uz
Feedback
Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Kanalga Telegram’da o‘tish

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @GazetauzMuloqotBot +998 78-333-10-15 Reklama: @Afisha_Media_Regina +998 99-444-35-39 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kirill alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Ko'proq ko'rsatish
2025 yil raqamlardasnowflakes fon
card fon
18 612
Obunachilar
-924 soatlar
-117 kunlar
-45330 kunlar
Postlar arxiv
Photo unavailableShow in Telegram
2026-yil 1-yanvardan Andijon shahri avtobuslarida naqd pul qabul qilinmaydi. Yo‘l haqi elektron to‘lovlarda 2100 so‘m, naqd pul uchun esa infokiosklar orqali 3000 so‘mlik QR chipta joriy etiladi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/andijon/ Telegram | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
2🤔 1
Photo unavailableShow in Telegram
Dollarning rasmiy kursi oshdi Markaziy bank 26-dekabrdagi xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan rasmiy kursini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 1 AQSH dollari 10,87 so‘mga qimmatlab, 12 078,47 so‘m etib belgilandi. Yevro kursi tushdi, rubl esa oshdi. Telegram | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
3👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Ohangaronda sud oktabr oyida mahalliy korxonada ishlayotgan paytda qochib ketib, 9 yoshli qizni zo‘rlagan 31 yoshli manzil-koloniya mahkumini 18 yilga ozodlikdan mahrum qildi va uni o‘ta xavfli retsidivist deb topdi. Erkak 2018-yildan buyon bolani zo‘rlash jinoyati uchun jazo o‘tab kelayotgan bo‘lgan. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/verdict/ Telegram | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 6👎 1🤔 1
Photo unavailableShow in Telegram
OQ Mobile 2025-yil yakunlarini e’lon qildi: ilova foydalanuvchilari soni mamlakat bo‘ylab 1 millionga yetdi, shuningdek, 2026-yilga mo‘ljallangan raqamli ekotizimni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi (reklama). https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/oq-mobile/
Hammasini ko'rsatish...
👍 2 1
Photo unavailableShow in Telegram
Tojikiston va Afg‘oniston chegarasida otishma sodir bo‘ldi, oqibatda ikki tojik chegarachisi va uch afg‘on jangarisi halok bo‘ldi. Dushanbe bu dekabr oyida Afg‘oniston bilan chegarada sodir etilgan uchinchi hujum ekanini aytib, “Tolibon”ni “ta’sirchan choralar” ko‘rishga chaqirdi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/tajikistan/ Telegram | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
😢 9👍 1🤔 1
Photo unavailableShow in Telegram
Toshkentdagi Oxun Guzar masjidi hududida Gozar of Artisans ijod makoni ochildi. Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan livanlik dizayner Nada Debs ishtirokida amalga oshirilgan loyiha an’anaviy hunarmandchilikni zamonaviy me’moriy va badiiy yechimlar bilan uyg‘unlashtiradi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/gozar-artisans/ Telegram | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
3🤔 2
Photo unavailableShow in Telegram
Yangi yil — yangilanish, yangi yechimlar va muhim qadamlar davri. Ushbu bayram kunlarida Istanbul City yashash maqsadida o‘z uyiga ega bo‘lishni o‘ylayotganlar uchun maxsus shartlarni taklif etadi (reklama). https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/istanbulcity/
Hammasini ko'rsatish...
👍 5 1
Photo unavailableShow in Telegram
Gazeta va Yandex Books birgalikda jamoat arboblari va adiblarning kitob javonlariga nazar tashlaydi. Bu safar bolalar yozuvchisi Madina Mo‘minova o‘zi uchun qadrli uch asar, bolalarda kitobga mehr uyg‘otishga doir maslahatlari va O‘zbekistondagi kitobxonlik madaniyati haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/mutolaa-madina-muminova/ Telegram | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekistonning Maskatdagi elchixonasi ko‘magida ikki yoshli bola vataniga qaytarildi. Onasi uni O‘mondagi suriyalik oilaga tashlab, O‘zbekistonga qochib ketgan, bola esa ikki yil davomida hech qanday hujjatlarsiz yashab kelgan. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/child/ Telegram | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
😢 12
Photo unavailableShow in Telegram
“Ko‘mir ta’minot” filiali boshlig‘ining muqaddam sudlangan o‘rinbosari va uning sherigi qamoqqa olindi. Ular fuqaroni tuman ombori rahbari lavozimiga tayinlash va ko‘mir yetkazib berishni ko‘paytirib berish evaziga 40 ming dollar talab qilgan. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/coal/ Telegram | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
🤔 3
Photo unavailableShow in Telegram
Toshkentda havo harorati pasayishi ortidan avtobuslarga gaz quyish shoxobchalari soni 33 tadan 11 tagacha qisqartirildi. “Toshshahartransxizmat” zapravkalardagi uzun navbatlarni shoxobchalar masofasining uzoqligi va gaz bosimi pasaygani bilan izohladi. Navbatda turgan haydovichlarga osh tarqatildi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/bus/ Telegram | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👎 11
Photo unavailableShow in Telegram
Banklarda talablarga rioya etilishini tekshirish uchun “Sirli mijoz” tadbirlari o‘tkaziladi. Bunda bank oldindan xabardor bo‘lmaydi, ishni Markaziy bank yoki uning filiallari xodimlari joyiga chiqib yoki masofadan turib bajaradi. Oldin “Sirli mijoz” dorixonalar va notariuslarni ham tekshirishi haqida yozgandik. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/sirli-mijoz/ Telegram | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Yangiqo‘rg‘on tumanida to‘y payti qarindoshi bo‘lgan voyaga yetmagan qizni zo‘rlagan 38 yoshli erkak 18 yilga qamaldi. Sud uni o‘ta xavfli retsidivist deb topdi. Erkak dastlabki 3 yilini turmada, qolgan muddatini maxsus tartibli koloniyalarda o‘taydi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/violence/ Telegram | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👎 10😢 8👍 3 1
Photo unavailableShow in Telegram
SSV rahbari deputatlarga ma’lum qilishicha, profilaktik ko‘riklar o‘sishi va tez yordam xizmati yangilanishi natijasida statsionarlarga tushayotgan yuklama kamaygan. Biroq kadrlar yetishmovchiligi va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamning birlamchi bo‘g‘in bilan integratsiyasi sustligi asosiy muammolardan bo‘lib qolmoqda. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/medical-worker/ Telegram | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👎 4 1
Photo unavailableShow in Telegram
Senat raisi Tanzila Narbayeva Bandlik vazirligidan Mehnat sohasida zo‘ravonlik va ta’qibga barham berishga doir XMT konvensiyasini ratifikatsiyalashga tayyorlanishni talab qildi. U ayrim ish beruvchilar va mansabdor shaxslar zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yayotgani, bu “jamiyat qadriyatlariga mutlaqo zid” ekanini ta’kidladi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/harassment/ Telegram | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 5
Photo unavailableShow in Telegram
APEX BANK yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun “Start 2026” yangi yil tarifini taqdim etdi. Mazkur tarif bayram kunlari va yangi yil boshida biznes faoliyatini qulay hamda tejamkor tarzda yuritish uchun mo‘ljallangan (reklama). https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/apex-bank/
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
IIV YHXX yo‘l harakati kamerasi tasvirlarini saqlaydigan tizim zaifligi va haydovchilarni kuzatish imkonini berishi haqidagi da’voni rad etdi. E’lon qilingan tasvirlar tizim nosozliklarini tuzatish uchun ishlatiladigan sinov serverida saqlanadi, kameralarning joylashuvi esa maxfiy emas, ta’kidladi xizmat. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/yhxx/ Telegram | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👎 1
Photo unavailableShow in Telegram
Kelasi yili o‘zbekistonliklarni faqatgina bitta ish kuni ko‘chirilishi va bir necha uzoq dam olish kunlari kutmoqda: Yangi yil-2026 — 5 kun, 8-mart — 3 kun, Navro‘z — 3 kun (Ramazon hayiti bilan bir vaqtda), 9-may — 3 kun, Qurbon hayiti — 4 kun, Mustaqillik kuni — 4 kun, Yangi yil-2027 — 4 kun. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/days-off-2026/ Telegram | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 10 2
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasini tasdiqladi. U professional tutingan oila xizmatini joriy etish, o‘g‘il va qiz bolalar uchun maxsus muassasalar o‘rniga bolalar uchun ijtimoiy integratsiya markazlarini ochish, ota-onalar uchun xizmatlar yaratishni o‘z ichiga oladi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/children-protection/ Telegram | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 48 15
Forish aholisi AES qurilishi haqida nima deydi? Jizzax viloyatida O‘zbekistondagi birinchi atom elektr stansiyasini qurish ishlari boshlangan. Keng muhokama qilinayotgan mazkur jarayondan forishliklar qanchalik xabardor? Ularning AES qurilishiga nisbatan munosabati qanday? Gazeta hudud aholisi orasida kichik so‘rovnoma o‘tkazdi: https://www.youtube.com/watch?v=ba36WlxolP4
Hammasini ko'rsatish...
👍 3🤔 2😢 1