es
Feedback
Ta'lim nazorati

Ta'lim nazorati

Ir al canal en Telegram

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Mostrar más
2025 año en númerossnowflakes fon
card fon
112 228
Suscriptores
-35724 horas
-1 6297 días
-6 85030 días
Archivo de publicaciones
#qabul2025 #super_kontrakt Joriy yil tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdori OTM rektorlari (direktorlari) tomonidan belgilanadi Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-oʻquv yili uchun kirish imtihonlari natijalariga koʻra 56,7 va undan yuqori ball toʻplagan lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarni bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga qoʻshimcha qabul qilishda tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorini rektor (direktor) tomonidan mustaqil belgilash quyidagi tartibda amaliyotga joriy etiladi: ➖qabul chegaralariga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari (1-ilova 73-band)ga asosan belgilanadi; ➖qabul chegaralariga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari oliy taʼlim muassasalari rektorlari (direktorlari) tomonidan bazaviy toʻlov-kontraktning 3,0 barobaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi. Barcha oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan 2025-yil 25-sentyabrga qadar 2025/2026-oʻquv yili uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va taʼlim shakllari kesimida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlanadi va rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. 2025/2026-oʻquv yili qabulida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlarga bir yillik oʻqitish qiymatining 50 foizini 2025-yilning 31-oktyabrga qadar (shu kuni ham) toʻlashga ruxsat beriladi. Shuningdek, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlari natijasi boʻyicha tanlovda ishtirok etib, ikkinchi-beshinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlaridan biri boʻyicha davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga oʻz xohishlariga koʻra ustuvorligi boʻyicha tanlagan birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga ruxsat berildi (maqsadli qabul asosida talabalikka tavsiya qilinganlar bundan mustasno). 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Mostrar todo...
#qabul2025 #imkoniyat ⚡️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari vakant o‘rinlariga qo‘shimcha qabul 25-sentyabrdan 3-oktyabrga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida vakant qolgan o‘rinlarga qo‘shimcha qabul amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, 2025-yilgi kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan, shu jumladan roʻyxatdan oʻtishning ikkinchi bosqichida oliy taʼlim tashkiloti va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini tanlamagan abituriyentlarga quyidagi imkoniyatlar yaratiladi: 🟢davlat oliy ta’lim tashkilotlarida qolgan vakant bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga tanlovda ishtirok etish uchun 2025-yil 25-sentyabrdan 3-oktyabrga qadar (shu kuni ham) my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi; 🟢roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda vakant oʻrinlarga bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi; 🟢ro‘yxatdan o‘tish jarayonida fanlar majmuasi mos bo‘lgan bakalavriat yo‘nalishini tanlash imkoniyati beriladi; 🟢tanlov natijalari boʻyicha qaydnomalar 2025-yil 8-oktyabrga qadar chop etilib, tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga talabalikka qabul qilish boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish uchun yetkaziladi. Umumiy qabul parametrlarida vakant oʻrinlar qolgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha maʼlumotlar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Mostrar todo...
Abituriyentlar uchun oliy taʼlimga kirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar belgilandi Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi majlisining tegishli bayoni tasdiqlandi. Unga ko‘ra: ➖bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida vakant qolgan oʻrinlar uchun tanlov oʻtkaziladi. Bunda 56,7 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan, shu jumladan roʻyxatdan oʻtishning ikkinchi bosqichida oliy taʼlim tashkiloti va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini tanlamagan abituriyentlarga ham imkoniyat yaratiladi; ➖kirish imtihonlari natijalariga koʻra abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirish imkoniyati yaratiladi; ➖respublikada faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga davlat buyurtmalari tasdiqlandi; ➖Qoraqalpogʻiston yoshlari uchun qo‘shimcha grant va to‘lov-kontrakt oʻrinlari ajratildi. Shuningdek, Prezident granti uchun ajratilgan kvotalarning taʼlim sohalari boʻyicha taqsimoti hamda davlat oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga tanlov natijalari tasdiqlandi. Mazkur qaror abituriyentlar uchun oliy taʼlimga kirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasini oshirishga xizmat qiladi. Batafsil keyingi xabarlarda... 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Mostrar todo...
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2025-yil 29-avgustda umumiy oʻrta taʼlim sohasi xodimlari oʻrtasida oʻtkaziladigan “Yil oʻqituvchisi” tanlovini saralash bosqichi uchun Tashkiliy qoʻmita, apellyatsiya komissiyasi, hakamlar hayʼati tarkibi hamda baholash mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi 318-son buyrugʻi qabul qilingan. Mazkur buyruqqa asosan umumiy oʻrta taʼlim sohasi xodimlari oʻrtasida oʻtkaziladigan “Yil oʻqituvchisi” tanlovining ikkinchi (4-ilova) va uchinchi (5-ilova) bosqichlari baholash mezonlari hamda ishtirokchilarning ijtimoiy-siyosiy adabiyotlarni bilish darajasi hamda asarlar boʻyicha bilimini baholash uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati tasdiqlangan. “Yil oʻqituvchisi” tanlovini saralash bosqichida qatnashadigan pedagoglarga yuborib qoʻyamiz. 👇Tanlov oldidan na’munaviy diagnostik testlarni bajarish uchun quyidagi havolalardan biriga o‘ting: O'zbek tilida: 👉 https://t.me/uztditestbot Rus tilida: 👉https://t.me/uztditest_rusbot Qoraqalpoq tilida: 👉 https://t.me/uztdi_qrtestbot 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Mostrar todo...
Yil o‘qituvchisi tanlovi baholash mezoni @uztdi.pdf3.59 KB
Photo unavailableShow in Telegram
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2025-yil 29-avgustda umumiy oʻrta taʼlim sohasi xodimlari oʻrtasida oʻtkaziladigan “Yil oʻqituvchisi” tanlovini saralash bosqichi uchun Tashkiliy qoʻmita, apellyatsiya komissiyasi, hakamlar hayʼati tarkibi hamda baholash mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi 318-son buyrugʻi qabul qilingan. Mazkur buyruqqa asosan “Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlarni bilish darajasi hamda asarlar boʻyicha bilimini baholash uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar roʻyxati” tasdiqlandi. “Yil oʻqituvchisi” tanlovini saralash bosqichida qatnashadigan pedagoglarga yuborib qoʻyamiz. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Mostrar todo...
⚡️Super-kontrakt va 6-yo’nalish tartibi tasdiqlandi Super-kontrakt va 6-yo’nalish tartibi tasdiqlangan bo'lib, tez orada e’lon qilinadi. 6-yo’nalishda o’qishga kira olmagan abituriyentlarga kvotasi to’lmagan 5 ta yo’nalishni tanlash huquqi beriladi. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Mostrar todo...
❗️“Temurbeklar maktabi"ga hujjatlar qabuli davom etmoqda ⚡️O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyida 2026-2027 o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi. Arizalar joriy yilning 5-sentabrdan 15-oktyabr (shu kuni ham) sanasiga qadar www.dxxtmhal.uz onlayn platformasi yoki DXX hududiy boshqarmalari orqali qabul qilinadi. ✅ Nomzodlarni saralash tanlovi harbiy-kasbiy tanlov va test sinovlaridan iborat. Saralash sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlariga jalb etiladi. Test sinovlari tarix va ingliz tili fanlaridan o'tkaziladi. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Mostrar todo...
⚡️Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimida muhandislik maktablari tashkil etiladi 📃 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi avlod muhandislarini tayyorlash va muhandislik taʼlimini rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra: ➖ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida “Yangi Oʻzbekiston” universiteti hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab tajribasi asosida muhandislik maktablari tashkil etiladi. 👉 2026-2027-oʻquv yilidan boshlab: ➖ mazkur maktablarga oʻquvchilarni saralab olish va qabul qilish boshlanadi hamda bir sinfda oʻquvchilar soni 24 nafar, umumiy cheklangan soni 240 nafar etib belgilanadi; ➖ birinchi oʻquv yilida 7-10-sinflarga, ikkinchi oʻquv yilidan boshlab umumtaʼlim maktablarining 6-sinf bitiruvchilari orasidan 7-sinfga qabul qilinadi; ➖ oʻquv jarayoni 5 yillik dastur asosida STEM modeli boʻyicha tashkil etiladi hamda dastlabki 3 yilda fizika, matematika va xorijiy til fanlaridan, keyingi 2 yilda muhandislik fanlari boʻyicha boshlangʻich tayyorgarlikka eʼtibor qaratiladi; ➖ muhandislik maktablarining 11-sinf oʻquvchilari uchun ikki oylik majburiy ishlab chiqarish amaliyoti (stajirovka) joriy etiladi; ➖ muhandislik maktablarida oʻquv jarayonini tashkil etish va boshqarish boʻyicha akademik direktor lavozimi joriy etiladi; 👉 2026-yil 1-yanvardan boshlab: ➖ har yili umumtaʼlim maktablari oʻrtasida Prezident sovrini uchun “Ilgʻor muhandislik maktabi” milliy tanlovi oʻtkaziladi; ➖ tanlovning Respublika bosqichi gʻoliblari uchun xorijiy davlatlarga taʼlim sayohati tashkil etiladi; ➖ tanlovning Respublika bosqichida 1-oʻrinni egallagan maktabga muhandislikka oid laboratoriyalar jamlanmasini oʻz ichiga olgan Innovatsion texnopark tashkil etish uchun 1 milliard soʻm miqdorida mablagʻ ajratiladi. ➡️ Qarorning to‘liq matni 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Mostrar todo...
⚡️N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali tashkil etiladi “Toshkent shahrida N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–276-son, 08.09.2025-y.) qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, Filial faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan muhandislik sohasida: ➖ innovatsion yondashuvlarni qo‘llay oladigan, chuqur ilmiy-texnik bilimlarga ega bo‘lgan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash; ➖fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish. Filialda ta’lim faoliyati 2026/2027-o‘quv yilidan boshlanadi. Filialga talabalarni o‘qishga qabul qilish davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. 2025/2026-o‘quv yilidan Moskva davlat texnika universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti hamkorligida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Filial bitiruvchilariga O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Mostrar todo...
#Tayinlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan: Raximboyev Sardor Qahramonovich — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktori oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish va kasbiy sertifikatlash boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Sardor Raximboyev 2009-2015-yillarda Davlat statistikasi qoʻmitasi, Toshkent viloyati Iqtisodiyot bosh boshqarmasi, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida turli lavozimlarda, 2015-2019-yillarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bosh mutaxassisi, 2019-2020-yillarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti katta oʻqituvchisi, 2020-2022-yillarda «Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi» davlat unitar korxonasi bosh mutaxassisi, 2022-2023-yillarda Xalq taʼlimi vazirligida boshqarma boshligʻi vazifalarida mehnat qilgan.
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tegishli buyrug'i bilan: Xoldarova Indira Abdukarimovna — Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Kelajak markazi" direktori lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Maktabdan tashqari taʻlimni tashkil etish boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Indira Xoldarova turli yillarda "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati boshlangʻich tashkiloti oʻqituvchisi, tashkilotning Toshkent shahar Kengashi apparati va Yoshlar ittifoqida turli lavozimlarda ishlagan. 2020-2022-yillarda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengash raisi oʻrinbosari — "Kamalak" bolalar tashkiloti raisi, 2022-2023-yillarda Yoshlar ishlari agentligi boshqarma boshligʻi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Mostrar todo...
⚡️Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etiladi “Olmaliq davlat texnika institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–279-son, 08.09.2025 y.) qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali negizida Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etiladi. Olmaliq filialida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini Institutda davom ettiradi hamda 2025/2026-o‘quv yilidan bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda Institut diplomi beriladi. Institutning yuqori kurs talabalari haq to‘lanadigan amaliyotga jalb etiladi. Institutda geologiya, metallurgiya va texnikaga ixtisoslashgan ilg‘or muhandislik maktabi (“GeoMetTex”) tashkil etiladi. Ushbu maktabda ta’lim olish uchun akademik ko‘rsatkichlari yuqori talabalar tanlov asosida saralab olinadi va amaliyotga yo‘naltirilgan maxsus ta’lim dasturlari asosida o‘qitiladi. “GeoMetTex” ilg‘or muhandislik maktabi yo‘nalishiga mos sanoat hamkorlari belgilanib, ularni texnik va texnologik jihatdan ta’minlash uchun zamonaviy laboratoriyalar tashkil etiladi. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Mostrar todo...
Talaba qanday hollarda oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirilishi mumkin? 📃O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabr 578-sonli qaroriga muvofiq, talabalar quyidagi holatlarda o‘qishdan chetlashtirilishi mumkin. ➖ o‘z xohishiga ko‘ra; ➖ o‘qishning boshqa ta’lim tashkilotiga ko‘chirilishi munosabati bilan; ➖ oliy ta’lim tashkilotlarining ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzgani uchun; ➖ bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirgani uchun (salomatligi sababli belgilangan shakldagi tibbiy ma’lumotnoma taqdim etilgan holat bundan mustasno); ➖ o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi uchun (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun taalluqli); ➖ talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganda; ➖ sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi); ➖ talaba abituriyent sifatida oliy ta’lim tashkiloti qabul komissiyasiga taqdim etgan (topshirgan) hujjatlarining qalbakiligi yoki belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlansa; ➖ vafot etganligi sababli. 📌Ma’lumot o‘rnida, harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida hamda oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun talabaga belgilangan tartibda akademik ta’til berilishi mumkin. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Mostrar todo...
00:35
Video unavailableShow in Telegram
📣Avgust-dekabr oylarida o'tkaziladigan pedagoglar attestatsiyasiga tayyorlanish uchun onlayn diagnostik testlar boshlandi! 2025-yilning ikkinchi yarmida oʻtkaziladigan attestatsiya va "Yil o'qituvchisi" tanlovlari oldidan pedagoglarni qoʻllab-quvvatlash hamda sinovlarga tayyorgarlik uchun sharoit yaratish maqsadida umumtaʼlim fanlari boʻyicha diagnostik testlar tashkil etilmoqda. Diagnostik testda pedagogning mutaxassislik fani boʻyicha 35 ta, kasb standartidan 5 ta hamda pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Yaʼni haqiqiy attestatsiya jarayonlariga oʻxshash formatdagi va miqdordagi topshiriqlar beriladi. 📌Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan e'lon qilingan malaka sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi asosida shakllantirilgan diagnostik testlarni, o'zbek, rus va qoraqalpoq tillarida bajarishingiz mumkin. 📑Testlarda attestatsiyasida ishtirok etish uchun murojaat yuborganlar, shuningdek, murojaati qabul qilinmagan yoki attestatsiyada ishtirok etish imkoniyati bo'lmagan pedagoglar ham qatnashib ko'rishlari mumkin.
📩Barcha fanlar bo'yicha tayyorlov testlari ketma-ketlikda joylab borilmoqda. To'liq yuklab bo'lingan fanlar va test bilan bog'liq yangiliklar @uztdi kanali orqali yoritib boriladi. Testga doir qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
👇Diagnostik testlarni bajarish uchun quyidagi havolalardan biriga o‘ting: O'zbek tilida: 👉 https://t.me/uztditestbot Rus tilida: 👉https://t.me/uztditest_rusbot Qoraqalpoq tilida: 👉 https://t.me/uztdi_qrtestbot 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Mostrar todo...
IMG_8767.MOV16.81 MB
Photo unavailableShow in Telegram
🖊 Bakalavrga kirish test sinovlarida imtihonlarsiz maksimal ball beriladigan chet tili sertifikatlari ro‘yxati yangilandi Hukumat qaroriga binoan, 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida test sinovlari tarkibida chet tili fani bor bo‘lsa, quyidagi sertifikatlar uchun imtihonsiz maksimal ball beriladi: 🇬🇧 Ingliz tili
➖ Endi faqat Academic IELTS 5.5 qabul qilinadi, General Training hisob emas (ilgari qaysi turi — Academic yoki General Training ekanligi aniqlashtirilmagan edi); ➖ TOEFL iBT 72 saqlanib qoladi; ➖ Cambridge English Qualifications tizimidagi imtihonlar aniqlashitirildi: * B2 First (FCE) * C1 Advanced (CAE) * C2 Proficiency (CPE) ❌ Linguaskill chiqarib tashlandi.
🇯🇵 Yapon tili
➖ endi faqat B2 daraja milliy sertifikat qabul qilinadi; ❌ Japanese Language Proficiency Test — JLPT N2 chiqarib tashlandi.
🇩🇪 Nemis tili
➖ hech narsa o‘zgarmadi, avvalgidek milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD) va TestDaF sertifikatidan B2 daraja talab etiladi.
🇫🇷 Fransuz tili
➖ endi faqat B2 daraja milliy sertifikat qabul qilinadi; ❌ Diplôme d’Etudes en Langue Française (DELF) chiqarib tashlandi; ❌ Test de Connaissance du Française (TCF4) chiqarib tashlandi.
🔹 Boshqa tillar
➖ hech narsa o‘zgarmadi, avvalgidek B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikat talab etiladi.
⚡️ Asosiy xulosa: * IELTS faqat Academic turda bo‘lishi shart; * Linguaskill, JLPT, DELF, TCFendilikda hisobga olinmaydi. 📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Mostrar todo...
2025-yil 13-sentyabr kuni Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 578-sonli qarori qabul qilindi Mazkur qaror bilan quyidagi nizomlar tasdiqlandi: ➖ Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom; ➖ Oliy ta’lim tashkilotlarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom; ➖ Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom; ➖ Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining akademik mobilligini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom. 📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Mostrar todo...
Oliygohlarga_o'qishga_qabul_qilish_nizomlari_VMQ_578_13_09_2025.pdf4.36 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#natija_chet_tili ⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi ✅ 2025-yil 28-avgustdan 8-sentyabrga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi. 👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin. 📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab olishi mumkin. ❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi. 📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Prezidentimiz pedagoglarni yanada qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslarni ilgari surdi: - yangi yildan boshlab kamida 15-yil stajga ega boʻlgan oliy toifali pedagoglarga ipoteka krediti boshlangʻich badalining 25 foizi qoplab beriladi; - kelgusi oʻquv yilida davlat oliygohlariga oʻqishga kirgan pedagoglar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foiz chegirma beriladi; - oʻqituvchilar yangi taʼlim texnologiyalarini keng qoʻllashi uchun kompyuter xaridiga 10 million soʻmgacha imtiyozli kredit ajratiladi; - kelasi yildan pedagoglar uchun davlat xizmatlari toʻlovi 2 karra kamaytiriladi; - fan oʻqituvchilari kabi boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilari uchun ham milliy sertifikat berish tizimi joriy qilinamiz. Sertifikat olganlarga har oyda 15 foiz ustama toʻlanadi; - bakalavr bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirib, maktabga ishga kirganlarga avtomatik ravishda 2-malaka toifasi, magistrlarga esa 1-malaka toifasi beriladi; - dunyodagi TOP-300 talik oliygohlarga oʻqishga kirgan pedagoglarga 20 ming dollargacha imtiyozli taʼlim krediti ajratiladi; - reytingda 100 talikka kirgan maktab va bogʻcha, 20 talikdagi texnikum, TOP-10 ta oliygoh pedagoglariga yiliga bir marta Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilish uchun samolyot va poyezdlar chipta narxlariga 15-20 foiz chegirma beriladi. Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Oliy ta’limdagi islohotlardan asosiy maqsad O‘zbekistonni mintaqaviy ta’lim va ilm-fan xabiga aylantirish ekani ta’kidlandi. Masalan, hozirda 4 ta oliygoh dunyodagi TOP-mingtalikka kirgan. Yaqin yillarda ularning soni 10 taga yetkaziladi. Shu bilan birga, oliygohlarimizda xorijiy TOP-500 talik universitetlar bilan axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, agrotexnologiya, tibbiyot, “yashil” energetika kabi ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi. Bundan tashqari, chet eldagi TOP-100 talikka kirgan oliygohlarning filiallari ochiladi. Bu maqsadlarga erishish uchun kelgusi yilda 10 dan ziyod xalqaro tashkilotlar, 500 ta nufuzli oliygoh rektorlari, 1 mingdan ortiq xalqaro ekspertlar ishtirokida Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi o‘tkaziladi. Xorijlik talabalar soni 5 barobarga oshirilib, ta’lim eksporti 200 million dollarga yetkaziladi. Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
“Izlanib, aniq natijaga erishayotgan olimlarimizning asosiy qismini professor-o‘qituvchilar tashkil etayotgani menga mamnuniyat bag‘ishlaydi”,
dedi Prezident. Misol uchun, Irrigatsiya universiteti o‘qituvchisi E’zozbek Ozodov ixtiro qilgan “Yaroqsiz suvlarni tozalash raqamli uskunasi” mavjud analoglaridan 25 foiz samarali ishlashi xalqaro darajada tan olindi. Hozirda bu uskunaga AQSHning yirik korxonalaridan ko‘plab buyurtmalar olingan. Yoki Transport universiteti professori Ziyoda Odilova lokomotivlar uchun dizel generatori va elektr tortish motoridan iborat gibrid tizimni ixtiro qildi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” loyihani amaliyotga joriy qilish bo‘yicha ishlarni boshlab yuborgan.
“Ko‘rib turibsiz, oliygohdagi olimlarda iqtisodiyotimizni rivojlantiradigan zo‘r-zo‘r ilmiy ishlanmalar, loyihalar bor. Shuning uchun, ilm-fan va biznes vakillarini bir-biri bilan uchrashtirib, manfaatli hamkorlikda ishlaydigan tizim qilamiz. Bundan ilm ham, biznes ham yutadi. Shu bois, ixtirolarning tajriba-sinov ishlari uchun ketadigan xarajatlarni qoplashga qo‘shimcha 100 milliard so‘m ajratamiz”,
– dedi davlatimiz rahbari. Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Soʻnggi sakkiz yilda oliygohlar soni 77 tadan 202 taga, jami talabalar soni 250 mingdan 1,5 millionga yetdi. Oliy taʼlimda “oʻqishga kiritib qoʻyish” degan oʻta salbiy illatga toʻliq barham berildi. Yoshlarga oliygohlarga kirishda tanlov imkoniyati oshirildi. Professor-oʻqituvchilarning oyligi salmoqli darajada oshib, oliygoh muallimi boʻlish koʻpchilikning orzusiga aylandi. Keyingi paytlarda aniq va tabiiy fanlarga koʻproq eʼtibor qaratilmoqda. Yaqinda “ToshTech”, Bauman universiteti filiali, Olmaliq davlat texnika institutini ochish boʻyicha qarorlar imzolandi. Xorazmda Al-Xorazmiy universitetiga tamal toshi qoʻyildi. Qolgan hududlarda ham uning filiallari boʻladi. Mamlakatimizda yerosti boyliklarining ulkan zaxirasi mavjud. Ilgari neft-gaz sohasidagi qidiruv ishlari faqat 2,5-3 ming metr chuqurlikda olib borilardi. Bu yil sanoatimiz tarixida birinchi marta Ustyurtda 6,5 ming metr yer qaʼrini burgʻulab, juda katta gaz zaxirasi topildi. Yangi industrial davr – “toʻrtinchi sanoat inqilobi”ni amalga oshirish uchun dunyoda tellur, litiy, selen, grafit, molibden kabi texnologik minerallarga talab bir necha karra koʻpaymoqda. Tahlillarga koʻra, dunyodagi volfram, molibden, rux va titan zaxiralarining 10-15 foizi mintaqamizga toʻgʻri keladi.
“Ushbu ulkan resurslarni yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotga aylantirish uchun bizga eng avvalo ilm, bilim va innovatsiya kerak”,
– dedi Prezident. Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Mostrar todo...