Yoshlar.edu.uz
Kanalga Telegram’da o‘tish
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi 🔸Instagram: instagram.com/yoshlar.edu.uz 🔸YouTube: youtube.com/@yoshlareduuz 👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot
Ko'proq ko'rsatish2025 yil raqamlarda

121 261
Obunachilar
-1 06624 soatlar
-7 0647 kunlar
+15 67830 kunlar
Postlar arxiv
01:24
Video unavailableShow in Telegram
🟥🟥🟥🟩🟩🟩
🗣“Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovi e’lon qilindi
🏛Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi talabalar o‘rtasida “Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlovda barcha oliy ta’lim muassasalarining 10 nafargacha talaba-yoshlaridan tashkil topgan terma jamoalari ishtirok etishlari mumkin.
✔️Tanlov 4 bosqichda o‘tkaziladi:➡️1) fakultetlararo bosqich; ➡️2) hududiy bosqich; ➡️3) yarim final bosqichi; ➡️4) final bosqichi. ☑️Tanlov 3 ta shart: “Milliy an’ana, qadriyat va urf-odatlar”, “Kompozitsion musiqiy chiqishlar” hamda “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” shartlari asosida o‘tkaziladi. ☑️Tanlov g‘olibi bo‘lgan jamoalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi tartibda diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 🥇1-o‘rin – 50 million so‘m; 🥈2-o‘rin – 30 million so‘m; 🥉3-o‘rin – 20 million so‘m. ➡️Tanlov nizomi bilan tanishish ⏺Tanlovning birinchi fakultetlararo bosqichi noyabr oyi davomida o‘tkaziladi. Ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar taʼlim muassasasining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼullariga murojaat qilishi mumkin.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
edit HD.mp47.49 MB
❤ 15👍 5☃ 4
⏳⏳⏳⏳
Bugun 24-noyabr, haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🌏Xalqaro Evolyutsiya kuni
🇺🇸AQSh – Do‘stlar kuni.
🇵🇹Portugaliya - Fan va madaniyat kuni.
#muhim_voqealar
🔹1859 – Charlz Darvinning “Turlarning kelib chiqishi” asari sotuvga chiqdi.
🔹 1927 – Moskva davlat operetta teatrining ochilishi.
🔹1961 – BMT – Atom qurolini tarqatmaslik toʻgʻrisida deklaratsiya qabul qilindi.
🔹2000 – Temuriylar tarixi Davlat muzeyining majlislar zalida “Kamoliddin Behzod va sharq miniatyura san’ati” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
#tavalludlar
🔹1888 – Deyl Karnegi – amerikalik o‘qituvchi, psixolog, yozuvchi.
🔹1957 – Farhod Davletov – xonanda, O‘zbekiston xalq hofizi
🔹1991 – Ruslan Nuriddinov – oʻzbekistonlik ogʻir atletikachi.
🔹1993 – Hande Erchel – turkiyalik aktrisa va model.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
❤ 12👍 8
⏳⏳⏳⏳
Bugun 23-noyabr, haftaning yakshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🌏Butunjahon akvarel kuni.
🌏Xalqaro jazosizlikni tugatish kuni.
🇯🇵Yaponiya – Mehnatga minnatdorchilik kuni.
🇰🇿Qozog‘iston – Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari kuni.
#muhim_voqealar
🔹1831 – Sankt-Peterburgda Rumyansev muzeyi ochildi.
🔹1852 – Angliyada tarixda ilk bor pochta qutilari paydo bo‘ldi.
🔹1957 – Milanda Boris Pasternakning “Doktor Jivago” romani chop etildi.
🔹1993 – Toshkentdagi Respublika O‘qituvchilar Uyi qoshida O‘zbekiston Xalq ta’limi tarixi muzeyi ochildi.
#tavalludlar
🔹1527 – Li Chji – xitoylik faylasuf, tarixchi, yozuvchi va adabiyotshunos.
🔹1705 – Tomas Birx – ingliz tarixchisi.
🔹1908 – Nikolay Nosov – bolalar yozuvchisi, dramaturg, ssenariynavis.
🔹1914 – Krishan Chandar – hind yozuvchisi va jamoat arbobi, hozirgi zamon urdu adabiyotining yirik vakili.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
❤ 12🔥 5👍 2
✅ Viktorina
❓“Doxing” hujumi deganda nima tushuniladi?Anonymous voting
- Foydalanuvchi haqidagi shaxsiy ma’lumotlarni oshkor etish
- Kompyuterni tezlashtirish
- Soxta reklama joylashtirish
- Internet o‘chirish
🎉 21❤ 16😎 9👍 2⚡ 1
00:41
Video unavailableShow in Telegram
💧Suvni borida qadrlang: Har bir tomchi hayot demakdir
♦️Suv– bu hayot. Uning har bir tomchisi o‘zida hayotni, poklikni, barakani mujassam etadi. Biz suvdan har kuni foydalanamiz: ichamiz, yuvinamiz, ovqat pishiramiz, dalamizni sug‘oramiz. Ammo ko‘p hollarda bu ne’matning qanchalik qadrli ekanini anglamaymiz.
♦️Bugun yer yuzining ko‘plab hududlarida toza ichimlik suvi taqchilligi muammo bo‘lib qolmoqda. Suv resurslari cheklangan, global isish va iqlim o‘zgarishlari bu muammoni yanada chuqurlashtirmoqda. Shunday ekan, suvni isrof qilmaslik – har birimizning insoniy burchimizdir.
✅ Suvni tejash uchun oddiy, ammo muhim qadamlar:
➡️Keraksizcha kranni ochiq qoldirmang.
➡️Avtomatik sug‘orish tizimlaridan foydalaning.
➡️Yuvinishda va idish-tovoq yuvishda suv sarfini nazorat qiling.
➡️Teshilgan quvurlarni o‘z vaqtida
“Suvni borida qadrlang – yo‘qligida kech bo‘lishi mumkin.”
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
IMG_3471.MP426.48 MB
❤ 11🔥 4🤝 3👍 1
⏳⏳⏳⏳
Bugun 22-noyabr, haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🇺🇳BMT – O‘g‘il farzandlar kuni.
🌏Lug‘atlar va ensiklopediyalar kuni.
🇦🇲Armaniston – Bank xodimlari kuni.
🇷🇺Rossiya – Psixologlar kuni.
#muhim_voqealar
🔹1946 – Angliyada sharikli ruchkalar ilk bor sotuvga chiqdi.
🔹1986 – Mayk Tayson boks bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi.
🔹2008 – Mars sayyorasida muzlagan suv parchasi topildi.
#tavalludlar
🔹1787 – Rasmus Rask – daniyaliik tilshunos olim.
🔹1819 – Jorj Eliot – ingliz shoiri.
🔹1877 – Joan Gamper – Barselona futbol jamoasi asoschisi.
🔹 1911 – Asror Jo‘rayev – O‘zbekiston xalq artisti.
🔹1986 – Dilnoza Kubayeva – o‘zbek kino va teatr aktrisasi.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
❤ 15🔥 2👏 1
#dayjest
🗣“Kibermadaniyatni yuksaltirish” oyligi doirasidagi tadbirlar dayjesti
✅Yurtimiz oliy ta’lim muassasalarida “Kibermadaniyatni yuksaltirish” oyligi doirasida targ‘ibot tadbirlari, axborot xavfsizligi bo‘yicha ma’rifiy uchrashuv va tanlovlar o‘tkazilmoqda. Bu kabi tadbirlar yoshlarning raqamli savodxonligini oshirish hamda axborot xurujlariga qarshi kurashish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
➡️Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng ko‘lamli profilaktik tadbirlari doirasidagi profilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tdi. ➡️Jizzax politexnika instituti talabalar turar joyida talaba-yoshlar o‘rtasida “Internet tarmoqlaridan xavfsiz foydalanaman” mavzusida “Eng yaxshi she’r” tanlovi o‘tkazildi. ➡️Samarqand davlat universitetida kibermadaniyat oyligi doirasida “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. ➡️Farg‘ona davlat texnika universitetida “Kibermadaniyat va kibergigiyena” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi. ➡️Buxoro davlat universitetida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida xodimlar o‘rtasida keng qamrovli targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. ➡️Termiz iqtisodiyot va servis universitetida kibermadaniyat oyligi munosabati bilan talaba-yoshlar o‘rtasida axborot xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan qator profilaktik va ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. ➡️Toshkent axborot texnologiyalari universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida chellenj va targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. ➡️Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida “Kibermadaniyat va kibergigiyena oyligi” doirasida uchrashuvlar o‘tkazildi. ➡️Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari o‘rtasida “Internet tarmog‘idan xavfsiz foydalanaman” shiori ostida ma’rifiy davra suhbatlari tashkil etildi. ➡️Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Digital xavfsizlik – yangi avlodning mas’uliyati” tanlovi g‘oliblari aniqlanmoqda.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Farg‘ona_davlat_texnika_universitetida_kibermadaniyatni_yuksaltirish.mp446.75 MB
❤ 7👍 4👏 1
Repost from Edu.uz
01:45
Video unavailableShow in Telegram
Hammasini ko'rsatish...
Besh_tashabbus.mp430.17 MB
❤ 6🔥 1
✅ Viktorina
❓“Kiber jinoyat”larga misol bo‘la oladi:Anonymous voting
- Onlayn kitob o‘qish
- Ma’lumot o‘g‘irlash, virus yuborish, soxta hisob yaratish
- Yangi dastur o‘rganish
- Video dars tayyorlash
😁 47🏆 11😎 9☃ 4👍 3
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#Vazirlar_murojaati
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining yoshlar, ota-onalar hamda pedagoglarni giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlaridan ogohlikka chaqirishga qaratilgan
QOʻSHMA MUROJAATI ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ
Qadrli yoshlar, mehribon ota-onalar va muhtaram ustozlar!
Farzand — insonning dunyodagi eng aziz neʼmati. Ota-ona boʻlish juda katta baxt. Shuning uchun ota-ona bolasini koʻz qorasiday asraydi, himoya qiladi. Bolasiga yaqinlashgan har qanday balodan himoya qilish uchun koʻksini qalqon qiladi. Maʼnaviyatli oʻgʻil-qizlar buni yaxshi bilgan holda aziz ota-onalarini boshlariga koʻtarib, ardoqlaydilar.
Azizlar!
Bu zamonda yoshlarga koʻz tikkan tahdidlar koʻp. Shulardan biri– giyohvandlik balosi. Ming afsuski, mamlakatimizda ham ayrim yoshlar bilib yoki bilmay, vaqtinchalik “zavq” izlab yoxud oson pul topay, deb bu illatga aralashib qolib, oʻzlarining kelajagini barbod qilmoqdalar. Bolalarimizni bu balodan himoya qilishga otlanaylik. Aks holda u yoshlarimizning nafaqat sogʻligini, balki boʻlajak oilalarni, hattoki butun jamiyat kelajagini barbod qiladi. Shunday ekan, har birimiz bu illatga qarshi qatʼiy va birlashgan holda kurashishimiz zarur.
Ardoqli yoshlar!
Sizdagi sogʻlom fikr, kuchli iroda, bilimga tashnalik — mamlakatimiz kelajagining asosidir. Hech qachon “bir marta sinab koʻraman” deb o‘zingizni aldamang. Giyohvand moddalar hayotingizni kemiruvchi zahar, ertangi orzularni oʻgʻirlovchi illat ekanligini unutmang. Giyohvandlik hamda narkojinoyatchilik har bir insonga va oilasiga baxtsizlik olib keladi. Butun jamiyatning osoyishtaligiga putur yetkazadi.
Hurmatli ota-onalar!
Farzandlarimizga eʼtiborli boʻlaylik! Ularga har kuni g‘amxo‘rlik va mehr koʻrsataylik. Ular bilan ochiq muloqot qilaylik, tinglaylik va muammolaridan boxabar boʻlaylik. Yoshlarga yaxshi fazilatlarni oʻrgatib, yomon odatlarni tark etishni, shuningdek, toʻgʻri va notoʻgʻri ishlarni farqlashni oʻrgataylik. Ularning qalbida mehr, ishonch va maʼnaviyat boʻlsa, hech qachon to‘g‘ri yo‘ldan adashmaydilar.
Jigarbandlarimizni giyohvandlik balosidan asrashimiz uchun barchamiz ogoh va hushyor boʻlib, birgalikda kurashishimiz lozim.
Muhtaram ustozlar!
Yosh avlodni tarbiyalashda sizning rolingiz beqiyos. Taʼlim muassasalarida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, giyohvandlikning salbiy oqibatlarini yoshlar ongiga yetkazish — bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Har bir dars, har bir suhbat yosh qalbda sogʻlom fikr va masʼuliyat tuygʻusini uygʻotishi lozim. Shogirdlarimizni oʻz farzandlarimizdek asrashimiz lozim!
Barchamiz birlashaylik! Мillat xoinlari boʻlmish narkojinoyatchilarga murosasiz va keskin munosabatda boʻlib, ularga qarshi kurashishda huquqni muhofaza qilish organlariga faol koʻmaklashaylik.
❗️Unutmang! Oʻzbekistonning tinch va sogʻlom kelajagi – har birimizning bugungi hamjihatligimiz va qatʼiy harakatimizga bogʻliq!
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 7🥰 1
⏳⏳⏳⏳
Bugun 21-noyabr, haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🇺🇳Butunjahon televideniye kuni.
🌏Butunjahon baliq sanoati kuni.
🌏Musiqasiz kun.
🌏Xalqaro salomlashish kuni.
🇪🇨Venesuela – Talabalar kuni.
#muhim_voqealar
🔹1404 – Ispaniya elchisi Rui Gonzales de Klavixo Samarqanddan jo‘nab ketdi.
🔹1783 – Parijda havo sharining ilk parvozi amalga oshirildi.
🔹1877 – Tomas Edison fonografni ixtiro qildi.
🔹1969 – Internetning dunyoga kelishi: Kaliforniya universiteti va Stenford tadqiqotlar instituti o‘rtasida ilk ARPANET tarmog‘i ishga tushirildi.
🔹2017 – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotini ta‘sis etish to‘g‘risida” gi qarori qabul qilindi.
#tavalludlar
🔹1694 – Volter – fransuz yozuvchisi va faylasufi.
🔹1910 – Izzat Sulton – o‘zbek dramaturgi, adabiyotshunos olim.
🔹1948 – Asrol Muxtorov – ganchkor usta, naqqosh, Oʻzbekiston xalq ustasi
🔹1985 – Xesus Navas – ispaniyalik futbolchi, jahon chempioni.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
❤ 22👏 4🥰 3
Photo unavailableShow in Telegram
😚😋😛😝
🏛 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamda IIV tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida sodir etiladigan huquqbuzarlik va jinoyatlarning sabablari, shart-sharoitlari va omillarini chuqur tahlil qilish mqasadida oliy ta’lim tashkilotlari talaba-yoshlari o‘rtasida anonim so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
✅ Barchangizdan befarq bo‘lmagan holda, ushbu so‘rovnomada faol ishtirok etishingizni so‘rab qolamiz.
➡️ So‘rovnomada ishtirok etish⬅️
➡️ So‘rovnomada ishtirok etish⬅️
❤ 4🔥 3🎉 2🎄 1
Photo unavailableShow in Telegram
🖌 Mushoira klubi a’zolari diqqatiga!
🇺🇿O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Do‘stlik” ordeni sohibi Bobur Bobomurod bilan ijodiy uchrashuv!!!
✏️Bobur Bobomurod bilan she’riyat olamiga sayohat qilamiz:
↪️Ustoz bilan shaxsiy suhbat va tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ling. ↪️Hayot va ijod yo‘lidan savol-javoblar. ↪️Ustoz she’riyat va san’atga oid yillar davomida to‘plangan bilimlarini biz bilan baham ko‘radilar.🕖 Vaqt: 22-noyabr (shanba) soat 10:00 📌 Manzil: TDIU Moliya kampusi, 11-bino, Konferensiyalar zali
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
❤ 10👍 2🔥 2
✅ Viktorina
❓“Kiberbulling” deganda nima tushuniladi?Anonymous voting
- Internetda sport o‘yinlari o‘tkazish
- Tarmoqlarda kimnidir tahqirlash, haqoratlash yoki kamsitish
- Onlayn reklama joylashtirish
- Xabar yuborish madaniyati
⚡ 15❤ 7🔥 6🤩 4😁 3
