ch
Feedback
Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

前往频道在 Telegram

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @GazetauzMuloqotBot +998 78-333-10-15 Reklama: @Afisha_Media_Regina +998 99-444-35-39 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kirill alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

显示更多
2025 年数字统计snowflakes fon
card fon
18 607
订阅者
+224 小时
-37
-45030
帖子存档
照片不可用在 Telegram 中显示
OQ Mobile 2025-yil yakunlarini e’lon qildi: ilova foydalanuvchilari soni mamlakat bo‘ylab 1 millionga yetdi, shuningdek, 2026-yilga mo‘ljallangan raqamli ekotizimni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi (reklama). https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/oq-mobile/
显示全部...
👍 2 1
照片不可用在 Telegram 中显示
Tojikiston va Afg‘oniston chegarasida otishma sodir bo‘ldi, oqibatda ikki tojik chegarachisi va uch afg‘on jangarisi halok bo‘ldi. Dushanbe bu dekabr oyida Afg‘oniston bilan chegarada sodir etilgan uchinchi hujum ekanini aytib, “Tolibon”ni “ta’sirchan choralar” ko‘rishga chaqirdi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/tajikistan/ Telegram | Instagram | YouTube
显示全部...
😢 9👍 1🤔 1
照片不可用在 Telegram 中显示
Toshkentdagi Oxun Guzar masjidi hududida Gozar of Artisans ijod makoni ochildi. Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan livanlik dizayner Nada Debs ishtirokida amalga oshirilgan loyiha an’anaviy hunarmandchilikni zamonaviy me’moriy va badiiy yechimlar bilan uyg‘unlashtiradi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/gozar-artisans/ Telegram | Instagram | YouTube
显示全部...
3🤔 2
照片不可用在 Telegram 中显示
Yangi yil — yangilanish, yangi yechimlar va muhim qadamlar davri. Ushbu bayram kunlarida Istanbul City yashash maqsadida o‘z uyiga ega bo‘lishni o‘ylayotganlar uchun maxsus shartlarni taklif etadi (reklama). https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/istanbulcity/
显示全部...
👍 5 1
照片不可用在 Telegram 中显示
Gazeta va Yandex Books birgalikda jamoat arboblari va adiblarning kitob javonlariga nazar tashlaydi. Bu safar bolalar yozuvchisi Madina Mo‘minova o‘zi uchun qadrli uch asar, bolalarda kitobga mehr uyg‘otishga doir maslahatlari va O‘zbekistondagi kitobxonlik madaniyati haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/mutolaa-madina-muminova/ Telegram | Instagram | YouTube
显示全部...
👍 2
照片不可用在 Telegram 中显示
O‘zbekistonning Maskatdagi elchixonasi ko‘magida ikki yoshli bola vataniga qaytarildi. Onasi uni O‘mondagi suriyalik oilaga tashlab, O‘zbekistonga qochib ketgan, bola esa ikki yil davomida hech qanday hujjatlarsiz yashab kelgan. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/child/ Telegram | Instagram | YouTube
显示全部...
😢 12
照片不可用在 Telegram 中显示
“Ko‘mir ta’minot” filiali boshlig‘ining muqaddam sudlangan o‘rinbosari va uning sherigi qamoqqa olindi. Ular fuqaroni tuman ombori rahbari lavozimiga tayinlash va ko‘mir yetkazib berishni ko‘paytirib berish evaziga 40 ming dollar talab qilgan. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/coal/ Telegram | Instagram | YouTube
显示全部...
🤔 3
照片不可用在 Telegram 中显示
Toshkentda havo harorati pasayishi ortidan avtobuslarga gaz quyish shoxobchalari soni 33 tadan 11 tagacha qisqartirildi. “Toshshahartransxizmat” zapravkalardagi uzun navbatlarni shoxobchalar masofasining uzoqligi va gaz bosimi pasaygani bilan izohladi. Navbatda turgan haydovichlarga osh tarqatildi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/bus/ Telegram | Instagram | YouTube
显示全部...
👎 11
照片不可用在 Telegram 中显示
Banklarda talablarga rioya etilishini tekshirish uchun “Sirli mijoz” tadbirlari o‘tkaziladi. Bunda bank oldindan xabardor bo‘lmaydi, ishni Markaziy bank yoki uning filiallari xodimlari joyiga chiqib yoki masofadan turib bajaradi. Oldin “Sirli mijoz” dorixonalar va notariuslarni ham tekshirishi haqida yozgandik. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/sirli-mijoz/ Telegram | Instagram | YouTube
显示全部...
👍 2
照片不可用在 Telegram 中显示
Yangiqo‘rg‘on tumanida to‘y payti qarindoshi bo‘lgan voyaga yetmagan qizni zo‘rlagan 38 yoshli erkak 18 yilga qamaldi. Sud uni o‘ta xavfli retsidivist deb topdi. Erkak dastlabki 3 yilini turmada, qolgan muddatini maxsus tartibli koloniyalarda o‘taydi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/violence/ Telegram | Instagram | YouTube
显示全部...
👎 10😢 8👍 3 1
照片不可用在 Telegram 中显示
SSV rahbari deputatlarga ma’lum qilishicha, profilaktik ko‘riklar o‘sishi va tez yordam xizmati yangilanishi natijasida statsionarlarga tushayotgan yuklama kamaygan. Biroq kadrlar yetishmovchiligi va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamning birlamchi bo‘g‘in bilan integratsiyasi sustligi asosiy muammolardan bo‘lib qolmoqda. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/medical-worker/ Telegram | Instagram | YouTube
显示全部...
👎 4 1
照片不可用在 Telegram 中显示
Senat raisi Tanzila Narbayeva Bandlik vazirligidan Mehnat sohasida zo‘ravonlik va ta’qibga barham berishga doir XMT konvensiyasini ratifikatsiyalashga tayyorlanishni talab qildi. U ayrim ish beruvchilar va mansabdor shaxslar zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yayotgani, bu “jamiyat qadriyatlariga mutlaqo zid” ekanini ta’kidladi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/harassment/ Telegram | Instagram | YouTube
显示全部...
👍 5
照片不可用在 Telegram 中显示
APEX BANK yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun “Start 2026” yangi yil tarifini taqdim etdi. Mazkur tarif bayram kunlari va yangi yil boshida biznes faoliyatini qulay hamda tejamkor tarzda yuritish uchun mo‘ljallangan (reklama). https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/apex-bank/
显示全部...
👍 2
照片不可用在 Telegram 中显示
IIV YHXX yo‘l harakati kamerasi tasvirlarini saqlaydigan tizim zaifligi va haydovchilarni kuzatish imkonini berishi haqidagi da’voni rad etdi. E’lon qilingan tasvirlar tizim nosozliklarini tuzatish uchun ishlatiladigan sinov serverida saqlanadi, kameralarning joylashuvi esa maxfiy emas, ta’kidladi xizmat. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/yhxx/ Telegram | Instagram | YouTube
显示全部...
👎 1
照片不可用在 Telegram 中显示
Kelasi yili o‘zbekistonliklarni faqatgina bitta ish kuni ko‘chirilishi va bir necha uzoq dam olish kunlari kutmoqda: Yangi yil-2026 — 5 kun, 8-mart — 3 kun, Navro‘z — 3 kun (Ramazon hayiti bilan bir vaqtda), 9-may — 3 kun, Qurbon hayiti — 4 kun, Mustaqillik kuni — 4 kun, Yangi yil-2027 — 4 kun. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/days-off-2026/ Telegram | Instagram | YouTube
显示全部...
👍 10 2
照片不可用在 Telegram 中显示
Prezident Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasini tasdiqladi. U professional tutingan oila xizmatini joriy etish, o‘g‘il va qiz bolalar uchun maxsus muassasalar o‘rniga bolalar uchun ijtimoiy integratsiya markazlarini ochish, ota-onalar uchun xizmatlar yaratishni o‘z ichiga oladi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/children-protection/ Telegram | Instagram | YouTube
显示全部...
👍 48 15
Forish aholisi AES qurilishi haqida nima deydi? Jizzax viloyatida O‘zbekistondagi birinchi atom elektr stansiyasini qurish ishlari boshlangan. Keng muhokama qilinayotgan mazkur jarayondan forishliklar qanchalik xabardor? Ularning AES qurilishiga nisbatan munosabati qanday? Gazeta hudud aholisi orasida kichik so‘rovnoma o‘tkazdi: https://www.youtube.com/watch?v=ba36WlxolP4
显示全部...
👍 3🤔 2😢 1
照片不可用在 Telegram 中显示
Zamonaviy HUMO terminallari intensiv foydalanishga mo‘ljallangan bo‘lib, mijozlar oqimi katta nuqtalarga ham, sayyor xizmat ko‘rsatishga ham mos keladi (reklama). https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/humo/
显示全部...
👍 2👎 1
照片不可用在 Telegram 中显示
⚡️Prezident farmoni bilan 31 dekabr kuni va 2-3 yanvar kunlari dam olish kunlari deb belgilandi. Shunday qilib, Yangi yilda o‘zbekistonliklar ketma-ket 5 kun (31-dekabrdan 4-yanvargacha) dam olishadi.
显示全部...
👍 22 1
照片不可用在 Telegram 中显示
Prezident qarori bilan Umid Shadiyev Ekologiya vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini bungacha BAAdagi elchi bo‘lgan Abdulaziz Aqqulov egalladi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/appointment/ Telegram | Instagram | YouTube
显示全部...
👍 45 21