgan davrida mazkur ko‘rsatkich 28 kungacha kamaygan. Xulosa qilib aytganda, mavjud ekologik xavotirlar fonida Termiz shahrida kuzatilayotgan ijobiy dinamika, xususan yashil hududlarning kengayishi, viloyatda atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini yaqqol namoyon etmoqda. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Hammasini ko'rsatish...
👍 20 10🙏 3🔥 2👎 1🕊 1
"Kapa yurt" — investitsiya, ish o‘rinlari, eksport va tabiiy shifo imkoniyatlarini mujassam etgan loyiha Sherobod tumanida joylashgan "Xo‘jaikon" tuz g‘ori salohiyatidan zamonaviy yondashuvlar asosida samarali foydalanish, hududni iqtisodiy va turistik jihatdan rivojlantirishga qaratilgan qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, "Kapa yurt" MCHJ tomonidan Germaniyaning mashhur "Bizayla" kompaniyasi bilan hamkorlikda umumiy qiymati 50 million AQSH dollariga teng bo‘lgan "Salomatlik turizmi" shaharchasi barpo etilmoqda. Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududda barpo etilayotgan kapsula uylari, xizmat ko‘rsatish obyektlari qurilishi hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar bilan tanishdi. Mutasaddilar tomonidan loyihani amalga oshirish bosqichlari va rejalashtirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi. Shuningdek, loyiha doirasida "UZSALT" brendi ostida ishlab chiqarilayotgan tuz mahsulotlari taqdimoti o‘tkazildi. Ishlarni jadallashtirish, ishlab chiqarish hajmi va mahsulot turlarini kengaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Bundan tashqari, Chorbog‘ mahallasida joylashgan "Toxirshoh ota" maqbarasi ziyorat qilinib, mas’ullarga qadamjoni obodonlashtirish, ziyoratchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish vazifalari yuklatildi. Keyingi manzilda M-39 avtomagistral yo‘lining tuman hududidan o‘tgan qismi bo‘ylab turar joylar, mehmonxona, savdo hamda xizmat ko‘rsatish obyektlari qurish loyihalari ijrosi muhokama qilindi. Mas’ullar tomonidan loyihalarning amalga oshirilish holati bo‘yicha axborot berildi. Tumanga tashrif yakunida viloyat rahbari G‘urjak-1 mahallasida joylashgan, "Milliy bank" balansida bo‘lgan 23 gektar issiqxona majmuasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Avvalgi tashrifda berilgan topshiriqqa asosan, issiqxonada mahsulotlar yetishtirish yo‘lga qo‘yilib, hozirda ish o‘rinlari soni 250 taga yetkazilgan. Viloyat rahbari majmuaning qolgan foydalanilmayotgan qismlaridan ham samarali foydalanish bo‘yicha tavsiya va topshiriqlar berdi. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Hammasini ko'rsatish...
12👍 7🔥 3🙏 2
🔥 6👍 4 2🙏 2
Sherobodda tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi Aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyani kuchaytirish va kambag‘allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu borada Surxondaryo viloyatida ham amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda. Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Sherobod tumani Uchyog‘och mahallasida ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. O‘rganishlar davomida avval yagona ijtimoiy reestrda bo‘lgan, hozirda esa tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yib, ishsiz xotin-qizlarni tikuvchilikka o‘rgatish kursini tashkil etgan Nargiza Tursoatovaning o‘quv markazi faoliyati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, uy sharoitida konserva mahsulotlari ishlab chiqarish orqali xotin-qizlarni daromadli qilishga qaratilgan loyiha bilan tanishildi. Bandlik sohasi mutasaddilariga tadbirkor ayol bilan hamkorlikda to‘lov asosida 100 nafarga yaqin ishsiz xotin-qizlarni kasbga o‘qitish hamda shu orqali tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi. Shuningdek, yagona ijtimoiy reestrga kiritilgan oilani kambag‘allikdan chiqarish, mahallani ichimlik suvi bilan ta’minlashga qaratilgan loyihalar ijrosi ham o‘rganildi. Tashrif davomida viloyat rahbari Yangi yil bayrami munosabati bilan bolalarga sovg‘alar topshirdi. Bundan tashqari, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida faoliyatini yo‘lga qo‘ygan "Uchyog‘och poshxurt" MCHJning polietilen quvurlar ishlab chiqarish korxonasi hamda "Toshpo‘latov Jo‘raniyoz" fermer xo‘jaligining chorvachilik kompleksi faoliyati bilan tanishildi. O‘rganishlar yakunida mahallada tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligini ta’minlash orqali kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Hammasini ko'rsatish...
🔥 11 7👍 5 2👏 2
Photo unavailableShow in Telegram
UzA | Termizda "Yangi O‘zbekiston" massiviga press-tur uyushtirildi Surxondaryo viloyati hokimiyati axborot xizmati jurnalist va blogerlar uchun Termiz tumanida barpo etilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massiviga press-tur tashkil etdi. Prezidentimiz tashabbusi bilan aholini arzon va sifatli uy-joy bilan ta’minlash uchun mamlakatimizda barchaga zamonaviy infratuzilmaga ega "Yangi O‘zbekiston" massivlari bunyod etilmoqda. Press-tur ishtirokchilariga viloyat hokimining matbuot kotibi­ - axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Murodbek Davlatov va qurilish kompaniyalari rahbarlari bu yerda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, aholining hayotidan rozi bo‘lib yashashi uchun yaratilayotgan sharoitlar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Bosh reja loyihasi asosida foydalanishga topshirilgan turar-joy binolari bilan tanishdi. Ijtimoiy-iqtisodiy soha obyektlari haqida yetarli tasavvurga ega bo‘ldi. Batafsil: https://uza.uz/posts/796158 Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Hammasini ko'rsatish...
7👍 7👏 1🙏 1