Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
رفتن به کانال در Telegram
O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @GazetauzMuloqotBot +998 78-333-10-15 Reklama: @Afisha_Media_Regina +998 99-444-35-39 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kirill alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb
نمایش بیشتر2025 سال در اعداد

18 608
مشترکین
+224 ساعت
-37 روز
-45030 روز
آرشیو پست ها
Photo unavailableShow in Telegram
OQ Mobile 2025-yil yakunlarini e’lon qildi: ilova foydalanuvchilari soni mamlakat bo‘ylab 1 millionga yetdi, shuningdek, 2026-yilga mo‘ljallangan raqamli ekotizimni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/oq-mobile/
👍 2❤ 1
Photo unavailableShow in Telegram
Tojikiston va Afg‘oniston chegarasida otishma sodir bo‘ldi, oqibatda ikki tojik chegarachisi va uch afg‘on jangarisi halok bo‘ldi. Dushanbe bu dekabr oyida Afg‘oniston bilan chegarada sodir etilgan uchinchi hujum ekanini aytib, “Tolibon”ni “ta’sirchan choralar” ko‘rishga chaqirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/tajikistan/
Telegram | Instagram | YouTube
😢 9👍 1🤔 1
Photo unavailableShow in Telegram
Toshkentdagi Oxun Guzar masjidi hududida Gozar of Artisans ijod makoni ochildi. Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan livanlik dizayner Nada Debs ishtirokida amalga oshirilgan loyiha an’anaviy hunarmandchilikni zamonaviy me’moriy va badiiy yechimlar bilan uyg‘unlashtiradi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/gozar-artisans/
Telegram | Instagram | YouTube
❤ 3🤔 2
Photo unavailableShow in Telegram
Yangi yil — yangilanish, yangi yechimlar va muhim qadamlar davri. Ushbu bayram kunlarida Istanbul City yashash maqsadida o‘z uyiga ega bo‘lishni o‘ylayotganlar uchun maxsus shartlarni taklif etadi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/istanbulcity/
👍 5❤ 1
Photo unavailableShow in Telegram
Gazeta va Yandex Books birgalikda jamoat arboblari va adiblarning kitob javonlariga nazar tashlaydi. Bu safar bolalar yozuvchisi Madina Mo‘minova o‘zi uchun qadrli uch asar, bolalarda kitobga mehr uyg‘otishga doir maslahatlari va O‘zbekistondagi kitobxonlik madaniyati haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/mutolaa-madina-muminova/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekistonning Maskatdagi elchixonasi ko‘magida ikki yoshli bola vataniga qaytarildi. Onasi uni O‘mondagi suriyalik oilaga tashlab, O‘zbekistonga qochib ketgan, bola esa ikki yil davomida hech qanday hujjatlarsiz yashab kelgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/child/
Telegram | Instagram | YouTube
😢 12
Photo unavailableShow in Telegram
“Ko‘mir ta’minot” filiali boshlig‘ining muqaddam sudlangan o‘rinbosari va uning sherigi qamoqqa olindi. Ular fuqaroni tuman ombori rahbari lavozimiga tayinlash va ko‘mir yetkazib berishni ko‘paytirib berish evaziga 40 ming dollar talab qilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/coal/
Telegram | Instagram | YouTube
🤔 3
Photo unavailableShow in Telegram
Toshkentda havo harorati pasayishi ortidan avtobuslarga gaz quyish shoxobchalari soni 33 tadan 11 tagacha qisqartirildi. “Toshshahartransxizmat” zapravkalardagi uzun navbatlarni shoxobchalar masofasining uzoqligi va gaz bosimi pasaygani bilan izohladi. Navbatda turgan haydovichlarga osh tarqatildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/bus/
Telegram | Instagram | YouTube
👎 11
Photo unavailableShow in Telegram
Banklarda talablarga rioya etilishini tekshirish uchun “Sirli mijoz” tadbirlari o‘tkaziladi. Bunda bank oldindan xabardor bo‘lmaydi, ishni Markaziy bank yoki uning filiallari xodimlari joyiga chiqib yoki masofadan turib bajaradi. Oldin “Sirli mijoz” dorixonalar va notariuslarni ham tekshirishi haqida yozgandik.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/sirli-mijoz/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Yangiqo‘rg‘on tumanida to‘y payti qarindoshi bo‘lgan voyaga yetmagan qizni zo‘rlagan 38 yoshli erkak 18 yilga qamaldi. Sud uni o‘ta xavfli retsidivist deb topdi. Erkak dastlabki 3 yilini turmada, qolgan muddatini maxsus tartibli koloniyalarda o‘taydi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/violence/
Telegram | Instagram | YouTube
👎 10😢 8👍 3❤ 1
Photo unavailableShow in Telegram
SSV rahbari deputatlarga ma’lum qilishicha, profilaktik ko‘riklar o‘sishi va tez yordam xizmati yangilanishi natijasida statsionarlarga tushayotgan yuklama kamaygan. Biroq kadrlar yetishmovchiligi va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamning birlamchi bo‘g‘in bilan integratsiyasi sustligi asosiy muammolardan bo‘lib qolmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/medical-worker/
Telegram | Instagram | YouTube
👎 4❤ 1
Photo unavailableShow in Telegram
Senat raisi Tanzila Narbayeva Bandlik vazirligidan Mehnat sohasida zo‘ravonlik va ta’qibga barham berishga doir XMT konvensiyasini ratifikatsiyalashga tayyorlanishni talab qildi. U ayrim ish beruvchilar va mansabdor shaxslar zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yayotgani, bu “jamiyat qadriyatlariga mutlaqo zid” ekanini ta’kidladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/harassment/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 5
Photo unavailableShow in Telegram
APEX BANK yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun “Start 2026” yangi yil tarifini taqdim etdi. Mazkur tarif bayram kunlari va yangi yil boshida biznes faoliyatini qulay hamda tejamkor tarzda yuritish uchun mo‘ljallangan (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/apex-bank/
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
IIV YHXX yo‘l harakati kamerasi tasvirlarini saqlaydigan tizim zaifligi va haydovchilarni kuzatish imkonini berishi haqidagi da’voni rad etdi. E’lon qilingan tasvirlar tizim nosozliklarini tuzatish uchun ishlatiladigan sinov serverida saqlanadi, kameralarning joylashuvi esa maxfiy emas, ta’kidladi xizmat.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/yhxx/
Telegram | Instagram | YouTube
👎 1
Photo unavailableShow in Telegram
Kelasi yili o‘zbekistonliklarni faqatgina bitta ish kuni ko‘chirilishi va bir necha uzoq dam olish kunlari kutmoqda: Yangi yil-2026 — 5 kun, 8-mart — 3 kun, Navro‘z — 3 kun (Ramazon hayiti bilan bir vaqtda), 9-may — 3 kun, Qurbon hayiti — 4 kun, Mustaqillik kuni — 4 kun, Yangi yil-2027 — 4 kun.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/days-off-2026/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 10❤ 2
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasini tasdiqladi. U professional tutingan oila xizmatini joriy etish, o‘g‘il va qiz bolalar uchun maxsus muassasalar o‘rniga bolalar uchun ijtimoiy integratsiya markazlarini ochish, ota-onalar uchun xizmatlar yaratishni o‘z ichiga oladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/children-protection/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 48❤ 15
Forish aholisi AES qurilishi haqida nima deydi?
Jizzax viloyatida O‘zbekistondagi birinchi atom elektr stansiyasini qurish ishlari boshlangan. Keng muhokama qilinayotgan mazkur jarayondan forishliklar qanchalik xabardor? Ularning AES qurilishiga nisbatan munosabati qanday?
Gazeta hudud aholisi orasida kichik so‘rovnoma o‘tkazdi:
https://www.youtube.com/watch?v=ba36WlxolP4
👍 3🤔 2😢 1
Photo unavailableShow in Telegram
Zamonaviy HUMO terminallari intensiv foydalanishga mo‘ljallangan bo‘lib, mijozlar oqimi katta nuqtalarga ham, sayyor xizmat ko‘rsatishga ham mos keladi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/humo/
👍 2👎 1
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Prezident farmoni bilan 31 dekabr kuni va 2-3 yanvar kunlari dam olish kunlari deb belgilandi.
Shunday qilib, Yangi yilda o‘zbekistonliklar ketma-ket 5 kun (31-dekabrdan 4-yanvargacha) dam olishadi.
👍 22❤ 1
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident qarori bilan Umid Shadiyev Ekologiya vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini bungacha BAAdagi elchi bo‘lgan Abdulaziz Aqqulov egalladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/appointment/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 45❤ 21
