Yoshlar ishlari agentligi
Ir al canal en Telegram
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi • 📥 @yoshlarmurojaati_bot • info@yoshlar.gov.uz • ☎️ 1093 • Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy • gov.uz/yoshlar Ijtimoiy tarmoqlarda biz: http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Mostrar más2025 año en números

247 378
Suscriptores
-91324 horas
-6 7657 días
-36 02130 días
Archivo de publicaciones
Mostrar todo...
👍 97❤ 62🔥 18❤🔥 5🕊 2
01:12
Video unavailableShow in Telegram
Mostrar todo...
tel_razgavor_tg.mp462.54 MB
00:59
Video unavailableShow in Telegram
Mostrar todo...
Javohir Sindarov_tg.mp437.32 MB
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️ Javohir Sindorov — FIDE Jahon Kubogi 2025 chempioni!
Hindistonning Goa shahrida o‘tayotgan FIDE Jahon Kubogi 2025 final bahsida hamyurtimiz Javohir Sindarov kuchli raqib Vey Yi ustidan ishonchli g‘alaba qozonib, turnir chempioniga aylandi.
Barakalla, Javohir!
🇺🇿Jahon kubogi O‘zbekistonga keladi.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
01:44
Video unavailableShow in Telegram
⚡️Qadrli yoshlar! “Mening mahallam” tanlovi boshlandi!
Har birimizning o‘z mahallamizga oid unutilmas xotiralar bor. Endi ana shu his-tuyg‘ularni insho yoki videokontent ko‘rinishida ijodga aylantirib, butun O‘zbekistonga ko‘rsatish imkoniyati bor sizda!
Tanlovda 14–35 yoshdagi ishtirokchilar qatnashishi mumkin
🏆 G‘oliblarga super sovg‘alar: 1-o‘rin: Noutbuk; 2-o‘rin: Planshet; 3-o‘rin: Smartfon. Tanlov O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida tashkil etilmoqda.Ijodiy ishlaringizni quyidagi manzillarga yo’llang va tanlovda faol ishtirok g’oliblikni qoʻlga kiriting. ✔️@mening_mahallam_videorolik ✔️@mening_mahallam_insho Tanlov haqida batafsil: 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
ELON_MENING MAAHALLAM_tg_____new.mp416.61 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Bilim va fikringizni kengaytiring
🗞 “Yoshlar ovozi” gazetasining bugungi sonidagi muhim yangiliklar bilan tanishing.
🟢“Yashil makon” umummilliy loyihasi;
🟢8 oyda mahalla qanday o‘zgardi?
🟢Yoshlarni eshitamiz;
🟢2+6 kelajakka katta investitsiya;
🟢Jadidlar va gender tengligi;
🟢Huquqiy texnologiyalar xavfsizligi
📥Yuklab olish va onlayn mutolaa qilish
Maqolalar yuzasidan fikr-mulohazalaringizni quyidagi @yoshlarovozigazetasibot manziliga qoldirishingiz va takliflaringizni biz bilan bo‘lishishingiz mumkin!
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Prezident Farmoniga muvofiq, Toshkent ekologiyasini yaxshilash bo‘yicha tuzilgan maxsus komissiya quyidagi vakolatlarga ega bo‘ladi:
✔️Transport harakatini cheklash — yuk mashinalari uchun vaqtinchalik cheklovlar, toq-juft tartibida harakatlanish (elektromobillar bundan mustasno), shuningdek qaysi hududlarda cheklov bo‘lishini belgilash.
✔️Changlanish kuchaygan paytda sanoat korxonalari, transport va issiqlik ta’minoti sohalariga vaqtinchalik cheklovlar joriy qilish.
✔️Suv obyektlari bo‘yida qurilishni taqiqlash — daryo, kanal va ariq qirg‘oq muhofaza zonalarida noqonuniy qurilishlarga chek qo‘yish.
✔️Davlat va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish — ekologik talablar bajarilishini ta’minlash. Komissiya qarorlari barcha davlat organlari, tashkilotlar va fuqarolar uchun majburiy hisoblanadi.
✔️Shaharni tozalash va ko‘kalamzorlashtirish — yo‘l bo‘yidagi daraxtlarni haftasiga kamida 3 marta yuvish; bahor–yozda sug‘orishga qo‘yilgan cheklovni bekor qilish.
✔️Ekologik uskuna va texnikalarga bojxona imtiyozi — chang-gaz tozalash, suv tozalash, monitoring stansiyalarini olib kirishda bojxona boji undirilmaydi.
✔️Mikroiqlimni yaxshilash — 3 oyda poytaxtning 4 yo‘nalishida kamida 3 tadan sun’iy ko‘l barpo etish; 2 haftada favvoralar sonini 2 baravar oshirish dasturini ishlab chiqish.
✔️Issiqxonalar bo‘yicha qat’iy talablar — tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash; chang-gaz filtrlari bo‘lmagan issiqxonalarda jarimalarni oshirish; chiqindilar yoqilganda qozonxonani musodara qilish va jinoyat javobgarligi bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqish.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️ Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha muhim Farmon qabul qilindi
🇺🇿Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan Farmonga muvofiq, poytaxtda ekologik holatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshiradigan maxsus komissiya tuzildi.
Komissiya quyidagi vazifalarni bajaradi:
✔️Atmosfera havosiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan issiqxonalar va boshqa obyektlar faoliyatini vaqtincha to‘xtatish yoki tugatish.
✔️Farmon bilan berilgan vakolatlar doirasida avval qabul qilingan farmon, qaror va topshiriqlar ijrosini tashkil etish, jumladan sanoat korxonalarida filtrlardan foydalanish bo‘yicha qonunchilik talablarining bajarilishini nazorat qilish.
✔️Prezidentning 2025-yil 19-noyabrdagi ekologiya va turizm sohalariga oid farmonida belgilangan vazifalar, shu jumladan AI-80 markali benzindan bosqichma-bosqich voz kechish bo‘yicha chora-tadbirlar ijrosini monitoring qilish.
✔️Qurilish jarayonlariga cheklovlar va yangi talablarni joriy etish, xususan qurilish vaqtida changni kamaytiruvchi uskunalarni o‘rnatish va boshqa ekologik talablarni belgilash.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
“Yetakchi Camp” 2-mavsum
⚡️ Mahallalardagi eng faol yoshlar yetakchilari Bo‘stonliq tumanida o‘tkazilgan “Yetakchi Camp” o‘quv-seminarida birlashdi.
Besh kun davomida ishtirokchilar, HR menejment, soft skills, loyihalarni boshqarish, nutq madaniyati va sun’iy intellekt kabi yo‘nalishlarda treninglarda qatnashishdi.
Seminar yakunida poytaxtga qaytgan ishtirokchilar bilan Agentlik direktori Alisher Sa’dullayev ochiq muloqot o‘tkazdi.
Batafsil: gov.uz/yoshlar
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
00:34
Video unavailableShow in Telegram
“Yoshlar daftari” tizimi qanday ishlaydi?
⚡️Bundan buyon “Yoshlar daftari” tizimi imkoniyatlardan foydalanishni istagan yoshlar, oldindan qo‘yilgan talablarni bajarishlari shart bo‘ladi. Bu talablarning barchasi shaxsiy rivojlanishga qaratilgan.
Ya’ni yoshlarimiz Mutolaa ilovasida kitob o‘qishlari, Ibrat farzandlari dasturi orqali til o‘rganishlari, o‘qish jarayonida volontyorlik faoliyatida ishtirok etishlari va 5 tashabbus olimpiadalari da faol qatnashib natija ko‘rsatishlari talab etiladi.
✔️Batafsil PF-222-son
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Yoshlar daftari TG.mp413.97 MB
👍 116❤ 36🔥 9🏆 9❤🔥 6
“Xatlov” jarayonini kuchaytirish bo‘yicha o‘quv-seminar
Samarqand shahrida mahallalarda “Xatlov” jarayonini sifatli tashkil etish bo‘yicha “yettilik” tarkibi va tegishli mas’ullarning bilim hamda ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan respublika o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
✅Seminarda Mahallalarda yoshlar bilan ishlash komissiyasi raisi Qahramon Quronboyev va Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev ishtirok etib, mahallalardagi yoshlar bilan ishlashda “yettilik”ning o‘rni, ularning hamkorlikda faoliyat yuritish mexanizmlari hamda dolzarb masalalar yuzasidan ochiq muloqot muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tizimdagi amaliy tajribalar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️1000 nafar yosh maxsus mukofot oladi!
🇺🇿Yoshlar uchun eng muhim dasturlardan biri bo‘lgan “Yoshlar daftari” endi butunlay yangi bosqichga chiqdi. Prezidentimizning yangi Farmoni yoshlar hayotiga katta o‘zgarish olib keladi.
Endilikda “Mutolaa” loyihasi orqali kitob o‘qish, “Ibrat farzandlari” orqali xorijiy tillarni o‘rganish, shuningdek ijtimoiy faollikni oshirish tizimdan foydalanishning asosiy shartlaridan biriga aylandi.
❗️Sodda qilib aytganda: Agar siz “Yoshlar daftari” tizimi orqali yordam olsangiz, ko‘proq kitob o‘qishingiz, tillarni o‘rganishingiz, tanlov va loyihalarda faol bo‘lishingiz talab etiladi.
Eng e’tiborli jihati shuki, ushbu yoshlar orasida eng yaxshi natija ko‘rsatgan 1000 nafarga BHMning 3 baravari miqdorida maxsus pul mukofoti ham beriladi.
✔️Batafsil PF-222-son
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
❤ 108👍 43⚡ 40🕊 10🔥 4
“Yoshlarni eshitamiz” – fikrlar, tahlillar, yangi tashabbuslar!
💬Bugun poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyi an’anaga aylanib ulgurgan yana bir ochiq muloqotga mezbonlik qildi!
Uchrashuvda yoshlar tarbiyasida ijtimoiy tarmoqlarning ta’siri, ijobiy kontentni ko‘paytirish hamda blogerlik madaniyatini shakllantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
✔️Muloqot davomida 30 dan ortiq taklif va tashabbuslar tinglandi. Ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqildi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali kelgan takliflar ham tegishli mas’ullarga biriktirildi.
Bunday uchrashuvlar — yoshlarning fikri qadrlanishi, ularning ijodiy g‘oyalari va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida katta imkoniyat yaratmoqda.
#YoshlarbilanMuloqot
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Ochiq muloqot boshlandi
https://www.youtube.com/watch?v=Ou0QOR7EZlg
❤ 47🔥 14👍 13👌 4❤🔥 2
💭Birozdan so‘ng Yoshlar ijod saroyida yosh kontent yaratuvchilar va jurnalistlar bilan ochiq muloqot boshlanadi.
Muloqotni jonli efir orqali kuzatishingiz, shuningdek, tashabbus va fikrlaringizni izohlarda qoldirishingiz mumkin.
📹 https://www.youtube.com/watch?v=Ou0QOR7EZlg
❤ 40🔥 10👍 6❤🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Yoshlar uchun katta yangilik!
🇺🇿Davlatimiz rahbarining PF–222-son farmoniga ko‘ra, 2026-yildan boshlab “Yoshlar daftari” orqali yordam olish jarayoni butunlay yangilanadi.
1. 2026-yil 1-fevraldan boshlab, “Yoshlar daftari” jamg‘armalaridan yordam oladigan yoshlar bilan ijtimoiy hamkorlik tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
2. Bunda yordam ajratish vaqtida mahalladagi yoshlar yetakchisi va yordam oluvchi yosh o‘rtasida ijtimoiy shartnoma tuziladi.
3. Ijtimoiy shartnomada ta’limni uzliksiz davom ettirish va yuqori darajada o‘zlashtirish, xorijiy tillarni o‘rganish, kitob mutolaa qilish, volontyorlik va o‘z ustida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan shartlar belgilanadi.
4. Ijtimoiy shartnoma shartlarini muntazam ravishda kamida olti oy davomida yuqori darajada bajargan yoshlar quyidagicha rag‘batlantiriladi:
✔️ijtimoiy yordam so‘rab murojaat qilgan vaqtidan qat’i nazar, unga imtiyozli ravishda navbatdan tashqari ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi;
✔️eng yaxshi 1 000 nafar yoshlar har yili bir marta Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga ajratilgan mablag‘lar doirasida bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi;
✔️yoshlarning tashabbuskorligi va faolligini rag‘batlantirishga qaratilgan mukofotlarga tavsiya etiladi.
Bu yangi tizim yoshlar imkoniyatini kengaytirish va ularni faol hayotga jalb qilishga xizmat qiladi.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
❤ 155👍 69❤🔥 17⚡ 5🏆 5
Yoshlar bandligi va mahallalardagi dolzarb masalalar
🇺🇿Kuni kecha davlatimiz rahbari boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda mahallalarda aholi daromadlarini oshirish, kambag‘allik va ishsizlikni kamaytirish, yoshlar bandligini ta’minlash hamda ular uchun yangi imkoniyatlar yaratish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Ushbu vazifalarning amaliy ijrosini jadallashtirish maqsadida Respublika ishchi guruhi Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani hokimligida yoshlar masalalariga mas’ul idora va tashkilot mas’ullari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.
Yig‘ilishda bitiruvchilar bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, mehnat migratsiyasidagi yoshlar bilan tizimli ishlash, jinoyatchilikning oldini olish, oilaviy ajrimlarni kamaytirish va mahalla yettiligi faoliyatini kuchaytirish kabi bir qator masalalar ko‘rib chiqildi.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Respublika komissiyasi Buxoroda
✅Mahallalarda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha Respublika komissiyasi ishchi guruhi navbatdagi o‘rganish ishlarini Buxoro viloyatida boshladi.
Komissiya a’zolari yoshlarning bandligi, kambag‘allikni qisqartirish, ishsizlik va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish jarayonida yoshlarga qulay sharoit yaratilayotgan hududlarda bo‘lib, ular bilan ochiq muloqotlar o‘tkazmoqda.
Dastlab, Kogon tumanida yangi qurilgan Yoshlar markazi faoliyati bilan tanishildi, markazning imkoniyatlari va yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Keyingi manzil Buxoro tumani, “Yangi turmush” mahallasi bo‘ldi. U yerdagi yangi mahalla binosida yoshlar uchun yaratiladigan qo‘shimcha imkoniyatlar muhokama qilindi.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
👍 58❤ 50🏆 10⚡ 6🤩 2
Photo unavailableShow in Telegram
Muloqot formatidan strategik integratsiya sari
🇺🇿Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 7-Maslahat uchrashuvi mintaqa taraqqiyoti uchun yangi bosqich bo‘ldi. Markaziy Osiyo endi nafaqat muloqot maydoni, balki barqarorlik va kelajakni birgalikda belgilaydigan kuchli mintaqaga aylanmoqda.
🗞“Yangi O‘zbekiston” gazetasining navbatdagi sonida Mahallalarda yoshlar masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasi raisi Qahramon Quronboyevning ushbu mavzuga bag‘ishlangan maqolasi chop etildi.
Ushbu maqolani nafaqat mahallalardagi yoshlar yetakchilari, balki barcha yoshlar ham mutolaa qilib chiqishini tavsiya etamiz!
✔️Batafsil: gov.uz/yoshlar
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
❤ 57👍 29🔥 8🎉 1
