Yoshlar.edu.uz
رفتن به کانال در Telegram
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi 🔸Instagram: instagram.com/yoshlar.edu.uz 🔸YouTube: youtube.com/@yoshlareduuz 👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot
نمایش بیشتر2025 سال در اعداد

121 023
مشترکین
-1 06624 ساعت
-7 0647 روز
+15 67830 روز
آرشیو پست ها
#dayjest #Maʼrifat_ulashib
🗣Oliy ta’lim tashkilotlarida o‘tkazilayotgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidagi tadbirlar dayjesti
🏛Oliy taʼlim muassasalarida “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida zamondosh shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar shuningdek, bir qator tadbir va tanlovlar tashkil etilmoqda.
➡️Shahrisabz davlat pedagogika institutida o‘tkazilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasining navbatdagi uchrashuvi maktab o‘quvchilari bilan tashkil etildi. ➡️“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida yurtimizning taniqli ijodkorlari Zulfiya Moʻminova hamda Oygul Ubaydulla qizi Qo‘qon davlat universitetida mehmon bo‘ldi. ➡️O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ijodkorlar Xurshid Davron, Norqobil Jalilov hamda Zilola Xo‘janiyozova ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. ➡️Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida adiblar hamda talaba-yoshlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. ➡️Jizzax politexnika institutida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida institutga biriktirilgan adiblar bilan bir qator tadbirlar o‘tkazildi. ➡️Loyiha doirasida Urganch davlat universitetida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. ➡️Andijon davlat pedagogika institutida o‘tkazilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi tadbirlaridan lavha. ➡️Urganch davlat pedagogika instituti rektori loyiha doirasida institutga tashrif buyurgan ijodkorlar bilan uchrashdi. ➡️Sambhram universitetida taniqli ijodkorlar Shodmon Sulaymon, Ochil Tohir va Olim Toshboyev talabalar bilan samimiy muloqot qilishdi. ➡️O‘zMU Jizzax filialida o‘tkazilgan “Ma’rifat ulashib” ijodiy uchrashuvidan lavha ➡️Urganch innovatsion universitetida loyiha doirasida adabiy tadbirlar tashkil etildi. ➡️Namangan davlat pedagogika institutida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida adabiyot va ma’naviyat ahli bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
6.mp420.14 MB
video_2025-11-24_16-53-40.mp410.76 MB
IMG_7480.MOV11.88 MB
MA'RIFAT ULASHIB LOYIHASI.mp467.12 MB
POLITEX TG.mp428.07 MB
tgm sher.mp436.86 MB
❤ 7🔥 5
Repost from Edu.uz
12:32
Video unavailableShow in Telegram
O‘zbekcha kuylagan yapon yigit
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi Toya Kobayashi o‘zbek tilida bemalol suhbatlashishi, hattoki qo‘shiq kuylashi bilan ko‘pchilikning e’tiborini qozongan yoshlarimizdan biri.
U “Birdamlik elchilari” loyihasida ishtirok etib, do‘stlik, bag‘rikenglik va xalqlar o‘rtasidagi madaniy yaqinlikni qadrlashini ta’kidladi.
“Birdamlik elchilari” – O‘zbekistonda tahsil olayotgan chet ellik talabalar va xorijdagi vatandoshlarimiz hayotiga nazar soluvchi yangi loyiha.
🎞 Yuqori sifatda tomosha qilish
#medialoyiha #talaba_minbari #bagʻrikenglik
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Birlik_elchisi.mp489.89 MB
👍 8❤ 6🔥 5
#maxsus_rakurs
🇺🇿 Haftaning eng muhim voqealari sharhi: Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov Toshkentda muzokara o‘tkazdilar. Davlatimiz rahbari Xitoy tashqi ishlar vaziri va OTB prezidentini qabul qildi. Kambag‘allikni yanada qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash chora-tadbirlari belgilandi.
🇷🇺 Обзор важнейших событий за неделю: Президенты Шавкат Мирзиёев и Сердар Бердымухамедов провели переговоры в Ташкенте. Глава нашего государства принял министра иностранных дел Китая и президента АБР. Определены меры по дальнейшему сокращению бедности и обеспечению занятости населения.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
290.08 MB
50.56 MB
❤ 6🔥 1👏 1
00:53
Video unavailableShow in Telegram
#mutaxassis_tavsiyasi
🗣Kiberxavfsizlik markazi ogohlantiradi!
Firibgarlar yangi usulga o‘tishdi – ular rus tilida gapirishyapti va o‘zlarini bank xodimi yoki tergovchi deb tanishtirishyapti! Qo‘ng‘iroqlar noma’lum raqamlardan, shuningdek Telegram va WhatsApp orqali amalga oshirilmoqda.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
IMG_2068.MP419.06 MB
❤ 5🔥 1🥰 1
Talabalarning kontrakt to‘lovlarini to‘lash muddatlariga o‘zgartirishlar kiritildi
☑️Unga ko‘ra, oliy taʼlim tashkilotlarida kontrakt asosida o‘qish uchun to‘lov quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:🔹to‘lov miqdorining kamida 25 foizi – abituriyentlar uchun 15-sentabrgacha hamda yuqori bosqich talabalari uchun 1-oktabrgacha yoki oliy taʼlim tashkiloti rektori tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha; 🔹to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-martgacha va 100 foizi 1-maygacha yoki oliy taʼlim tashkiloti rektori tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha amalga oshiriladi. ✅Bunda, Davlat komissiyasi yuqoridagi to‘lov muddatlarini uzaytirishi mumkin. 💸 Kontraktdan tushgan mablag‘lar xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarni malakasini oshirish va ularning stajirovka o‘tashlariga sarflanishi mumkin. 💰Shuningdek, oliy taʼlim tashkilotlari o‘z talabalarini ijtimoiy muhofaza qilish doirasida 1 yilda bir talabaga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 6 barobarigacha moddiy yordam ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
❤ 7🔥 1🥰 1
✅ Viktorina
❓Talabalar orasida “kiber madaniyatni yuksaltirish”ning eng samarali yo‘li bu...Anonymous voting
- Jazo choralarini kuchaytirish
- Ta’lim tizimida media savodxonlik va axborot gigiyenasini o‘rgatish
- Internetdan foydalanishni cheklash
- Faqat texnik vositalarni yangilash
🤩 14❤ 12😎 6🎉 2🔥 1
02:01
Video unavailableShow in Telegram
Korrupsiya kelajakka to‘siq🗣Rolikda aks etgan g‘oyalar: Korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga to‘siq ekanligi Halollik, poklik va mas’uliyat tamoyillari Yoshlarning bu jarayonda o‘rni va mas’uliyati Bu kabi tashabbuslar bilimli, vatanparvar, halol va faol yoshlarning yetishib chiqayotganidan dalolat. Ularni qo‘llab-quvvatlaymiz! Jizzax davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan tayyorlangan korrupsiyaga qarshi videorolik
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
video_2025-11-16_13-57-55.mp412.55 MB
❤ 5🎉 3🔥 2
01:24
Video unavailableShow in Telegram
🟥🟥🟥🟩🟩🟩
🗣“Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovi e’lon qilindi
🏛Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi talabalar o‘rtasida “Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlovda barcha oliy ta’lim muassasalarining 10 nafargacha talaba-yoshlaridan tashkil topgan terma jamoalari ishtirok etishlari mumkin.
✔️Tanlov 4 bosqichda o‘tkaziladi:➡️1) fakultetlararo bosqich; ➡️2) hududiy bosqich; ➡️3) yarim final bosqichi; ➡️4) final bosqichi. ☑️Tanlov 3 ta shart: “Milliy an’ana, qadriyat va urf-odatlar”, “Kompozitsion musiqiy chiqishlar” hamda “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” shartlari asosida o‘tkaziladi. ☑️Tanlov g‘olibi bo‘lgan jamoalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi tartibda diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 🥇1-o‘rin – 50 million so‘m; 🥈2-o‘rin – 30 million so‘m; 🥉3-o‘rin – 20 million so‘m. ➡️Tanlov nizomi bilan tanishish ⏺Tanlovning birinchi fakultetlararo bosqichi noyabr oyi davomida o‘tkaziladi. Ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar taʼlim muassasasining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼullariga murojaat qilishi mumkin.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
edit HD.mp47.49 MB
❤ 15👍 5☃ 4
⏳⏳⏳⏳
Bugun 24-noyabr, haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🌏Xalqaro Evolyutsiya kuni
🇺🇸AQSh – Do‘stlar kuni.
🇵🇹Portugaliya - Fan va madaniyat kuni.
#muhim_voqealar
🔹1859 – Charlz Darvinning “Turlarning kelib chiqishi” asari sotuvga chiqdi.
🔹 1927 – Moskva davlat operetta teatrining ochilishi.
🔹1961 – BMT – Atom qurolini tarqatmaslik toʻgʻrisida deklaratsiya qabul qilindi.
🔹2000 – Temuriylar tarixi Davlat muzeyining majlislar zalida “Kamoliddin Behzod va sharq miniatyura san’ati” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
#tavalludlar
🔹1888 – Deyl Karnegi – amerikalik o‘qituvchi, psixolog, yozuvchi.
🔹1957 – Farhod Davletov – xonanda, O‘zbekiston xalq hofizi
🔹1991 – Ruslan Nuriddinov – oʻzbekistonlik ogʻir atletikachi.
🔹1993 – Hande Erchel – turkiyalik aktrisa va model.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
❤ 12👍 8
⏳⏳⏳⏳
Bugun 23-noyabr, haftaning yakshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🌏Butunjahon akvarel kuni.
🌏Xalqaro jazosizlikni tugatish kuni.
🇯🇵Yaponiya – Mehnatga minnatdorchilik kuni.
🇰🇿Qozog‘iston – Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari kuni.
#muhim_voqealar
🔹1831 – Sankt-Peterburgda Rumyansev muzeyi ochildi.
🔹1852 – Angliyada tarixda ilk bor pochta qutilari paydo bo‘ldi.
🔹1957 – Milanda Boris Pasternakning “Doktor Jivago” romani chop etildi.
🔹1993 – Toshkentdagi Respublika O‘qituvchilar Uyi qoshida O‘zbekiston Xalq ta’limi tarixi muzeyi ochildi.
#tavalludlar
🔹1527 – Li Chji – xitoylik faylasuf, tarixchi, yozuvchi va adabiyotshunos.
🔹1705 – Tomas Birx – ingliz tarixchisi.
🔹1908 – Nikolay Nosov – bolalar yozuvchisi, dramaturg, ssenariynavis.
🔹1914 – Krishan Chandar – hind yozuvchisi va jamoat arbobi, hozirgi zamon urdu adabiyotining yirik vakili.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
❤ 12🔥 5👍 2
✅ Viktorina
❓“Doxing” hujumi deganda nima tushuniladi?Anonymous voting
- Foydalanuvchi haqidagi shaxsiy ma’lumotlarni oshkor etish
- Kompyuterni tezlashtirish
- Soxta reklama joylashtirish
- Internet o‘chirish
🎉 21❤ 16😎 9👍 2⚡ 1
00:41
Video unavailableShow in Telegram
💧Suvni borida qadrlang: Har bir tomchi hayot demakdir
♦️Suv– bu hayot. Uning har bir tomchisi o‘zida hayotni, poklikni, barakani mujassam etadi. Biz suvdan har kuni foydalanamiz: ichamiz, yuvinamiz, ovqat pishiramiz, dalamizni sug‘oramiz. Ammo ko‘p hollarda bu ne’matning qanchalik qadrli ekanini anglamaymiz.
♦️Bugun yer yuzining ko‘plab hududlarida toza ichimlik suvi taqchilligi muammo bo‘lib qolmoqda. Suv resurslari cheklangan, global isish va iqlim o‘zgarishlari bu muammoni yanada chuqurlashtirmoqda. Shunday ekan, suvni isrof qilmaslik – har birimizning insoniy burchimizdir.
✅ Suvni tejash uchun oddiy, ammo muhim qadamlar:
➡️Keraksizcha kranni ochiq qoldirmang.
➡️Avtomatik sug‘orish tizimlaridan foydalaning.
➡️Yuvinishda va idish-tovoq yuvishda suv sarfini nazorat qiling.
➡️Teshilgan quvurlarni o‘z vaqtida
“Suvni borida qadrlang – yo‘qligida kech bo‘lishi mumkin.”
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
IMG_3471.MP426.48 MB
❤ 11🔥 4🤝 3👍 1
⏳⏳⏳⏳
Bugun 22-noyabr, haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🇺🇳BMT – O‘g‘il farzandlar kuni.
🌏Lug‘atlar va ensiklopediyalar kuni.
🇦🇲Armaniston – Bank xodimlari kuni.
🇷🇺Rossiya – Psixologlar kuni.
#muhim_voqealar
🔹1946 – Angliyada sharikli ruchkalar ilk bor sotuvga chiqdi.
🔹1986 – Mayk Tayson boks bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi.
🔹2008 – Mars sayyorasida muzlagan suv parchasi topildi.
#tavalludlar
🔹1787 – Rasmus Rask – daniyaliik tilshunos olim.
🔹1819 – Jorj Eliot – ingliz shoiri.
🔹1877 – Joan Gamper – Barselona futbol jamoasi asoschisi.
🔹 1911 – Asror Jo‘rayev – O‘zbekiston xalq artisti.
🔹1986 – Dilnoza Kubayeva – o‘zbek kino va teatr aktrisasi.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
❤ 15🔥 2👏 1
#dayjest
🗣“Kibermadaniyatni yuksaltirish” oyligi doirasidagi tadbirlar dayjesti
✅Yurtimiz oliy ta’lim muassasalarida “Kibermadaniyatni yuksaltirish” oyligi doirasida targ‘ibot tadbirlari, axborot xavfsizligi bo‘yicha ma’rifiy uchrashuv va tanlovlar o‘tkazilmoqda. Bu kabi tadbirlar yoshlarning raqamli savodxonligini oshirish hamda axborot xurujlariga qarshi kurashish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
➡️Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng ko‘lamli profilaktik tadbirlari doirasidagi profilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tdi. ➡️Jizzax politexnika instituti talabalar turar joyida talaba-yoshlar o‘rtasida “Internet tarmoqlaridan xavfsiz foydalanaman” mavzusida “Eng yaxshi she’r” tanlovi o‘tkazildi. ➡️Samarqand davlat universitetida kibermadaniyat oyligi doirasida “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. ➡️Farg‘ona davlat texnika universitetida “Kibermadaniyat va kibergigiyena” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi. ➡️Buxoro davlat universitetida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida xodimlar o‘rtasida keng qamrovli targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. ➡️Termiz iqtisodiyot va servis universitetida kibermadaniyat oyligi munosabati bilan talaba-yoshlar o‘rtasida axborot xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan qator profilaktik va ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. ➡️Toshkent axborot texnologiyalari universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida chellenj va targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. ➡️Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida “Kibermadaniyat va kibergigiyena oyligi” doirasida uchrashuvlar o‘tkazildi. ➡️Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari o‘rtasida “Internet tarmog‘idan xavfsiz foydalanaman” shiori ostida ma’rifiy davra suhbatlari tashkil etildi. ➡️Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Digital xavfsizlik – yangi avlodning mas’uliyati” tanlovi g‘oliblari aniqlanmoqda.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Farg‘ona_davlat_texnika_universitetida_kibermadaniyatni_yuksaltirish.mp446.75 MB
❤ 7👍 4👏 1
Repost from Edu.uz
01:45
Video unavailableShow in Telegram
نمایش همه...
Besh_tashabbus.mp430.17 MB
❤ 6🔥 1
✅ Viktorina
❓“Kiber jinoyat”larga misol bo‘la oladi:Anonymous voting
- Onlayn kitob o‘qish
- Ma’lumot o‘g‘irlash, virus yuborish, soxta hisob yaratish
- Yangi dastur o‘rganish
- Video dars tayyorlash
😁 47🏆 11😎 9☃ 4👍 3
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#Vazirlar_murojaati
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining yoshlar, ota-onalar hamda pedagoglarni giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlaridan ogohlikka chaqirishga qaratilgan
QOʻSHMA MUROJAATI ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ
Qadrli yoshlar, mehribon ota-onalar va muhtaram ustozlar!
Farzand — insonning dunyodagi eng aziz neʼmati. Ota-ona boʻlish juda katta baxt. Shuning uchun ota-ona bolasini koʻz qorasiday asraydi, himoya qiladi. Bolasiga yaqinlashgan har qanday balodan himoya qilish uchun koʻksini qalqon qiladi. Maʼnaviyatli oʻgʻil-qizlar buni yaxshi bilgan holda aziz ota-onalarini boshlariga koʻtarib, ardoqlaydilar.
Azizlar!
Bu zamonda yoshlarga koʻz tikkan tahdidlar koʻp. Shulardan biri– giyohvandlik balosi. Ming afsuski, mamlakatimizda ham ayrim yoshlar bilib yoki bilmay, vaqtinchalik “zavq” izlab yoxud oson pul topay, deb bu illatga aralashib qolib, oʻzlarining kelajagini barbod qilmoqdalar. Bolalarimizni bu balodan himoya qilishga otlanaylik. Aks holda u yoshlarimizning nafaqat sogʻligini, balki boʻlajak oilalarni, hattoki butun jamiyat kelajagini barbod qiladi. Shunday ekan, har birimiz bu illatga qarshi qatʼiy va birlashgan holda kurashishimiz zarur.
Ardoqli yoshlar!
Sizdagi sogʻlom fikr, kuchli iroda, bilimga tashnalik — mamlakatimiz kelajagining asosidir. Hech qachon “bir marta sinab koʻraman” deb o‘zingizni aldamang. Giyohvand moddalar hayotingizni kemiruvchi zahar, ertangi orzularni oʻgʻirlovchi illat ekanligini unutmang. Giyohvandlik hamda narkojinoyatchilik har bir insonga va oilasiga baxtsizlik olib keladi. Butun jamiyatning osoyishtaligiga putur yetkazadi.
Hurmatli ota-onalar!
Farzandlarimizga eʼtiborli boʻlaylik! Ularga har kuni g‘amxo‘rlik va mehr koʻrsataylik. Ular bilan ochiq muloqot qilaylik, tinglaylik va muammolaridan boxabar boʻlaylik. Yoshlarga yaxshi fazilatlarni oʻrgatib, yomon odatlarni tark etishni, shuningdek, toʻgʻri va notoʻgʻri ishlarni farqlashni oʻrgataylik. Ularning qalbida mehr, ishonch va maʼnaviyat boʻlsa, hech qachon to‘g‘ri yo‘ldan adashmaydilar.
Jigarbandlarimizni giyohvandlik balosidan asrashimiz uchun barchamiz ogoh va hushyor boʻlib, birgalikda kurashishimiz lozim.
Muhtaram ustozlar!
Yosh avlodni tarbiyalashda sizning rolingiz beqiyos. Taʼlim muassasalarida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, giyohvandlikning salbiy oqibatlarini yoshlar ongiga yetkazish — bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Har bir dars, har bir suhbat yosh qalbda sogʻlom fikr va masʼuliyat tuygʻusini uygʻotishi lozim. Shogirdlarimizni oʻz farzandlarimizdek asrashimiz lozim!
Barchamiz birlashaylik! Мillat xoinlari boʻlmish narkojinoyatchilarga murosasiz va keskin munosabatda boʻlib, ularga qarshi kurashishda huquqni muhofaza qilish organlariga faol koʻmaklashaylik.
❗️Unutmang! Oʻzbekistonning tinch va sogʻlom kelajagi – har birimizning bugungi hamjihatligimiz va qatʼiy harakatimizga bogʻliq!
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 7🥰 1
