uz
Feedback
Edu.uz

Edu.uz

Kanalga Telegram’da o‘tish

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali gov.uz/edu instagram.com/eduuzofficial facebook.com/eduuzofficial youtube.com/eduuz devonxona@edu.uz Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy Ishonch raqami: 1006

Ko'proq ko'rsatish
2025 yil raqamlardasnowflakes fon
card fon
130 794
Obunachilar
-13524 soatlar
-1 1407 kunlar
-3 41530 kunlar
Postlar arxiv
Kasbiy ta’limda xalqaro standartlar: “Ausbildung” bo‘yicha bajarilgan ishlar muhokama qilindi 26-noyabr kuni Kasbiy ta’lim agentligi direktori Azimjon Husanov Germaniyaning “Askania Bildung” kompaniyasi rahbari Jung Ingo bilan uchrashdi. Tomonlar texnikumlarda joriy etilgan “Ausbildung” tizimi bo‘yicha bajarilgan ishlar va kelgusidagi rejalarni muhokama qildi. Qayd etilganidek, bugungi kunga kelib 6 ta texnikumda mazkur xalqaro kasbiy ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yilib, 4 ta kasb bo‘yicha o‘quv dasturlari tasdiqlandi va jami 1 132 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Uchrashuv yakunida o‘quv jarayonini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilarning Germaniyada ta’limni davom ettirishi uchun zarur tashkiliy choralarni ko‘rish belgilab olindi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
10👍 8🔥 2
QS tashkiloti bilan aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi 26-noyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov QS Quacquarelli Symonds kompaniyasi prezidenti va Boshqaruv kengashi raisi Nunzio Quacquarelli hamda tashkilotning mintaqaviy direktori Sergey Xristolyubov bilan uchrashdi. Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktori Baxtiyor Yoʻldoshev ham ishtirok etdi. Uchrashuvda Central Asian Universitetida oʻtkazilgan QS Eurasia Forum 2025 natijalari muhokama qilindi. Forumning mamlakatimiz uchun ahamiyati, xususan, hamkorlikni yanada mustahkamlash, Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalarining global miqyosdagi tan olinishi va raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilayotgani alohida taʼkidlandi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/105658 #QS #xalqaro_hamkorlik
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
👏 10 8👍 3🤔 3😁 2
Photo unavailableShow in Telegram
#eʼlon #kasbiy_taʼlim #attestatsiya
⚡️Attestatsiyadan o‘tadigan texnikum va akademik litsey o‘qituvchilari diqqatiga❗️
🔰Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti tomonidan O‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan o‘tkazish jarayoniga oid o‘quv adabiyotlari hamda sinov materiallari spetsifikatsiyasi ishlab chiqilib, tasdiqlandi. Ushbu 153 ta metodik majmua pedagoglarning attestatsiya jarayoniga puxta tayyorgarlik ko‘rishlarini ta’minlashga xizmat qiladi. ➡️Mazkur o‘quv adabiyotlari va sinov materiallari spetsifikatsiyasi malaka toifasini olish uchun o‘tkaziladigan attestatsiya imtihonlarida ishtirok etuvchi nomzodlar uchun tavsiyaviy manba bo‘lib, ularning bilim hamda pedagogik kompetensiyalarini baholash mezonlariga mos tayyorgarlik ko‘rishga ko‘mak beradi. Metodik majmualar 👉 bu yerda
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
11👍 7😁 2
Photo unavailableShow in Telegram
🏛 O‘zbek-Fransuz universiteti tashkil etiladi “O‘zbek-Fransuz universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–354-son, 26.11.2025-y.) qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, O‘zbek-Fransuz universiteti tashkil etiladi. Universitet o‘z faoliyatini O‘zbekiston qonunchiligi talablari hamda Fransiya universitetlari konsorsiumi tavsiyalari asosida amalga oshiradi. Universitetda dastlabki bosqichda magistratura, keyinchalik bosqichma-bosqich bakalavriat va doktoranturada kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, Universitetga kirish uchun tayyorlov kursi joriy etiladi. Ta’lim jarayoni maqsadli davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Bitiruvchilarga Universitet diplomi va (yoki) Fransiya Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim dasturlari bo‘yicha konsorsium tarkibiga kirgan tegishli Fransiya universitetining diplomi beriladi. Bunda bitiruvchilarga berilgan diplom O‘zbekiston Respublikasida tan olinadi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
👍 26 9🔥 2
Repost from TgId: 1348554505
Photo unavailableShow in Telegram
Ertaga "Ipak yo‘lida turizm" 30-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi ochiladi! Markaziy Osiyodagi eng katta turizm tadbiriga qo'shiling! 📝 Ro‘yxatdan o‘tish 🗓 27-noyabr soat 11:00 📍 CAEx - Asosiy sahnaTomorrow, the anniversary 30th Tashkent International Tourism Fair “Tourism on the Silk Road” will open! Join the largest tourism event in the Central Asia! 📝 Registration 🗓 November 27, at 11:00 📍 CAEx - Main stageУже завтра откроется юбилейная 30-я Ташкентская международная туристическая ярмарка! Присоединяйтесь к крупнейшему событию туризма в Центральной Азии! 📝 Регистрация 🗓 27 ноября в 11:00 📍 CAEx - Главная сцена Facebook | Instagram | X | YouTube | LinkedIn
Hammasini ko'rsatish...
👍 7 5🤔 1
01:35
Video unavailableShow in Telegram
#Tabiatni_asraylik #Biz_befarq_emasmiz Toshkent kimyo-texnologiya institutida ekologik muhitni sog‘lomlashtirish hamda atmosferaga zararli chang zarralarining tarqalishini oldini olish maqsadida Eko-volontyorlar tomonidan bir qator amaliy tadbirlar o‘tkazildi. Hududdagi yo‘laklar, piyodalar yo‘nalishlari va yashil maydonlar maxsus texnika yordamida namlantirildi, suv purkagich tizimlari ishga tushirilib, gulzorlar sug‘orildi. Mazkur tashabbuslar talaba-yoshlar ortasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, yashil hududlarni asrash va sog‘lom muhit yaratishga qaratilgan.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
IMG_3031.MP434.66 MB
🔥 8 5👍 4
Vazir SamDAQUning yangi oʻquv binosida boʻldi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining yangi oʻquv binosiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida vazir yangi infratuzilma, oʻquv jarayoni uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, ilmiy muhit va professor-oʻqituvchilar hamda talabalar uchun imkoniyatlar bilan tanishdi. Shuningdek, talaba-yoshlar bilan suhbat oʻtkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Universitetning yangi binosi 0,7 gektar hududda barpo etilgan boʻlib, umumiy maydoni 27 853 kvadrat metrni tashkil qiladi. Bino 6 qavatdan iborat va 104 ta oʻquv xonasi, oshxona, faollar zali hamda 350 oʻrinli kutubxonani oʻz ichiga oladi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/105536 #talabaga_qulaylik #moddiy_texnik_baza #SamDAQU
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
👍 19 7🔥 4👏 4
Photo unavailableShow in Telegram
#XUSHXABAR Javohir Sindarov shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi g‘olibi! Javohir shu paytgacha FIDE Jahon kubogini yutgan eng yosh chempion bo‘lib tarixga kirdi! Barchangizni g’alaba bilan tabriklaymiz!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
👏 102👍 44 17🔥 6😱 2
07:46
Video unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyevga Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining yangi qurilgan binosi haqida axborot berildi #tashrif #Samarqand #talabaga_qulaylik
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
4.mp496.71 MB
👏 9 3👍 2🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
📣 “Hokim sovrini” olimpiadasida ishtirok eting! Barcha umumtaʼlim maktablari, akademik litsey, texnikumlarning matematika hamda fizika fani o‘qituvchilarini Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi shafeligidagi olimpiadaga chorlaymiz. 🏆 Eng yuqori natija ko‘rsatgan 1-, 2- va 3-o‘rin sohiblari uchun Finlandiya va Shvetsiyada xorijiy stajirovka (Barcha xarajatlar to‘liq qoplab beriladi) tashkil etiladi. 📌 Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish: @tasimo3_bot @tasimo2_bot @tasimo1_bot @tasimo_bot 📌 YO‘RIQNOMA ✍️ Batafsil maʼlumot
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
21👍 6🔥 3🥰 1
01:46
Video unavailableShow in Telegram
❗️Changdan himoyalanish uchun shifokor tavsiyalari Oliy toifali shifokor, allergolog, Xushnud Ahmedov: 1️⃣ Zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmaslik lozim. 2️⃣ Iloji boricha paxta matoli niqob taqish tavsiya etiladi. 3️⃣ Tashqaridan kelgandan keyin burun, halqum, tomoqni iliq suv bilan chayib tashlash lozim. Shuningdek, shifokor ko‘proq dush qabul qilishni va ochiq tabiatda jismoniy mashqlarni vaqtincha cheklash kerakligini ta’kidladi.
“Ayniqsa, nafas yo‘llari kasalliklari bor bo‘lgan bemorlar o‘zini ehtiyot qilishi kerak. Shu bilan birga, uyda havo tozalovchi filtrlardan foydalanish, havo namligini me’yorida ushlash va ko‘proq iliq holatdagi suyuqlik ichish lozim”, - dedi shifokor.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
chang himoya tgg.mp417.11 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#Muhim ⚡️ 2025-YIL 2-OCHIQ STIPENDIYA TANLOVIGA HUJJAT TOPSHIRGAN NOMZODLAR DIQQATIGA! Platformaga yuklangan hujjatlarda kamchiliklar aniqlangan nomzodlarga bu haqda platforma orqali bildirishnoma yuboriladi. Qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish va hujjatlarni tahrirlash imkoniyati 2025-yil 26-noyabr 23:59 ga qadar taqdim etiladi. ❗️Eslatma: nomzodlarga platformadagi shaxsiy profillari orqali yuborilayotgan bildirishnomalarni muntazam ravishda tekshirib borish tavsiya etiladi. 🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
Hammasini ko'rsatish...
16👍 4🔥 1
Jizzax politexnika institutida tashkil etilgan Muhandislik maktabi transport sohasida yuqori malakali muhandislar tayyorlashga xizmat qiladi Bugungi kunda mazkur Muhandislik maktabi muhandis va texnologlarning yangi avlodini shakllantirishning maydoniga aylangan. Bu yerda transport sohasida tahsil olayotgan 4 ta ta’lim yo‘nalishidan 30 nafar talaba BYD talabi hamda takliflari asosida tahsil oladilar. Bunda zavod bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri dual ta’lim tizimi ham yo‘lga qo‘yilgan. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/105311 #muhandislik #dual_taʼlim
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
14.21 MB
20👍 5🔥 1👏 1🎉 1
00:53
Video unavailableShow in Telegram
#Tabiatni_asraylik #Biz_befarq_emasmiz 🌱 Transport universiteti ekologik vaziyatni barqarorlashtirishga hissa qo‘shmoqda
2025-yil 24-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar belgilandi. Farmonda belgilangan muhim vazifalar yuzasidan Toshkent davlat transport universiteti hududida ham ekologik vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
yashil_makon.mp415.81 MB
👍 19 8😁 3
#rasmiy_xabar ❗️Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari uchun 1 320 ta davlat granti tanlovi uchun qabul qayta ochildi Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq tasdiqlangan 2025/2026-o‘quv yili uchun respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat granti asosida ajratilgan 1 320 ta o‘rindan vakant qolgan o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlov o‘tkazilishi belgilandi. Bunda: ➖2025-yil 25-noyabrdan 4-dekabrga qadar (shu kuni ham) muayyan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoshlar Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tadilar; ➖Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun 2025-yil 11-dekabrga qadar test sinovlari o‘tkaziladi; ➖Test sinovlari o‘tkazish sanasi, vaqti va manzili haqidagi ma’lumotlar abituriyent shaxsiy kabineti orqali e’lon qilinadi. Talabgorlar imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetidan olishlari mumkin. Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–4319-son (14.05.2025-y.) qaroriga muvofiq ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlardan belgilangan miqdordagi to‘lov undiriladi. Belgilangan miqdordagi to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lamagan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi va tanlovda ishtirok etmaydi. 📌 Abituriyentlarning o‘tkazilgan test sinovlari natijasiga ko‘ra to‘plagan ballari ketma-ketlik tartibiga qat’iy rioya qilgan holda shakllantiriladi hamda belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun 2025-yil 15-dekabrga qadar tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga taqdim etiladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
10👍 2
Bu yerlarda maktab, bog‘cha, oliygoh va shifoxona, zamonaviy biznes va savdo markazi, mehmonxona va restoran, ko‘ngilochar maskanlar ham quriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etdi. #Mirziyoyev #safar #Samarqand #sessiya
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
👍 8 6🔥 1
#QSEurasiaForum2025 QS boshchiligidagi mintaqaviy uchrashuv: Oliy taʼlim islohotlari va mintaqaviy hamkorlik muhokama qilindi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov Qozogʻiston Respublikasi Fan va Oliy taʼlim vaziri Nurbek Sayasat, Ozarbayjon Respublikasi Fan va Taʼlim vaziri Emin Amrullayev 25-noyabr kuni Toshkentda QS (Quacquarelli Symonds) prezidenti va Boshqaruv Kengashi raisi Nuntsio Kvakvarelli boshchiligidagi mintaqaviy vazirlar davra suhbatida ishtirok etdi. Tadbirda mintaqamizda oliy taʼlimning kelajagi, xalqaro tajriba va mintaqaviy hamkorlikning ahamiyati muhokama qilindi. Suhbat davomida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar haqida soʻz yuritildi. Jumladan, universitetlarning mustaqilligini kuchaytirish, akademik dasturlarni mehnat bozori ehtiyojlariga moslashtirish, innovatsion ekotizimlarni rivojlantirish va bandlikni tizim samaradorligining asosiy koʻrsatkichiga aylantirish masalalari taʼkidlandi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/105251
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
10👍 4😁 1🤔 1😱 1
01:49
Video unavailableShow in Telegram
Talabalarning xavfsizligi va qulay sharoit bilan ta’minlanishi – doimiy e’tiborda Qayd etish lozim, bugungi kunda respublika oliy ta’lim tashkilotlarida jami 700 ming nafardan ortiq kunduzgi ta’lim yo‘nalishida talaba tahsil olmoqda. Shundan 150 ming nafardan ortig‘i (20,5%) esa ijara xonadonlariga joylashtirilgan. Sentyabr oyining ilk kunlaridan boshlab ijara xonadonlarida yashayotgan talabalar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning yashash sharoitlari, xonadonlarning isitish tizimi, elektr ta’minoti, yong‘in xavfsizligi talablariga javob berish holati o‘rganilmoqda.
Mazkur jarayonlar oliy ta’lim muassasalari rektorlari, prorektorlar, tytutorlar, profilaktika inspektorlari va boshqa mas’ullar tomonidan tizimli ravishda tashkil etib kelinmoqda. Joriy o‘quv yilining o‘tgan davri mobaynida oliy ta’lim tashkilotlari mas’ullari tomonidan 11 352 ta ijara xonadonida istiqomat qilayotgan 34 721 nafar talabaning (ijarada yashovchilarning 22,8 foizi) yashash sharoiti o‘rganildi. Xususan, o‘quv yilining to‘qqizinchi haftasi (27–31 oktyabr) davomida 27 ta oliy ta’lim tashkiloti tomonidan 609 ta ijara xonadonida yashayotgan 2 408 nafar talaba bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning bandlik va kundalik hayot tarzi bilan tanishildi.
Mazkur tadbirlar yil davomida amalga oshirib borilishi belgilangan.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
Ijara1.mp414.75 MB
8👍 4😁 2
#QSEurasiaForum2025 Universitetlararo xalqaro hamkorlikni rivojlantirish muhokama qilindi 25-noyabr kuni Toshkent shahrida “QS Eurasia Forum 2025” doirasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va yangi sherikliklarni yoʻlga qoʻyishga bagʻishlangan mahorat darsi shaklidagi panel sessiya boʻlib oʻtdi. Tadbirda Ozarbayjon davlat neft va sanoat universiteti rektori Rufat Azizov, Vengriyaning Széchenyi István universiteti Doktorantura maktabi rahbari László Vasa, Boku davlat universiteti rektori Elchin Babayev, British Council Uzbekistan direktori oʻrinbosari Jamila Gulyamova hamda QS Quacquarelli Symondsning mintaqaviy direktori Sergey Xristolyubov ishtirok etdi. Tadbirda oliy taʼlim muassasalari rahbarlari va xalqaro ekspertlar global hamkorlikni kuchaytirish, universitetlar oʻrtasida yangi sherikchilik barpo etish, xalqaro loyihalarda ishtirokni kengaytirish hamda institutsional samaradorlikni oshirishga oid tajriba va yondashuvlarni muhokama qildilar. Shuningdek, universitetlar uchun strategik sheriklik orqali taʼlim va ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish, xorijiy tashkilotlar bilan uzoq muddatli va barqaror hamkorlikni yoʻlga qoʻyish kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
15🥰 1
Yangi temir yo‘l liniyasi Urgutning iqtisodiy rivoji va farovonligiga kuchli sur’at beradi Prezident Shavkat Mirziyoyev “Samarqand – Urgut” yangi temir yo‘l liniyasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari jamoatchilik vakillari bilan birga poyezdda Urgutga bordi hamda tuman faollari bilan samimiy muloqot o‘tkazdi. Safar chog‘idagi suhbatda davlatimiz rahbari Samarqandda bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy yangilanishlarning odamlar hayotidagi ijobiy aksi yaqqol ko‘zga tashlanayotgani, yoshlarni vatanparvarlik ruhida, Yangi O‘zbekistonning bunyodkorlari sifatida tarbiyalash haqida so‘z yuritdi. Urgutgacha tortilgan temir yo‘liga tutash yerlarni o‘zlashtirish, ularda qishloq xo‘jaligi madaniyatini yuksaltirish, ta’lim sohasida, shu jumladan, qo‘shni davlatlar bilan xalqaro hamkorlikni mustahkamlash zarurligi ta’kidlandi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hammasini ko'rsatish...
14👍 11